O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013


-MAVZU: TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə17/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

3-MAVZU: TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI 

Darsning o’quv maqsadi:

Talabalarga elastiklikning mohiyatini tushuntirish, ularda elastiklikning 

xususiyatlari, narx bo‘yicha va daromad bo‘yicha talab elastikligi, taklifning 

elastikligi haqida bilimlarni shakllantirishdan iborat.

Tushunchalar va tayanch iboralar

Elastiklik, elastiklik koeffisienti, Qarama-qarshi bog‘liqlik,To‘g‘ridan-

to‘g‘ri bog‘liqlik, narx bo‘yicha talab elastikligi, daromad bo‘yicha talab 

elastikligi, taklif elastikligi.

Asosiy savollar 
1.

Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari.


2.

Narx bo‘yicha talab elastikligi.




3.
Daromad bo‘yicha talab elastikligi. 


4.
Taklifning elastikligi.


1. Elastiklikning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari 
O‘tgan mavzulardagi talab va taklifning tahlili narxga bog‘liq va narxga 
bog‘liq bo‘lmagan omillar ta’sirida vujudga keladigan talab va taklifning umumiy
o‘zgarishlarni yuzaga chiqarishga turtki bo‘ldi. Bular orqali talab va taklifning 
asosiy bazaviy qonuniyatlari shakllantirildi.
Biroq, tadqiqotchi uchun bularning hammasi ham yetarli emas, u doimiy 
ravishda yanada aniqroq tahlillarga ehtiyoj sezadi.
Narxlar, daromad yoki bozor kon’yunkturasining boshqa ko‘rsatkichlarini 
o‘zgarishiga bozorning sezuvchanlik darajasini aniqlash uchun maxsus
ko‘rsatkichidan - elastiklik koeffisientidan foydalaniladi. Elastiklik konsepsiyasi 
iqtisodiy nazariyada ancha kech muomalaga kiritildi, lekin, qisqa muddatda
fundamental 
konsepsiyaga
aylandi. 
Elastiklikning
umumiy

tushunchasi


iqtisodiyotga tabiiy fanlardan kirib keldi.

Elastiklik” termini iqtisodiyotda ilk bor Alfred Marshall tomonidan 1885


yilda talab va taklif elastikligida qo‘llanildi.
Elastiklikning iqtisodiy tahlilga kiritilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Jumladan,
-
bir tomondan, elastiklik koeffisienti statistik o‘lchovlarni olishda 

asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, ayniqsa, marketing tadqiqotlarini olib borishda


keng qo‘llaniladi; 
-
boshqa tomondan, elastiklik konsepsiyasi iqtisodiy tahlilning muhim 

vositasi hisoblanadi, chunki, fanda nafaqat o‘lchash, hisoblash balki, olingan


natijani tushuntirish, tahlil qilishni ham bilish kerak.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning har bir bo‘limida elastiklik tushunchasidan
foydalaniladi. U yoki bu darajada elastiklik koeffisienti bozor muvozanati tahlilida, 
bozor tarkibini tahlil qilishda u yerdagi monopoliyalarni aniqlashda, iqtisodiy
sikllar nazariyasida keng foydalaniladi.



Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə