|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universitetiInvestitsiya loyihalarini boshqarishOchiq aktsiyadorlik jamiyati
– ishtirokchilari o’zlariga qarashli aktsiyalarni
boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf etishi (sotishi) mumkin bo’lgan
aktsiyadorlik jamiyati.
Pay
, hissa – firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida
muayyan jismoniy va yuridik shaxs hissasiga to’g’ri keladigan pul badali summasi
yoki ulushi. Pay egasi oladigan daromad dividend deyiladi.
Patent
(lot. patens – ochiq, aniq-ravshan) – texnik echim (ixtiro)ning davlat
tomonidan e’tirof etilganligini va ixtirochining o’z ixtirosiga olgan mutlaq huquqini
tasdiqlovchi hujjat.
Portfel investitsiyalar
– kapitalni korxonalar qimmatli qog’ozlariga (korxona
ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) joylashtirish (investorlarga ular faoliyatini
bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi).
Penya
(lot. poena – jazolash) – majburiyatlarning o’z vaqtida bajarmaganligi
uchun to’lanadigan pul jarimasi. Kechiktirib yuborilgan majburiyat summasidan
foizlarda belgilanadi va kechikkan muddatning har bir kuni uchun undiriladi.
Pudrat shartnomasi
(rus. podryad – bir yo’la) – fuqarolik-huquqiy bitim,
unga ko’ra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig’iga
binoan, muayyan ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan
muddatda topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olish
va buning uchun haq to’lash majburiyatini oladi.
Preferentsiya
– 1) investitsiya va innovatsiya xarajatlarini moliyalashtirish
uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko’rinishida belgilangan
imtiyoz, engillik; 2) iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga
solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan
beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
Dostları ilə paylaş: |
|
|