277
Reinvestitsiya
– investitsiyalar bo’yicha daromadlar ko’rinishida olingan va
ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yo’naltirilgan mablag’lar; investorning faoliyati
natijasida olingan foydani (daromadni) muomalaga kiritish (qayta investitsiyalash).
Respublika byudjeti
– davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni
moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda
daromadlar manbalari va
ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun
ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Rekvizitsiya
(lot. reguisitio – talab qilib olish, olib qo’yish) –
mulkni haq
to’lab majburiy ravishda davlat egaligiga to’la yoki vaqtincha foydalanish uchun
olish.
Rekonstruktsiya
(qurilish, qayta tiklash)
1) mavjud narsa (bino, inshoot)ni
yaxshilash,
amaliy ahamiyatini oshirish, takomillashtirish maqsadida tubdan qayta
qurish; 2) faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va
asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish
va avtomatlashtirish,
texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li
bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirish.
Rentabellik
(nem. rentabel – daromadli, foydali) –
korxona yoki
tadbirkorlikning daromadliligi,
samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy
faoliyatning samaradorligi. Rentabellik
foyda olib ishlashning qiyosiy, ya’ni sarf-
xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan ko’rsatkich bo’lib, foizlarda ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: