O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti mikro makro iqtisodiyot fanidan ma’ruzalar matni toshkent – 2013



Yüklə 387,58 Kb.
səhifə18/108
tarix28.11.2023
ölçüsü387,58 Kb.
#134291
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Elastiklik koeffisienti E – bir omilning boshqa bir omil bir foizga o‘zgarishi
natijasida son jihatidan o‘zgarishi darajasini bildiradi. (Masalan, narx, daromad 
yoki harajatlarning bir foizga o‘zgarishi natijasida talab va taklif hajmining
o‘zgarib ketishi). 
Bir o‘zgaruvchining boshqa bir o‘zgaruvchi ta’siri ostida o‘zgarishini
o‘lchaydigan o‘lchov; aniqroq qilib aytganda, biror A o‘zgaruvchining bir foizga 
o‘zgarishi natijasida boshqa bir B o‘zgaruvchining ma’lum foiz miqdorga
o‘zgarishini ko‘rsatadigan sondir.
E= A o‘zgaruvchining foizdagi o‘zgarishi / B o‘zgaruvchining foizdagi 

o‘zgarishi 
Ko‘rib o‘tilayotgan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki 
qarama-qarshi bo‘lishi mumkin.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik – (ijobiy koeffisient) bunda bir omilni o‘sib
borishi boshqa bir omilni oshib borishiga turtki bo‘ladi. Masalan, iste’molchining 
daromad lari oshib borsa, talab elastikligi ham ortib boradi.




Qarama-qarshi bog‘liqlik – (salbiy koeffisient) bunda bir omilning ortib
borishi boshqa bir omilni yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi. Masalan, daromad 
bo‘yicha talab elastikligining ortib borishi natijasida birmuncha pastroq darajadagi
tovarlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladi.
Barcha tovarlar uchun, Giffen tovarlaridan tashqari, narx bo‘yicha talab
elastikligi salbiy, chunki, narxnig o‘sishi talab qonuniga muvofiq talab hajmining 
qisqarishiga olib keladi. Shu bilan birga mazkur ko‘rsatkich o‘zining mutlaq
hajmiga ko‘ra qancha yuqori bo‘lsa, bozor talabining narxlar o‘zgarishiga bo‘lgan 
sezuvchanligi shunchalik darajada kuchli bo‘ladi.

2. Narx bo‘yicha talab elastikligi 

Narx bo‘yicha talab elastikligi – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida
talabning son jihatdan foiz bo‘yicha o‘zgarishi darajasini ko‘rsatadi.
Bunga eng muhim misollardan biri, narxga bog‘liq bo‘lgan talab
elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga bo‘lgan 
talabning necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Narxga bog‘liq talab elastikligini quyidagicha yozamiz: 
p =^Q%/ ^P% 
Bu yerda ^Q% - talabning foiz o‘zgarishi; ^P%- narxning foiz o‘zgarishi.
Shuni eslatish lozimki, foiz o‘zgarish, o‘zgaruvchining mutlaq o‘zgarishini,
o‘zgaruvchining oldingi darajasiga nisbatidir.



Yüklə 387,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə