O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Axborot tizimlari faoliyatining xususiyatlari



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

4.2. Axborot tizimlari faoliyatining xususiyatlari 
Sug‗urta kompaniyalari faoliyatini rejalashtirish va boshqarishda 
axborot texnologiyalarini joriy etish ma‘lumotlarni tahlil qilish va 
boshqaruv qarorlarini asoslash uchun muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, 
quyidagilar haqidagi ma‘lumotlarni hisobga olish lozim bo‗ladi:
iqtisodiyotning mintaqalar, kompaniyalar va boshqa xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektlari;
moliyaviy, mehnat va moddiy resurslar.
Sug‗urta faoliyatini avtomatlashtirish zarurligini belgilovchi omillar 
quyidagilar:
ma‘lumotlar hajmi;
aniqlik va ishonchlilikka qo‗yiladigan yuqori talablar;
mijozlar va sug‗urta kompaniyasining moliyaviy holatini samarali 
tahlil qilish zarurati.
Sug‗urta faoliyatidagi taqsimlangan tizimlar mutaxassis tomonidan 
yaratiladi 
va 
taqsimlangan 
hisoblash 
tizimlaridan 
foydalanish 
qo‗llaniladigan muammolarning mohiyatini va ularni hal qilishni tashkil 
qilishni oldindan belgilab qo‗yadi. Sug‗urta kompaniyasining xodimlari, 
bo‗limlari, filiallari, alohida iste‘molchilar (agentlar, brokerlar) ma‘lum bir 
hududga tarqalib ketadi. Ular hal qiladigan vazifalar bir-biri bilan 
chambarchas bog‗liqligi bois ularning hisoblash imkoniyatlari yagona 
tizimga birlashtirilishi kerak. Bunday holda asosiy yechim kompyuter 
tarmoqlaridan (mahalliy, ochiq, global) foydalanishdan iborat bo‗ladi. 
Taqsimlangan tizimlarning afzalliklari:


46 
yuqori ishonchlilik;
zaruriy ma‘lumotlarning ko‗pligi.
Ishonchlilik – bu qurilmaning ayrim elementlari ishlamay qolganda 
va ma‘lumotlar to‗liq bo‗lmagan holda tizimning o‗z funksiyalarini 
bajarishi hisoblanadi. Tizimning ishonchliligini yanada oshirish uchun 
ma‘lumotlarning yetarli darajada ko‗p bo‗lishi asos bo‗ladi. Sug‗urta 
kompaniyasining filiallari uchun mazkur tizim quyidagilarni ta‘minlaydi:
axborot, dasturiy va texnik resurslardan birgalikda foydalanish 
imkoniyati; 
boshqa filiallar bilan aloqa vositalarini ta‘minlash;
ishni butun tizimda taqsimlashdagi qulaylik. Axborot tizimidagi 
alohida qismlarning o‗zaro ta‘sirini samarali tashkil qilish jarayonida ham 
ayrim muammolarga duch kelinadi. Jumladan, dasturiy ta‘minotdan 
foydalanish natijasida yuzaga keladigan qiyinchiliklar quyidagilar:
operatsion tizim, ya‘ni dasturlash tillari va amaliy dasturlarni tanlash;
sug‗urta kompaniyasi xodimlarini taqsimlangan muhitda ishlashga 
o‗rgatish;
foydalanuvchilarning funksiyalarini aniqlash va chegaralash. 
Kompyuterlarni tarmoqqa ulashda yuzaga keladigan muammolar:
xabarlarning yo‗qotilishidan himoyalash vositalari talab etiladi 
(tarmoqning haddan tashqari yuklanishi sababli);
o‗tkazish qobiliyatini oshirish, ma‘lumotlarni himoya qilish bo‗yicha 
maxsus choralar talab qilinadi;
tijorat sirlarini saqlashni ta‘minlash;
bir qator foydalanuvchilarga bir vaqtning o‗zida ishlashga imkon 
beradigan tizimdagi muammolarni hal qilish mushkul hisoblanadi. 
Kompyuter tarmoqlari va masofadan turib foydalanish quyidagi 
sabablarga ko‗ra ish samaradorligining oshishi va kompaniya foydasining 
ko‗payishiga olib keladi:
axborotni qayta ishlash vaqtini qisqartirish;
tahlil qilish imkoniyatlarini oshirish.
Buning natijasida sug‗urta xizmatlarining raqobatbardoshligi 
oshishiga va bozorda kompaniyaning o‗z mavqei shakllanishiga erishiladi. 
Kompyuter tarmog‗idan foydalangan holda masofadan turib faoliyat 
yuritadigan sug‗urta kompaniyasi uchun quyidagi yangi imkoniyatlar 
yaratiladi:
aloqa yaxshilanadi, ya‘ni kompaniya xodimlari va uning mijozlari 
o‗rtasida axborot almashinuvi va o‗zaro aloqalar yaxshilanadi;


47 
turli idoralarda joylashgan xodimlar umumiy texnologik bazaga ega 
bo‗lgan yagona texnologik platformada ishlaydi;
yuqori darajadagi axborot ishonchliligi va samaradorligi tufayli 
xodimlar asosli qarorlar qabul qiladi;
tarmoq va masofadan turib kirish imkoniyati sug‗urta kompaniyasiga 
boshqa turdagi ma‘lumot almashish vositalari, masalan, telefon yoki oddiy 
pochta aloqalarida ishlash ehtiyojini kamaytiradi.
Shunday qilib, xulosalarning asosliligi, natijalarning aniqligi, 
ishonchliligi oshishiga emas, balki qaror qabul qilish uchun vaqt, mehnat 
va xarajatlarning kamayishiga erishiladi, shu bilan birga, sug‗urta 
kompaniyalarida mijozlarga xizmat ko‗rsatish sifati yaxshilanadi. Tarmoq 
sug‗urta kompaniyasiga o‗z filiallari joylashgan joyni tanlash erkinligini 
beradi, ya‘ni kompaniyalarga nafaqat filiallarni, balki sug‗urta 
operatsiyalarini 
bajarish 
uchun 
eng 
samarali 
bo‗lgan 
joyda 
sug‗urtalovchilar va mutaxassislarning ish joylarini ham topishga imkon 
beradi. Axborot tizimi tomonidan taqdim etilgan sug‗urta kompaniyasining 
axborot maydoni uning tarkibiy qismlariga bo‗linadi. Sug‗urtaning 
markaziy idorasi firma yoki bosh tashkilot yuqori samarali ko‗priklar yoki 
routerlar orqali bir-biriga ulangan, bir yoki bir nechta yuqori tezlikda 
ishlaydigan mahalliy (lokal) tarmoqlarga ega. Lokal tarmoqni butun 
kompaniyaning axborot markazi, shu jumladan hisoblash resurslari sifatida 
baholash mumkin:
fayl serverlari;
ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va boshqalar.
Lokal tarmoqlarda joylashgan mahalliy va masofali tarmoq 
qurilmalari markazlashgan nazorat qilish va boshqarish tizimini o‗z ichiga 
oladi. Sug‗urta kompaniyasining hududiy ofislari (filiallari) ishonchli va 
yetarlicha yuqori tezlikdagi aloqani kafolatlaydigan o‗z mahalliy 
tarmoqlariga ega keng ko‗lamli tashkilotlardir. Ayrim filiallar uchun 
markaziy ofisga doimiy ravishda yuqori tezlikda ulanish lozim bo‗ladi, bu 
maxsus ajratilgan aloqa kanallari tomonidan ta‘minlanadi. Sug‗urta 
kompaniyasining filiallarida odatda bir nechta shaxsiy kompyuterlarni o‗z 
ichiga olgan kichik mahalliy tarmoq mavjud. Hududiy ofis bilan aloqa 
oldindan belgilangan jadval asosida ma‘lum soatlarda amalga oshiriladi, 
ammo rejadan tashqari shoshilinch kirish imkoniyati ham mavjud. 
Sug‗urta kompaniyasining vakolatxonalari yoki agentliklari ko‗pincha bir 
yoki bir nechta kompyuter bilan ta‘minlanadi. Filiallar bilan aloqa qilish 
zarur bo‗lgan hollarda yuzaga keladi va kun davomida ta‘minlanadi. 
Masofaviy tarmoq foydalanuvchilari – bu o‗z vazifasi tufayli ish kunini 


48 
ofisdan tashqarida (masalan, mijozlar bilan) o‗tkazadigan xodimlar: 
inspektorlar, sug‗urta kompaniyalari agentlari, nazoratchilar, shuningdek, 
ish safari yoki ta‘tilda bo‗lgan 
menejerlar 
mobil ilovalardan 
foydalanadilar. Sug‗urta kompaniyasi axborot tizimining tuzilishi quyidagi 
rasmda keltirilgan (9-rasm).

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə