O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-MAVZU. SUG„URTA BIZNESINING DASTURIY TA‟MINOTI



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

5-MAVZU. SUG„URTA BIZNESINING DASTURIY TA‟MINOTI 
5.1. Sug„urta biznesida zamonaviy axborot texnologiyalaridan 
foydalanishning asosiy yo„nalishlari 
 
So‗nggi yillarda barcha sohalarda bo‗layotgan jadal rivojlanishlar 
telekommunikatsiya texnologiyalariga ham o‗z ta‘sirini ko'rsatmoqda. 
Axborot texnologiyalari haqidagi dastlabki tushunchalar ko‗p yillar avval 
paydo bo‘lgan. Keyinchalik 1971 yilda mikroprossesorlar yaratildi va 
hozirda taxminan 45 foiz ishchi kuchi axborot texnologiyalari yordamida 
faoliyat yuritadi. Mikroelektronlarning afzalligi shundaki, unda kiritilgan 
ma'lumotlar 
aniq 
vaqti, 
jarayonlari 
bilan 
birgalikda 
saqlanadi. 
Telekommunikatsiya uzoq masofani yaqinlashtirishda, tezlikni oshirishda 
yordam beradi va foydali ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Axborot 
texnologiyalari yordamida ko‘pgina hisobotlar ishonchli tayyorlanadi va 
tahliliy jarayonlar amalga oshiriladi. Axborot tizimiga kiritilayotgan 
ma'lumotlarning 
to'g'riligini 
tekshirish 
funksiyalarining 
kiritilishi 
axborotlarning aniqlik darajasi yuqori bolishiga olib kelmoqda. 
Axborotlarning eng katta hajmini hisobga olish, birlamchi hujjatdagi 
mavjud bo'lgan ma‘lumotlarning me‘yoriy aktlar va ko'rsatmalar, ichki 
andoza va kelishuvlarga mos kelishi funksional to‗liqlikni ta‘minlab 
beradi. Ro'yxatga olish axborotlarini tekshirish bo'yicha, shuningdek, 
kompaniya bo'limlari joriy faoliyati uchun talab qilinmaydigan hujjatlar 
bo'yicha axborotlarni olishda zaruriy ishlar hajmini olib borish uchun 
ma'lumotlarga kirishlik tamoyiliga rioya qilinishi kerak. Ma‘lumotlarning 
eng kichik darajada yo‗qotilishi yoki kelgusida tizimning ob‘ektiv hamda 
sub‘ektiv omillar tufayli uzilib qolishi holatlarida bu ma‘lumotlarni to'liq 
tiklash imkoniyatini ta'minlash axborotlarning ishonchlilik darajasini 
oshiradi. Axborot tizimi kompaniyaning asosiy — shartnoma tuzish, 
shartnomalarning bajarilishi, to'lovlar, tahlil ekspert kabi ichki 
bo‗linmalarga mos holda quyi tizimlardan tashkil topishi kerak. Bu quyi 
tizimlar asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun kompaniya 
rahbariyatiga aniq va tezkor axborotlarni yetkazib berishga yo'naltirilgan 
bo‗ladi. Sug‗urta kompaniyasi faoliyatida asosiy jarayon va funksiyalarni 
avtomatlashtirish nafaqat xodimning mehnat unumdorligini oshirishi, balki 
malakali 
mutaxassislarning 
asosiy 
vazifalari 
bilan 
ko'proq 
shug'ullanishiga, biznesning keyingi rivojlanishi yo'lida marketing 
vositalarini har tomonlama joriy qilib borish uchun zaruriy shart-


55 
sharoitlarni yaratadi. Sug'urta qiluvchi va sug'urta qildiruvchi o‗rtasidagi 
munosabatlar sug'urta shartnomasini tuzish yo'li bilan rasmiylashtiriladi 
hamda risklarni sug‗urtalash bo'yicha moliyaviy shartlar haqidagi 
kelishuvga erishiladi. 
Butun jahon global tarmog‘i (internet) sug‘urta kompaniyalari 
tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarni tarqatuvchi bo‘lib faoliyat 
yuritadi. Internet sug‘urta - bu internet tarmog‘i orqali sug‘urtalanuvchi va 
sug‘urta 
kompaniyasi 
o‗rtasida 
shartnoma 
tuzilishiga 
erishish 
imkoniyatidir. Sug‘urta kompaniyalari virtual ofis sifatida amal qilishi 
uchun quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak: 
1. Mijozga kompaniyaning umumiy moliyaviy holati, unda 
ko‗rsatiladigan xizmat turlari haqidagi ma‘lumotlarni taqdim qila olishi. 
2. Sug‘urta mukofotining miqdori va tuzilishi. 
3. Sug‘urtalanuvchiga sug‘urta mukofotini internet orqali to‘lash 
imkoniyati borligini ma‘lum qilishi. 
4. Tasdiqlangan polisni mijozga internet orqali yuborish. 
Elektron sug'urtaning amaliy tahliliga ko'ra, dunyo bo‗yicha sug'urta 
mukofotlarining 2,5 trillion dollardan taxminan 1 foizi elektron sug'urta 
orqali qabul qilingan. 2015 yilda sug'urta mahsulotlarini sotib olish uchun 
2444 mlrd. dollarlik to'g'ridan-to'g'ri mukofotlar ishlatilgan bo'lib, u 
YaIMning 7,8 foizini, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu ko‗rsatkich 
208 mlrd. dollarni tashkil etgan. Shveytsariyaning SIGMA tadqiqot guruhi 
2030 yilga kelib elektron sug'urta bozorda 55-60 foiz ulushga ega 
ekanligini 
taxmin qilmoqda. 
Shu 
kabi, 166 
million 
internet-
foydalanuvchilaridan 25 foizi sug'urta xizmatlari haqidagi ma‘lumotlarni 
olish uchun, 73 foiz so'rovlar esa sug‗urta xizmatlarining narxlari 
xususidagi ma‘lumotlarni olish veb-saytlardan foydalangan. 
So'nggi bir necha yil ichida internetdan foydalanish boshqa barcha 
texnologiyalarga qaraganda tezroq o'sdi va bu xalqaro tijorat rivojlanishiga 
kuchli ta'sir ko'rsatdi. Internet sug‗urta kompaniyalari uchun o'z biznesini 
rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini taklif etadi. Shuning uchun 
sug'urta tendentsiyasining o'zgarishi bilan jismoniy shaxslar ulardan 
sug'urtalashning eng oson va tezkor usulini talab qiladi va natijada elektron 
sug'urtaning samaradorligi ortib boradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, 
sug'urtalovchilar sug'urta qilishda hali ―elektron‖ga yo'l topmaganlar. 
Biroq majburiy, juda oddiy yoki arzon narxdagi mahsulotlar sotuvchidan 
ko‗p harakat talab qilmaydi va internetda faol tarqatilishi mumkin. 
Avtotransport vositalarini sug'urtalash, sog'liqni saqlash, uy egalarini va 
hayotini muddatli sug'urtalash shular jumlasidandir. Shaxsiy sug'urta 


56 
mahsulotlarini elektron tijoratga moslashtirish bo‗yicha ko'plab bahs-
munozaralar mavjud bo‗lib, sug'urta kredit kartalarini ishlab chiqish va 
tarqatish ushbu sohadagi yangi vositalardan biri hisoblanadi. Tariflarni 
(sug‗urta xizmatlari narxini) pasaytirish, sotish hajmini ko'paytirish, 
ma'lumotlarga osonlikcha kirish, tranzaksiya xarajatlarini pasaytirish, 
mijozlarga yo'naltirilganlik, faoliyatning ixtisoslashuvi va savdo tarmog'ini 
qayta qurish - elektron sug'urtaning afzalliklaridan biri sanaladi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə