40
an‘anaviy ravishda (bugungi kunda aksariyat mahalliy sug‗urta
kompaniyalarida mavjud), ya‘ni yuqorida ko‗rsatilgan funksiyalarni
(jarayonlarni) bajaradigan bo‗limlar parallel ravishda mavjud bo‗lganda va
bitta markazdan vertikal ravishda boshqarilganda yoki ushbu funksiyalarni
o‗sha xodimlar bajarganda;
innovatsion ravishda, ya‘ni asosiy funksiyalarni (jarayonlarni)
bajaradigan birliklar bir gorizontal texnologik zanjirning bo‗g‗inlari bo‗lib
o‗zaro muvofiqlashtirilganda. Bu holat sug‗urta
kompaniyasining biznes
jarayonlarini qayta injiniring qilish natijasida amalga oshishi mumkin.
Biznes jarayonlarini qayta tashkil etishning asosiy mohiyati bu biznes
jarayonlarini boshqarish foydasiga funksional tarkibiy bo‗linmalar
boshqaruvini
rad
etish,
ya‘ni,
sug‗urta
xizmatlari
sifatini
sug‗urtalanuvchining tabiati va talablariga to‗liq muvofiqligi asosida
ajratishdan iborat. Rejiniringning maqsadi – kompaniyaning bo‗linmalari
o‗rtasida gorizontal
aloqalarni shakllantirish, axborot texnologiyalarini
joriy qilish, inson omilining rolini kuchaytirish va shu bilan mijozlarga
xizmat ko‗rsatish sifatini oshirish orqali kompaniyani
boshqarish sifatini
oshirish hisoblanadi. Reinjiniringning vazifalari quyidagilardan iborat:
1) kompaniyaning biznes jarayonlarini tavsiflash;
2) jarayonning tashkiliy va kadrlar tarkibiga o‗tish;
3) xodimlarning funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini,
shuningdek kompaniyaning bo‗linmalarini taqsimlash
va aloqa tizimini
shakllantirish;
4) kompaniyaning biznes jarayonlari ishtirokchilari uchun hujjatlarni
boshqarish tizimini, me‘yorlarini, tartiblarini va o‗zini tutish qoidalarini
ishlab chiqish;
5) axborot texnologiyalarini joriy etish;
6)
kompaniya xodimlarini tanlash, o‗qitish va rivojlantirish tizimini
yaratish, korporativ ruhni shakllantirish;
7) moddiy rag‗batlantirish tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Reinjiniring tuzilmasi qator jiddiy afzalliklarga ega bo‗lib, ularning
asosiylari quyidagilar:
xodimlarni
ixtisoslashtirish,
yuqori
darajadagi
professional
ishchilarni
qabul qilish;
xodimlardan psixologik holatiga
mos ravishda foydalanish
xususiyatlari;
sotuvchilarni ular uchun odatiy bo‗lmagan funksiyalarni bajarishdan
ozod qilish, ko‗proq ish vaqtini polislarni
sotishga sarflashga imkon
berish, bu esa sug‗urta tushumlari hajmini oshiradi;
41
axborot texnologiyalari mijozlarning katta auditoriyasiga tez va
sifatli xizmat ko‗rsatishga imkon beradi.
Reinjiniring modeliga ega bo‗lgan tashkilotda har bir xodim o‗z
faoliyatini
amalga oshiradi, uning o‗ziga xos funksiyalari quyidagilardan
iborat:
marketologlar – bozorni o‗rganadi va sug‗urta mahsulotlariga
bo‗lgan talablarini aniqlaydi;
uslubchilar – sug‗urta mahsulotlarini yaratadi;
sotuvchilar – sug‗urta mahsulotlarini sotishni
tashkil etadi;
anderrayterlar –sug‗urta risklarini qabul qiladi va shartnomalarni
imzolaydi, potensial sug‗urtalanuvchilar bilan bevosita ishlaydi;
bek ofis – shartnomalarni rasmiylashtiradi va mijozlarga xizmat
ko‗rsatadi.
Dostları ilə paylaş: