O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Innovatsion menejmentni tashkil qilish



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/211
tarix29.11.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#138750
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   211
INNOVATSION MENEJMENT darslik 2018

2.3.Innovatsion menejmentni tashkil qilish 
Tashkil qilish vazifasining mohiyati IKni rivojlantirishning qabul qilingan 
strategiyasini ro‘yobga chiqarish maqsadida rejaviy topshiriqlarning bajarilishini 
ta‘minlashdan iborat. Buning uchun zarur resurs va ijrochilarning tarkibini 
aniqlash, topshiriqlarni taqsimlash, ijrochilarning ishini vaqt bo‘yicha 
muvofiqlashtirish, ishtirokchilarning kooperatsiyalashuvini yo‘lga qo‘yish, nazorat 
hamda o‘zaro axborotni ta‘minlash lozim. Sanab o‘tilgan vazifalarni hal qilinishi 
IKning tashkiliy tuzilmasini yaratish, uning elementlari o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarning xususiyatlarini belgilash hamda ular amal qilishining qoidalari 
va shart-sharoitlarini tartibga solish orqali amalga oshiriladi. 
Innovatsiyalarni 
tashkil 
qilish 
innovatsion 
menejmentning 
muhim 
vazifalaridan biri bo‘lib, uning amalga oshirilishi barcha darajalardagi rahbarlar 
faoliyatining eng ahamiyatli qismi hisoblanadi. Innovatsion menejmentda tashkil 
qilish qabul qilingan rejaviy qarorlarning eng samarali holda bajarilishini 
ta‘minlash maqsadida innovatsion jarayondagi barcha elementlarning makon va 
zamonda oqilona uyg‘unlashuvini ta‘minlaydi. Innovatsiyalarni tashkil qilish 
rejaviy topshiriqlarni bajarish vositasi sifatida chiqadi va ularning qanday 
sharoitlarda amalga oshirilishini belgilab beradi. Bu holat juda muhim hisoblanadi, 
chunki u tashkil qilishning egiluvchan bo‘lishini va ishlarning mazmuniga bog‘liq 
holda dinamik ravishda o‘zgarib turishini talab qiladi. Innovatsion menejmentning 
zamonaviy nazariya va amaliyotida innovatsiyalarni tashkil qilishning xilma-xil 
shakllari va turlari mavjud. 
Innovatsion faoliyatni tashkil qilishda qoidaga ko‘ra avval firmaning ilmiy 
ishlab chiqarish jihatidan tuzilishi shakllantiriladi, so‘ng esa uning hosilasi sifatida 
innovatsiyalarni boshqarish tuzilmasi tuziladi. IKlarning tashkiliy tuzilmalari turli-
tumanligi bilan farqlanadi. IKning aniq tashkiliy shaklini tanlash innovatsion 
faoliyatning ko‘lami, firma innovatsion yo‘nalishining kengligi, chiqariladigan 
mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatlarning o‘ziga xosligi, kooperatsiya darajasi 


50 
va amalga oshiriladigan ishlar innovatsion siklining to‘liqliligi kabi obyektiv 
omillarga bog‘liq. 
Innovatsiyalarning tashkiliy tuzilmasi innovatsion menejmentning g‘oyatda 
dinamik, ichki va tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarishlariga tez moslashuvchi 
elementi hisoblanadi. Ko‘p hollarda bir IK doirasida innovatsiyalarni 
boshqarishning bir nechta turdagi tashkiliy tuzilmalaridan foydalaniladi, texnika va 
texnologiyalarning jadal rivojlanadigan yo‘nalishlari uchun dasturiy majmualar 
yaratiladi, an‘anaviy mahsulot turlari uchun esa barqaror shtabli tuzilmadan 
foydalaniladi. Innovatsion jarayonlarni tashkil qilishning turli shakllari tashkiliy
qarorlarni tayyorlash uchun real vositalar majmuini tashkil qiladi. Ular rasmiy yoki 
norasmiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   211




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə