O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

va 
innovatsiyalarning 
xo‟jalik 
faoliyati 
va
samaradorligi ta‟sirining tahlili…………………………….............................367 
16.1.Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichlarinig tizimi......367 
16.2.Korxona moliyaviy foaliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlari...................372 
16.3.Korxona investitsion faoliyati samaradorligining qiyosiy - tahliliy 
ko‘rsatkichlari........................................................................................................375 
16.4.Investitsion va innovatsion loyihalar samaradorligning qiyosiy - tahliliy 
ko‘rsatkichlari........................................................................................................378 
16.5. Innovatsion rivojlanishning 5 ta kaliti..........................................................387 
Nazorat savollari....................................................................................................389 
Glossariy…...........................................................................................................392 
Testlar…...............................................................................................................404 
Foydalanilgan adabiyotlar…..............................................................................419 
 
 
 
 



KIRISH 
 
Mamlakatimizdagi ijobiy o‗zgarishlar dunyo hamjamiyatida O‘zbekistonga 
bo‗lgan qiziqishni oshirib, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada 
mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bugun biz davlat va jamiyat hayotining 
barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‗liga 
o‗tmoqdamiz. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
tomonidan 2018 yilga yurtimizda ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va 
texnologiyalarni qo‗llab - quvvatlash yili‖ deb nom berish taklif etildi.1 Bu bejiz 
emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda 
kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‗oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan 
boshlaydigan bo‗lsak, uni aynan innovatsion g‗oyalar, innovatsion yondashuv 
asosida boshlashimiz kerak. Ma‘lumki, 2017 yil 7 fevralda mamlakatimiz 
Prezidenti Shavkat Mizriyoev ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmonga imzo chekdi.
2
Mazkur 
Farmon bilan tasdiqlangan ―Harakatlar strategiyasi‖ da mamlakatimizni 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlar va ulardagi amalga oshirilishi 
nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungi kunning 
hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta‘kidlash lozim.
Mamlakatimiz korxonalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, uning 
samaradorligini xalqaro standartlar darajasida baholashning zamonaviy usullarini 
ishlab chiqish, ushbu faoliyatni qo‘llab - quvvatlash mexanizmini yanada 
takomillashtirish zarurati, iqtisodiy o‘sish innovatsiyaga bog‘liq ekan, bunda yangi 
ilmiy bilimlarni yaratishning tadqiqiy jarayoni modellari va yangi intellektual 
mahsulotlarning paydo bo‘lishi mustahkam o‘rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan 
innovatsion menejment institutsional ahamiyat kasb etadi va uning tushunchasiga 
ham innovatsion sohaning tuzilmaviy rasmiylashtirishni, ham ixtisoslashgan 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22.12.2017. 
2
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni. 2017 yil 7 fevral.



boshqaruv organlaridan iborat bo‘lgan innovatsiyalarni boshqarish tizimini 
kiritishni va qarorlar qabul qilish vakolatlari berilgan hamda innovatsion 
faoliyat natijalari uchun javobgar bo‘ladigan maxsus menejerlar instituti bo‘lishini 
nazarda tutadi. Bu maqsadlarga erishish uchun innovatsion jarayonlarni boshqarish 
bo‘yicha malakali xodimlar tayyorlash va zamonaviy 
darsliklarni
yaratishni hozirgi 
davrda dolzarbdir. 
Ushbu 
darslik 
jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida innovatsiyalar roli, 
sanoatda innovatsion menejmentni o‘rganishning asosiy masalalari, innovatsion 
faoliyatning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatlarining o‘zaro aloqalari, yangi 
mahsulotni ishlab chiqarish va bozorga chiqarishda marketing yondashuvi, yirik 
kompaniyalarning 
innovatsion 
faoliyatini 
boshqarishda 
hozirgi 
zamon 
paradigmasi, ilmiy-texnik loyihalarni moliyaviy baholash, ITTKI strategiyasi
yangi tovarni ishlab chiqarish va uni bozorga olib chiqishga bo‘lgan marketing 
yondashuvi, iqtisodiy - investitsiyaviy loyihalarga iqtisodiy baho berish, 
innovatsion ishbilarmonlik, innovatsion - investitsion loyihalarni iqtisodiy 
boshqarish, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining 
innovatsiya 
jarayonlaridagi roli, innovatsion loyihalarning ekologik tahlili kabi tamoyillarni 
o‘z ichiga olgan bo‘lib, bakalavriatura talabalarida ushbu fan bo‘yicha chuqur 
bilim olish imkoniyatini yaratadi.
Darslikda qamrab olingan mavzularning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri 
fanni o‘rganayotgan talabalar va ushbu soha mutaxasislari ko‘pgina aniq 
vaziyatlar haqida ma‘lumotlar oladilar, zamonaviy biznes muammolarini 
muhokama qiladilar, davr suhbatlarida mulohazalarni faol almashish, aqliy hujum 
shaklida kompaniya muammolarini muhokama qilish va bartaraf etishda ishtirok 
etadilar. O‘quv jarayonida shakllangan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar 
asosida talabalar ilmiy tadqiqotlar olib borish jarayonida korxonalar 
raqobatbardoshligini oshirishda hamda iqtisodiy tanglik sharoitida korxonani 
innovatsion rivojlantirish doirasida uzoq muddatli istiqbolini ishlab chiqish, 
belgilash va amalga oshirishda ilmiy xulosalar ishlab chiqishda qo‘llanilishi 
mumkin. 


10 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə