O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

30
 
 
Innovatsion 
menedjmentning vazivalari 
Strategik 
Funksional 
Prognoz 
Strategik o‘sish va 
rivojlanish 
Yangi mahsulot 
chiqarish 
Rejalashtirish
Yangi sohalarni egallash 
Mahsulotni 
raqobatdoshligini va 
sifatini oshirish 
Tashqi muhitni tahlil 
qilish 
Siyosiy va iqtisodiy 
o‘zgarishlarni tahlil qilish 
Raqobatlarni tahlil 
qilish 
Ichki muhitni tahlil qilish 
Tashkilotni 
raqobatbardoshligini tahlil 
qilish 
Mahsulotni ishlab 
chiqaruviga ta‘sir qiluvchi 
omillarni tahlil qilish 
Qaror turlari 
Tashkilotni rivojlantirish 
bo‘yicha strategik qarorlar 
Yangilik ishlab 
chiqarish bo‘yicha operativ 
qarorlar 
Motivatsiya
Tashkilotni rivojlantirish 
Mahsulotni va ishlab 
chiqarishni sifatini oshirish 
Nazorat
Tashkilotni vazifasini 
bajarish 
Ishlab chiqarishni 
nazorat qilish 
 
Innovatsion menejmentning ta‘minlovchi vazifalari korxonada predmetli 
vazifalarni samarali amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqaruv jarayoni va 
vositalari (instrumentlari) ni o‘z ichiga oladi. Ularga menejmentning ijtimoiy-
ruhiy va texnologik yoki protsessual vazifalarini kiritish mumkin. Menejmentning 
ijtimoiy-ruhiy vazifalari asosan jamoadagi ishlab chiqarish munosabatlarining 
xususiyatlari bilan bog‘liq. Ularning tarkibida ikki xil turdagi vazifalar mavjud: 
vakolatlar berish va motivatsiyalash. 
30
Алексеев, А. А.Инновационный менеджмент : учебник и практикум для бакалавриата и магистратуры / А. 
А. Алексеев. — М. : Издательство Юрайт, 2014. - C.247. 


47 
Vakolatlar berish innovatsion jarayonlarni boshqarish bo‘yicha ishlarni va 
ularni amalga oshirish uchun mas‘uliyatni boshqaruv apparati xodimlari o‘rtasida 
oqilona taqsimlashga qaratilgan boshqaruv qarorlari majmuini o‘z ichiga oladi. 
Motivatsiyalash samarali hamda unumli individual va jamoaviy mehnat 
qilishda tashkilot xodimlari uchun axloqiy va moddiy rag‘batlar tizimini yaratishni 
ko‘zda tutadi. Shuningdek, u tashkilot xodimlarining kasbiy saviyasi va 
karyerasining o‘sish imkoniyatlarini yuksalishini rejalashtirish, tashkil etish va 
ta‘minlashni ham nazarda tutadi. 
Boshqaruv 
apparatiga 
nisbatan 
menejmentning 
ijtimoiy–psixologik 
vazifalarini qo‘llashda innovatsiyalarni boshqarish vositalari va usullarining o‘ziga 
xos tizimi shakllantiriladi. 
Menejmentning protsessual vazifalaridan iyerarxiyaning har qanday 
darajasidagi menejer mehnatining mazmunini tashkil qiluvchi ikki faoliyat turi:
qarorlar va kommunikatsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra 
menejmentning protsessual vazifalari uning predmetli va ijtimoiy–ruhiy 
vazifalarini amalga oshirishning asosiy vositalari hisoblanadi. 
2.2-rasm.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə