57
uchun sharoit yaratish orqali xalqaro, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
natijalarga
erishishdir.
Aytish
joiz
ushbu
dastur
zamonaviy
telekommunikatsiya infratuzilmasini tezkor rivojlantirishga qaratilgan
bo'lib, kompyuterlashtirish sharoitlarini amalga oshirish, kadrlarni ushbu
yo'nalishda tayyorlash va axborot xavfsizligini ta'minlashga
xizmat qilish
maqsadida ishlab chiqilgan.
Internet sug'urta mahsulotlarini sotishning yangi kanali hisoblanadi.
Internetdan foydalanib sug'urta qiluvchilar an‘anaviy sotuv kanalini tashkil
qilish borasida uzoq muddatli va qimmatbaho jarayonni aylanib o'tgan
holda bozorga kirib borishi mumkin. Bozorga kirishning internet hisobiga
yengillashuvi butun dunyo sug'urta bozorlarida raqobatning kuchayishiga
olib kelishi lozim. Kuchli raqobat sug'urta qiluvchilarni narxlarni
pasaytirishga majbur qiladi, bu esa iste‘molchilarda ijobiy aks etadi.
Elektron tijorat sug'urta qiluvchilarga xarajatlarni pasaytirish va sug'urta
bozori ―shaffof‖ligini oshirishga imkon beradi. Barcha sug'urta turlari,
xususan, hayot va salomatlik, uy-joy, dala hovli, avtomobil, moddiy
boyliklar (sun‘iy yo'ldoshlardan tortib san‘at asarlarigacha) deyarli barcha
xizmat
turlari
(qurilish-montaj
ishlaridan
tortib
sport
bilan
shug'ullanishgacha) va turli majburiyat turlari (fuqarolik javobgarligidan
kasbiy javobgarlikkacha) sug'urta qilinadi.
Shartnomani faqat bir necha
marta uzaytirishning o'zi evaziga foyda olish mumkin bo'lgan ushbu
biznesda sug'urta qildiruvchilar moyilligi juda katta ahamiyatga ega.
Ta'kidlash joizki, agent orqali sug'urta qildirgan mijozlar odatda polisni
xuddi shu agent orqali uzaytiradi, virtual mijozlar esa sug'urta qiluvchilarni
tez-tez o'zgartirib turishga moyil bo'ladi.
Mukammal virtual sug‗urta ofisi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
mijozga kompaniyaning umumiy va molivaviy holati haqida to'liq
axborotni
taqdim etish;
mijozga kompaniya xizmatlari haqidagi axborot taqdim etish va u
bilan tanishib chiqish uchun imkon berish;
sug'urta mukofoti hajmini hisoblab chiqish va sug'urtaning har bir
turi uchun
va muayyan ko'rsatkichlarga qarab to'lov shartlarini belgilab berish;
sug'urta qilish uchun ariza shakllarini to'ldirish;
bevosita internet orqali sug'urta polisini buyurtma qilish va to‗lovni
amalga oshirish;
vaqti-vaqti
bilan
amalga
oshiriladigan
to'lovlarni
(sug'urta
mukofotini bo'lib-bo'lib to'lashda) bevosita internet orqali to'lash;
58
sug'urtalanuvchining elektron raqamli
imzosi bilan tasdiqlangan
polisni mijozga internet tarmog'i orqali uzatish;
shartnomaning amal qilish davri mobaynida sug'urtalovchi va
sug‗urtalanuvchi o'rtasida axborot almashinish imkoniyati (mijozning
sug'urta kompaniyasidan turli hisobotlar, jumladan, to'lovlar va tushumlar,
shartnomalarning bajarilish holati va ularning o'zgarish tarixi haqida
hisobotlar olish);
sug'urta hodisasi ro'y berganda tomonlar o'rtasida axborot
ayirboshlash;
sug'urta hodisasi ro'y berganda sug'urta qoplamasini internet tarmog'i
vositasida to'lash;
sug'urtalovchining mijozga boshqa turdagi xizmatlar va axborot
taqdim etishi: konsalting, sug'urta atamalarining izohli lug'ati va boshqalar.
Internet sug‗urtadagi muhim pozitsiyalar quyidagilardan iborat:
o'zining sug'urta xizmat ko'rsatish holatini onlayn ko'rib chiqish
imkoniyati;
onlayn-sug‗urtada
xarajatlarning
kamligi
yoki
eng
maqbul
stavkalarning qo‗llanilishi;
onlayn-xizmatlar
taqdim
etuvchi
kompaniyalarni
tanlash
imkoniyatining kengligi va xavfsizlikning ortishi;
o'zining moliyaviy vaziyatini onlayn o'zgartirish imkoniyati va
onlayn-sug'urta jarayonlarining yengillashuvi;
mintaqadagi barcha sug'urta qiluvchilarning
xizmatlarini taqqoslash
va imzo qo'ymagan holda bitim tuzish imkoniyati.
Onlayn rejimida savdo nafaqat sug‗urtalanuvchilar uchun, balki
sug‘urta sohasidagi firibgarlar uchun ham yangi faoliyat maydoniga
aylandi. Firibgarlikka qarshi kurash uchun asl da‘volarni qalbaki
da‘volardan farqlashga imkon beradigan yangi texnologiyalar ishlab
chiqilmoqda. Davlat organlari sug‘urta firibgarligiga qarshi kurash uchun
tobora murakkab dasturlar ishlab chiqmoqdalar va bu jinoyatni sodir
etganlik uchun jazoni tobora kuchaytirmoqdalar. Lekin bu jazo ko‘pincha
ko‗riladigan foyda ko'lami bilan taqqoslanadigan darajada bo‗lib
chiqmaydi va qo'lga tushish ehtimoli firibgarlarni aslo to‗xtatmaydi.
Onlayn rejimda sug‘urta firibgarligining ikki xil turi mavjud - mijozlar
tomonidan asossiz da‘volar va sug‘urtalanuvchi fantomlar, ya‘ni
aslida
mavjud bo‘lmagan kompaniyalar. Tovarni arzonroq xarid qilishga intilish
tufayli iste‘molchi osonlik bilan firibgar firmaning qurboniga aylanishi
mumkin.
59
Sug‗urta xizmatlarining masofaviy tarzda ko‗rsatilishi mijozlarga
qulaylik yaratishi bilan bir qatorda xizmatlar turlari bilan yaqindan
tanishish va optimal variantni tanlash imkonini beradi. Internet sug‗urtada
arizalarning to‗ldirilishi va to‗lovlarning amalga oshirilishi ham masofaviy
tarzda amalga oshiriladi. Internet ariza – bu sug'urta kompaniyasining sayti
orqali muloqot uchun ma‘lumot taqdim etilishi, uchrashuv joyi va yoki
sug'urta shartlarini aniqlash uchun mijozga oldindan qo'ng'iroq qilgan
holda mutaxassis murojaati va sug'urta hujjatlarini to'ldirishidir. Internet
to‗lov esa polisni to'ldirish va tarifni hisob-kitob qilish uchun zarur bo'lgan
axborotning sug'urta kompaniyasi
sayti orqali taqdim etilishi, polisning
internet orqali to‗lanishi, tayyor polisning kuryer yordamida, ekspress-
pochta orqali yetkazib berilishi yoki shartnomani ofisdan mustaqil oilb
ketish
imkoniyatidir.
Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda sug‗urta
kompaniyalari faoliyatida internet sug‗urta bozoriga kirish yo‗lidagi
to‗siqlar yoritilgan bo‘lib, ichki va tashqi omillar sanab o‘tilgan. Mazkur
omillarning bartaraf etilishi sug‗urta bozorida xizmat ko‘rsatish sifatining
oshirilishi, sug‘urta mahsulotlarini yaratish texnologiyalaridan unumli
foydalanishni ta‘minlaydi va sug‗urtalash ko‘lamini kengaytiradi.
4-jadval
22
Dostları ilə paylaş: