O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/42
tarix29.11.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#143240
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Суuуртада ахборот технологиялари 2022

 
 
8-rasm. Sug„urta kompaniyasining reinjiniring modeli
19
 
 
19
Rasm muallif tomonidan chizilgan. 


42 
4-MAVZU. SUG„URTA KOMPANIYALARI FAOLIYATINING 
DASTURIY TA‟MINOTI 
4.1. Sug„urta kompaniyasining axborot tizimiga qo„yiladigan talablar 
 
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalariga o‗tish jarayoni 
menejment sifatining o‗zgarishi bilan birga kechadigan jarayon bo‗lib, 
menejerlarning tahliliy ishi asosiy o‗rinni egallaydi, ular uchun yangi 
g‗oyalar va ustuvorliklarni shakllantiradi, axborotni kompaniyaning asosiy 
va 
haqiqatan 
ham 
qulay 
manbalardan 
biriga 
aylantiradi, 
avtomatlashtirilgan 
tizimni 
yanada 
rivojlantirish 
esa 
axborot 
texnologiyalari strategiyasining muhim elementi bo‗lib xizmat qiladi. 
Biroq 
avtomatlashtirilgan 
axborot 
texnologiyalarini 
qo‗llash 
yetarlicha samarali yo‗lga qo‗yilgan mehnat sharoitida ko‗proq iqtisodiy 
samara keltiradi, chunki ma‘lum qoidalarga bo‗ysunadigan barqaror 
jarayonlargina avtomatlashtiriladi. Agar har bir ish holati o‗ziga xos 
bo‗lsa, istisno va tuzatishlar kompaniya faoliyatining tartib-qoidalariga 
xalaqit bersa, u holda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy 
etish pul va vaqtni behuda sarflashdangina iborat bo‗lib qoladi. Sug‗urta 
kompaniyalari uchun bu, avvalambor sug‗urta bilan bog‗liq barcha 
hujjatlarni yetarlicha uzoq muddat foydalanishni nazarda tutgan holda 
ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi kerakligini anglatadi. Masalan, 
sug‗urtalanish uchun ariza, sug‗urta shartnomasi, sug‗urta hodisasi 
to‗g‗risidagi dalolatnoma, shuningdek balansning foyda va zararlar hisob-
varag‗i va boshqalar. 
Faoliyatning barcha tartib-qoidalari puxta o‗ylangan va ko‗rsatmalar 
shaklida hujjatlashtirilgan bo‗lishi kerak. Xususan, kim tomonidan, qanday 
qilib, qachon va qanday sharoitlarda kompaniya siyosatining ishlab 
chiqilishi, brokerlar bilan hisob-kitoblarning qanday amalga oshirilishi, 
to‗lovlarning qanday va kim tomonidan amalga oshirishi, zararni kim va 
qanday baholashi va boshqalar aniqlanishi kerak. Barcha hujjatlarning 
harakatlanish yo‗llari, shartlari va agar ular moliyaviy xarakterga ega 
hujjatlar bo‗lsa, unda pul harakati ko‗rsatmalarda bayon qilinishi kerak 
(yoki diagrammalarda tasvirlangan bo‗lsa undan ham yaxshi). Hujjat 
aylanishining bunday sxemalari har bir hujjatning hayotiy siklini to‗liq 
kuzatib borish va kompaniyadagi hujjatlar aylanishini tahlil qilish, so‗ngra 
uni takomillashtirish – yangi texnologik yechimlar asosida tezlashtirish, 
soddalashtirish va kerak bo‗lganda to‗ldirish yoki rivojlantirishga imkon 


43 
beradi. Agar bu ish amalga oshirilmasa, sug‗urta kompaniyasining 
samarali avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini ishlab chiqish 
deyarli imkonsiz bo‗lib qoladi. 
Sug‗urtalashda axborot tizimlarini avtomatlashtirishga qo‗yiladigan 
asosiy talablar biznesning o‗ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi va ular 
quyidagilardan iborat:
tizimning barcha modullari uchun yagona axborot maydoniga ega 
bo‗lish;
keng ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash uchun yetarli darajadagi 
tezkorlik;
tizimga 
ma‘lumotlarni o‗rnatishdagi qulaylik va tezkorlik 
(qonunchilikning o‗zgartirishi kabi vaziyatlarda); 
ma‘lumotlarni saqlashning yuqori ishonchliligi. 
Ushbu sohadagi firibgarlikning oldini olish uchun sug‗urta 
kompaniyalari 
to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar 
saqlanadigan 
barcha 
kompaniyalar uchun umumiy bo‗lgan ma‘lumotlar bazasini yaratish kerak. 
Sug‗urta kompaniyasi faoliyatini avtomatlashtirish bo‗yicha universal 
axborot tizimiga bo‗lgan umumiy talabdan kelib chiqib, eng muhim mezon 
sifatida quyidagilar taklif etiladi: 
Faoliyatning samaradorligi
.
Mijozlar sonining tez o‗sib borishi, 
ularni jalb qilish bo‗yicha olib borilayotgan islohotlar sharoitida 
kompaniya tomonidan ko‗rsatilayotgan xizmatning tezligi va qulayligi 
muvaffaqiyatning asosiy omiliga aylanadi. Kompaniyaning axborot tizimi 
sug‗urta mahsulotini tanlashda, sug‗urta shartnomasini tuzishda, 
kompaniyaga qay tartibda murojaat etish, ayniqsa sug‗urta hodisalari 
bo‗yicha to‗lovlarni undirish bo‗yicha eng to‗liq xizmatni taqdim etishi 
kerak. Tizim mijozlarga xizmat ko‗rsatish jarayonining barcha 
ishtirokchilari: filiallar tarmog‗i, brokerlar va sug‗urta agentlari uchun 
axborotni ta‘minlashi kerak. Shunday qilib, tizimga qo‗yilayotgan eng 
muhim talab – bu minimal xarajatlar bilan masofadan turib kirish 
imkoniyatini ta‘minlashdir. Barcha tarmoq tugunlarining ishlashi 
qo‗shimcha texnik xarajatlarsiz amalga oshirilishi, ya‘ni tizimning 
masofadan boshqarish bilan ta‘minlanishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Moslashuvchanlik, yangi mahsulotlarni tezda yaratish va sotish 
qobiliyati. Sug‗urta bozorida o‗sib borayotgan raqobat sharoitida mijozlar 
ehtiyojlarini tezda ilg‗aydigan, talab va istaklarni hisobga olgan holda 
yangi mahsulotlarni o‗z vaqtida yaratadigan va sotuvni turli shakllarda 
tashkil etadigan kompaniyalar g‗olib bo‗ladi. Hozirgi sharoitda sug‗urta 
bozoridagi yetakchi kompaniyalar, sug‗urta agentlari o‗z kompaniyasining 


44 
yangi takliflari haqida bilmasligi va ofis xodimlari mijozga yangi 
mahsulotni sotib olishning afzalliklarini tushuntirib bera olmagan 
vaziyatlarga ko‗na olmaydi. Axborot tizimi sug‗urta mahsulotlarini 
shakllantirishning to‗liq siklini ta‘minlashi kerak: tahlil qilish va 
hisoblashdan tortib barcha zarur hisobot hujjatlarini tayyorlashgacha va 
ushbu mahsulotni kompaniyaning buxgalteriya tizimiga qo‗shish 
jarayonlari ham inobatga olinishi lozim. 
O‗lchovlilik. Barcha kompaniyalar birdaniga axborot tizimiga ko‗p 
pul sarflashga tayyor emaslar. Ushbu qoidaning ravshanligi xuddi shu 
muammoning yana bir jihati noaniqligini ko‗rsatadi: qilinayotgan sarf-
xarajatlarning zoye ketmasligi uchun bugungi kunda sotib olinayotgan 
tizim bir yil ichida, ikki yoki besh yilda kompaniyaning ortib borayotgan 
biznes talablariga va rivojlanish strategiyasiga javob beradigan kafolatlarni 
berishi lozim. Shu bilan birga, mijozlar sonining muntazam ortib 
borayotganini ham hisobga olish zarur, mijozlar sonining ko‗payishi butun 
axborot tizimini to‗liq almashtirishni yoki sezilarli darajada qayta tuzishni 
talab qilishi kerak emas. 
Tizimning amal qilish ko‗lami kengayishi, ya‘ni imkoniyatlarning 
o‗sishini ta‘minlash qobiliyati bir nechta jihatlarni o‗z ichiga oladi. 
Avvalo, bu miqdor jihatdan kengayish. Mijozlar soni qanchalik ko‗p 
bo‗lsa, sug‗urtaning turlari ham ortib boradi. Mintaqaviy kengayish ham 
juda muhim: tizim kompaniyaning yangi tashkil etilgan nuqtalarida 
(filiallarida) oddiy va standart ishlashi kerak. Va nihoyat, funksional 
kengayish, ya‘ni yangi sug‗urta mahsulotlarini qulay tarzda yaratish va 
ulardan foydalanish qobiliyati mavjud bo‗lishi zarur. 
Moliyaviy boshqaruv vositalarining mavjudligi. An‘anaviy ravishda 
moliyaviy menejment, boshqaruv hisobi, tahliliy va byudjet tuzish bilan 
bog‗liq bo‗lgan tizim tarkibiy qismlariga qiziqish ortib bormoqda. Har bir 
ikkinchi potensial mijoz ushbu bloklarni axborot tizimining eng muhim 
tarkibiy qismi, deb hisoblaydi. Bugungi kunda aksariyat kompaniyalar 
tuzilmaviy shaklda ishlaydi va bir emas, balki bir nechta sug‗urta 
mahsulotlarini sotadilar. Shu sababli, kompaniyalar uchun kim va qanday 
pul topishi, uni nimaga va qancha miqdorda sarflashini aniqlash o‗ta 
muhimdir. Mahsulotlarning qay darajada samaradorlikka olib kelishi ham 
bir xil ahamiyatga ega. 
Xalqaro hisob standartlariga muvofiqligi. Sug‗urta kompaniyasining 
axborot tizimi kamida ikkita omilni hisobga olishi kerak – xalqaro 
standartlarga muvofiqligi va doimiy o‗zgarib turadigan mamlakat 
standartlariga muvofiqligi. 


45 
Aktuar hisob-kitoblarning alohida bloklarini yaratish imkoniyati. 
Kompaniyaning ishonchliligi uning tahlil markazining sifati, ya‘ni 
samarali vositalardan foydalangan holda tahlil va aktuar hisob-kitoblar 
bilan shug‗ullanadigan odamlar tomonidan aniqlanadi. Har bir 
kompaniyaning o‗ziga xos noyob tahlil jarayonlari mavjud. Shuning 
uchun, aktuar hisob-kitoblarni ishlab chiqish uchun o‗ziga xos 
algoritmlarni birlashtirish, shuningdek, ushbu hisob-kitoblar uchun zarur 
bo‗lgan ma‘lumotlarni to‗plash va tuzish axborot tizimining muhim 
talabidir. 
Ochiqlik. Tizimning ochiqligi ilgari ishlab chiqilgan bir qator 
talablarga javob beradi. Biroq maxsus modullar va bloklarni masshtablash 
va birlashtirish imkoniyatlaridan tashqari tizimning ochiqligi uni doimo 
o‗zgaruvchan biznes talablariga moslashtirishga imkon beradi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə