O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Sug„urta mahsulotlarini yaratish va sotish texnologiyasi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

2.2. Sug„urta mahsulotlarini yaratish va sotish texnologiyasi 
 
So‗nggi yillarda O‗zbekistonda sug'urta marketingi rivojlanishining 
asosiy tendentsiyalaridan biri sug'urta mahsulotlari xususiyatlarining 
iste'molchilar ehtiyojlariga mos kelishiga e'tibor kuchayishi bo'ldi. 
Sug'urtalovchilar uchun eng mas‘uliyatli bosqich bu yangi sug'urta 
mahsulotlarini ishlab chiqish va joylashtirish hisoblanadi. Shuning uchun 
ular sug'urta mahsulotini ishlab chiqishda zamonaviy kompleks 
yondashuvni qo'llashi shart. Yangi mahsulotga bo'lgan ehtiyoj quyidagi 
uchta sababga ko'ra paydo bo'lishi mumkin:
agar sug'urtalovchi ushbu bozorda hali ishlamagan bo'lsa va boshqa 
kompaniyalarning tajribasi unga mos kelmasa;
agar kompaniya ma'lum bir segmentda bozor yetakchilaridan chiqib 
ketmoqchi bo'lsa;
ommaga tanish bo'lmagan mutlaqo yangi mahsulotni e'tiborni jalb 
qilish vositasi sifatida ishlatib, ma'lum bir segmentda kashfiyotni amalga 
oshirish zarur bo'lganda. 


22 
Har qanday sug'urta mahsuloti bo'yicha ishlarning dastlabki bosqichi 
- bu sug'urta bozorini o'rganish asosida va undan kelib chiqadigan asosiy 
g'oyaning paydo bo'lishi hisoblanadi. Shundan so'ng potentsial bozorni 
miqdoriy tadqiq qilish bosqichi boshlanadi, bular: sug'urta mahsulotining 
jozibadorligini miqdoriy baholash, potentsial auditoriyani miqdoriy 
baholash, bozor raqobatini aniqlash va raqobatchilarning mumkin bo'lgan 
harakatlarini prognoz qilish nuqtai nazaridan marketing tadqiqotlarini olib 
borish. Keyinchalik yangi sug'urta mahsulotini texnik tatbiq etish, 
shuningdek tijoratlashtirish uchun zarur bo'lgan imkoniyatlar, vaqt va 
kuchlar baholanadi. Quyidagi rasmda mazkur jarayon aks etadi (4-rasm). 
4-rasm. Sug„urta mahsulotlarini yaratish bosqichlari
6
 
Ushbu bosqichda sug'urtalovchining zarur moliyaviy salohiyatga ega 
ekanligi (yoki yo'qligi), yetarli miqdorda o'qitilgan agent kadrlari, 
marketing va aktuar hisob-kitoblar sohasidagi mutaxassislari, ya'ni, yangi 
sug'urta mahsulotini batafsil ishlab chiqish va tijoratlashtirish uchun zarur 
bo'lgan omillar o‘rganiladi. 
Sug'urta mahsulotlarini rivojlantirishning ushbu bosqichi yakunida 
uning asosiy texnik tavsiflari keltiriladi. Keyin sug'urtalovchi sug'urta 
mahsulotlarini batafsil ishlab chiqishga kirishadi. Sug‗urta mahsulotlarini 
ishlab chiqishda quyidagilar aniqlanadi: kafolatlar, sug'urta summalari, 
chegirmalar, tariflar, shartnomalarning maxsus shartlari (xususan, hayotni 
sug'urtalashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan shartnomani muddatidan 
6
Rasm muallif tomonidan chizilgan. 


23 
oldin 
bekor 
qilish 
shartlari), 
bonus 
(sug'urtalovchining 
sug'urtalanuvchining foydasida ishtirok etishi), sug'urta mukofotlari, ularni 
o'tkazish shartlari va hokazo. Shundan so‗ng, sug'urtalash shartlarining 
huquqiy tahlili o'tkaziladi. 
Sug‗urta 
mahsulotlari 
savdosini 
tashkil 
qilish 
sug‗urta 
kompaniyasining muhim va sermashaqqat jarayonlaridan biridir. Sotish 
tizimining asosiy vazifasi bo‗lib sug‗urtalovchi va sug‗urta qildiruvchi 
o‗rtasida samarali munosabatlarning o‗rnatilishi yoki bu tizimning qanday 
tashkil etilishi to‗g‗ridan to‗g‗ri kompaniyaning daromadiga bog‗liq 
bo‗ladi. Sug‗urtalovchining sug‘urta mahsulotini sotish tizimidagi asosiy 
tamoyili iste‘molchining talabini maksimal darajada qondirish va buning 
natijasida sug‗urta mahsuloti savdosini yuqori darajaga chiqarishdan 
iborat. O‗z-o‗zidan sug‗urta xizmatlari bozori sug‗urta operatsiyalarining 
ketma-ketligini ifodalaydi va quyidagi asosiy bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 
1) tayyorlov faoliyati (bozor tuzilishi, potensial mijozlarni aniqlash, 
mavjud va yashirin holdagi talab va ehtiyojlarni aniqlashtirish, sug‗urta 
qildiruvchiga murojaat qilishning eng maqbul yo‗lini topish); 
2) sug‗urta mahsulotini sotish (mijoz bilan aloqa o‗rnatish, sug‗urta 
qildiruvchida sug‗urta qildirishning zaruriyatiga ishonch tuyg‗usini 
shakllantirish, sug‗urta shartnomasini rasmiylashtirish); 
3) savdodan keyingi xizmat ko‗rsatish (axborot olish, yuridik tarafdan 
va maslahat berishni qo‗shib olib borish, sug‗urta holatlarini tekshirish, 
ko‘rilgan zarar hajmi, sug‗urta holatlarini tartibga solish, sug‗urta 
hodisasining oqibatlarini tugatishga ko‗maklashish). 
Agar sug‗urta mahsulotini sotish kanali sug‗urta qildiruvchining 
o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilsa, bu tizim samarali 
bo‗ladi. Bu esa bozor tizimining o‗z ishining bilimdonlari tomonidan 
ta‘minlanganini bildiradi. Sug‗urtalovchi sug‗urta talablariga ko‗ra bir-
biriga yaqin bo‗lgan mijozlarni bir turdagi guruhlarga ajratadi va 
iste‘molchilarga murojaat etishning samarali yo‗llarini aniqlab, bozorni 
soddalashtirishga harakat qiladi. Sug‗urtalovchi iste‘molchilarning 
belgilangan bo‗g‗iniga mansub sug‗urta xizmatlarini sotish jarayonida bu 
xususiyatlar noto‗g‗ri baholanganda, ularning faoliyat yakuni, ayniqsa, 
savdo hajmi talabga javob bermaydi. Shuning uchun savdoni samarali 
o‗tkazish maqsadida sug‗urtalovchi nafaqat xizmatga talabni baholaydi, 
balki savdo yo‗llari, usullari va texnologiyalarni o‗ylab topadi. Quyidagi 
rasmda sug‗urta mahsulotlarini sotish bosqichlari keltirilgan (5-rasm). 


24 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə