O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Sug„urta kompaniyalari faoliyatida internet sug„urta bozoriga kirish



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

Sug„urta kompaniyalari faoliyatida internet sug„urta bozoriga kirish 
yo„lidagi tosiqlar 
Ichki
Tashqi
Kompaniyaning 
qisqa 
muddatli 
strategiyasi, 
innovatsion 
rivojlanish 
tashabbusining yo‗qligi. 
Aholida internet orqali xarid qilish 
tajribasining yo‗qligi. 
Tizimni 
xarid 
qilish 
va 
sozlash 
xarajatlarining kattaligi. 
Mintaqalarda 
internetdan 
foydalanish qiymatining yuqoriligi. 
Bunday 
tizimlarning 
unchalik 
keng 
tarqalmaganligi 
personalni 
o‗qitish 
xarajatlari katta bo‗lishini talab qilishi. 
Mehnat bozorida kompaniyaning 
internet sug‗urta tizimini yaratishga 
qodir bo‗lgan malakali kadrlarning 
yo‗qligi. 
Kompaniya ichida zaruriy infratuzilmaning 
yo‗qligi. 
Mintaqaviy 
bo‗linmalarning 
innovatsiyalarga qarshiligi. 
Sifatli dasturiy mahsulotni loyihalashtirish 
va yaratishdagi qiyinchiliklar. 
22
Jadval muallif tomonidan ishlangan. 


60 
5.3. Sug„urta biznesida raqamli texnologiyalarni qo„llash yo„nalishlari 
 
Raqamli sug‗urta - bu raqamli texnologiyalar orqali sug‗urta 
himoyasiga bo‗lgan an‘anaviy yoki o‗ziga xos (raqamlashtirish natijasida 
hosil bo‗lgan) ehtiyojni qondirish usulidir. XX-XXI asr boshlarida 
avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan ishlab chiqarish usullarini 
joriy etish natijasida ishlab chiqarish hajmining o‗sishi sodir bo‗ldi. 
Buning natijasida sug‗urta faoliyatini tashkil etish bilan bog‗liq qator 
texnologik o‗zgarishlar ro‗y berdi. O‗zining butun tarixi davomida 
sug‗urta bir necha fundamental texnologik yangiliklarni boshidan o‗tkazdi, 
xususan, zamonaviy sug‗urta biznesining asosiga aylangan aktuar hisob-
kitoblarni joriy etish, ommaviy sug‗urta uchun asos yaratgan sug‗urta 
agentlari mehnatidan foydalanish, sug‗urta sohasida ko‗plab biznes 
jarayonlarini 
amalga 
oshirishda 
soddalashtirgan 
kompyuterlardan 
foydalanish va boshqalar. Tarqoq ma‘lumotlar bazalaridan foydalanish va 
potensial sug‗urtalanuvchilar hamda sug‗urta ob‘ektlari to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlarning mavjudligi sug‗urta sohasidagi texnologik tuzilmaning 
o‗zgarishi va yangi sug‗urta xizmatlarining shakllanishini ham belgilab 
berdi.
Sug‗urtaning raqamli iqtisodiyotdagi o‗rni va rolini aniqlashdan 
oldin ―raqamli sug‗urta‖ tushunchasining nazariy asoslarini ko‗rib chiqish 
maqsadga muvofiq va u ikkita yondashuvga asoslanadi. Birinchidan, 
raqamli sug‗urta mijozlarda sug‗urta manfaatlari mavjudligi va ularni 
raqamli texnologiyalar orqali qondirish bilan bog‗liq iqtisodiy 
munosabatlarni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, raqamli sug‗urta 
sug‗urta qoplamasini amalga oshirishning raqamli usuli hisoblanadi. 
Ikkinchidan, 
rivojlanayotgan 
raqamli 
iqtisodiyotda 
raqamli 
texnologiyalarning faol rivojlanishi yangi risklarning paydo bo‗lishiga 
sabab bo‗lmoqda, shu jumladan kiber risklar
23
, shuningdek, ilmiy 
tadqiqotlar jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan boshqa risklar. 
Raqamli iqtisodiyot risklarining bir qismi sug‗urta mexanizmlarini 
qo‗llash orqali minimallashtiriladi. Shu sababli raqamli sug‗urta sug‗urta 
qildiruvchilarning asosan raqamli iqtisodiyot muhitida yuzaga keladigan 
va texnologik uskunalardan foydalanishda hamroh bo‗ladigan tasodifiy 
noxush hodisalar natijasida yuzaga keladigan aniq sug‗urta qoplamasiga 
bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish usuli sifatida tushuniladi, bu iqtisodiy 
23
Шепелин Г. И. Современные кибер риски и страхование: состояние 
и перспективы // Страховое дело. 2017. № 9. С. 21–29. 


61 
munosabatlarni amalga oshirish uchun moddiy asos hisoblanadi. Ilgari 
ushbu sug‗urta xizmatlari elektron tijorat sug‗urtasi
24
, kiber xatarlarni 
sug‗urtalash, elektron va kompyuter jinoyatlaridan sug‗urta deb 
nomlangan, biroq endilikda ―raqamli sug‗urta‖ raqamli sug‗urta 
himoyasiga bo‗lgan an‘anaviy yoki o‗ziga xos (raqamlashtirish natijasida 
hosil bo‗lgan) ehtiyojni qondirish usuli sifatida ularni birlashtirish 
imkoniyatiga ega. Shunga o‗xshash jarayonlar sug‗urta bozorida 
allaqachon sodir bo‗lgan, masalan, telefon sug‗urtasi elektron uskunalarni 
sug‗urtalashning keyingi rivojlanishi uchun asos bo‗lib xizmat qildi, bu 
endi mustaqil sug‗urta mahsuloti emas, balki mulkni sug‗urtalashga 
qo‗shimcha hisoblanadi. Shunday qilib, raqamli sug‗urta bir tomondan, 
raqamli iqtisodiyot tomonidan ishlab chiqilgan bo‗lsa, boshqa tomondan, 
bu sug‗urta kompaniyasi tomonidan organik ravishda amalga oshiriladigan 
raqamli texnologiyalarni amalga oshiruvchi uning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Shu sababli, raqamli sug‗urta raqamli texnologiyalar orqali 
an‘anaviy yoki o‗ziga xos (raqamlashtirish natijasida hosil bo‗lgan) 
sug‗urta muhofazasi ehtiyojlarini qondirish usuli hisoblanadi. Shu bilan 
birga, sug‗urta kompaniyalari tomonidan raqamli texnologiyalardan 
foydalangan holda sug‗urta faoliyatini amalga oshirishni biz sug‗urta 
bozorini raqamlashtirish, deb ta‘riflaymiz. Internetlashtirish sug‗urta 
bozorini raqamlashtirish yo‗nalishi sifatida sug‗urta kompaniyasining ish 
jarayonlarida internetdan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Hozirgi 
vaqtda ―Internet sug‗urta‖ atamasi keng tarqalgan bo‗lib, u tor ma‘noga 
ega va sug‗urta xizmatlarini internet orqali sotishni nazarda tutadi. 
Sug‗urta bozorini raqamlashtirishning bir qator asosiy yo‗nalishlari 
mavjud bo‗lib, ular raqamli iqtisodiyotning allaqachon o‗rnatilgan 
terminologiyasi 
doirasida 
sug‗urta 
faoliyatini 
internetlashtirish, 
raqamlashtirish va yakkalashtirish sifatida tavsiflanishi mumkin, ularning 
xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Sug‗urta faoliyatini internetlashtirish sug‗urta kompaniyalarida 
quyidagi yo‗nalishlarda amalga oshiriladi: 
• sug‗urta xizmatlarini internet orqali sotish;
• sug‗urta da‘volarini internet orqali qondirish; 
• internet orqali sug‗urta qildiruvchilar to‗g‗risida ma‘lumot to‗plash. 
24
Цыганов А. А., Грызенкова Ю. В., Быстров А. В. Организация интернет-
страхования: учеб. пособие. М.: Изд. центр ГУУ, 2004. 


62 
5-jadval
25

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə