O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

2. Tashqi muhitga moslashish
. Moslashishni, umuman olganda, korxonaning 
o’zgaruvchan bozor sharoitlarida faoliyat olib borishga ko’nikuvi sifatida qabul qilish 
mumkin. Bozor muhiti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan doimo maqbul va 
nomaqbul shart-sharoitlarga (ustunliklar va xavflarga) ega bo’ladi. Bu funksiyaning 
vazifasi - korxona xo’jalik mexanizmini ushbu shartlarga ko’niktirish, ya’ni raqobat 
kurashida ustunliklardan foydalanish va turli xavf-xatarlarni bartaraf etishdan iborat. 
Ushbu funksiyalar korxonalarning joriy boshqaruvi jarayonida bajariladi. Lekin, 
tezkor boshqaruv, agar raqobatga doir ustunliklar va to’siqlar oldindan ko’rilsa, ya’ni 
rejalashtirilsa, samaradorlikka erishadi. Strategik rejalashtirishning vazifasi 
korxonani tashqi muhitga moslashtirish mexanizmini yaratish orqali unga yangi, 
qulay imkoniyatlar taqdim etishdan iborat. 
3. Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish.
Ushbu funksiya 
firmaning strategik rejasida ko’zda tutilgan maqsadlariga erishishi uchun tarkibiy 
o’zgarishlarni (korxonalar, ishlab chiqarish, sexlar) kuchaytirishdan iborat. Korxona 
strategiyasi o’zaro bog’liq maqsad va vazifalarning murakkab tizimini qamrab oladi. 
Shuning uchun strategik rejaning barcha qismlari resurslar, tarkibiy bo’linmalar va 
ijrochilar o’rtasida o’zaro bog’liq bo’lishi shart. Bu bog’liqlik rejalashtirish 
ko’rsatkichlarini shakllantirish tizimi, shuningdak, korxona boshqaruv apparatida 
uyg’unlikka javob beruvchi bo’linma yoki ijrochining mavjudligi bilan ta’minlanadi. 
Ichki ishlab chiqarish operatsiyalari muvofiqlashtirish va tartibga solishning 
ob’ektlari hisoblanadi.
4. Tashkiliy o’zgarishlar.
Ushbu faoliyat tashkilotning shunday shakllanishini 
nazarda tutadiki, bu shakllanish boshqaruvchi xodimlarning murakkab ishini, 
menejerlar fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, strategik rejalashtirishning oldingi 
tajribalari hisobini olib borishni ta’minlaydi. Natijada, ushbu funksiya korxonada turli 
tashkiliy o’zgarishlarni o’tkazishda namoyon bo’ladi. Ularga boshqaruv funksiyalari, 
boshqaruv apparati ishchilari vakolati va huquqlarini qayta taqsimlash; strategik reja 
va boshqalarda ko’zda tutilgan maqsadlarga erishuvga ta’sir etuvchi rag’batlantirish 


44 
tizimini yaratish va boshqalar kiradi. Ushbu tashkiliy o’zgarishlar tashkiliy strategik 
bashorat qilishning natijasi bo’lishi muhimdir. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə