O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/181
tarix17.12.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#150170
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   181
Investitsiya loyihalarini boshqarish

 
 
2.3. Investitsiya strategiyasini shakllantirish va loyiha strategiyasini ishlab 
chiqish 
Investitsiya faoliyatida strategik yo’nalishlarni ishlab chiqish, bu faoliyatni
amalga oshirish siyosatiga asoslanadi. 
Korxona investitsiya faoliyatida strategik yo’nalishlarni ishlab chiqishda 
quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
1.
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbatini aniqlash; 
2.
Korxona investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini belgilash; 
3.
Investitsiya faolyatining hududlar yo’nalishi belgilash. 
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbatini aniqlash, bu 
korxona faolyati funksional yo’nalishi bilan o’zaro bog’liq. Ko’p xollarda investorlar 
o’zlarining investitsion faoliyatini fond bozorida amalga oshiradilar. Bunda 
investorlar uchun qimmatli qog’ozlar bozorida o’z mablag’larini investitsiya qilish 
yaxshi samara berishi mumkin. Ularning uzoqqa mo’ljallangan investitsion 
faoliyatining asosiy shakli aksiya, obligatsiyalar va boshqa xil qimmatli qog’ozlar 
bo’lishi mumkin. 
Bu vaqtda ba’zi bir korxonalar (investorlar) real investitsiyalarga mablag’lar 
sarflashni o’zlari uchun maqsad qilib qo’yishadi. Bu esa kelajakda korxona asosiy
fondlarini yangilash, texnik qayta jixozlash bilan yangi raqobatbardosh mahsulotlar 
ishlab chiqarishga zamin yaratadi. 
Bu esa korxonaning yangi tovar va hududiy bozorlarga kirishga imkon beradi. 
Bunday korxonalarning moliyaviy investitsiya faoliyatidagi ishtirokini qisqa 
muddatli, ya’ni vaqtinchalik bo’sh mablag’larini bu investitsiya turiga qisqa 
muddatli yo’naltirish yoki ma’lum bir korxona moliya-xo’jalik faoliyati ustidan 
nazorat o’rnatishga yo’naltirilgan bo’ladi. 


45 
Korxona rivojlanishida investitsiya turlarining o’zaro nisbati, kompaniya yoki 
korxona hayotiy sikl bosqichlariga bog’liq bo’ladi. 
Iqtisodiyotning umumiy holati barqaror bo’lmaganda, inflyatsiya darajasi
yuqori bo’lsa, soliq siyosati doimo o’zgarib tursa, unda real investitsiyalar 
samaradorligi keskin kamayib ketadi va shu bilan birga investitsion risk oshib ketadi. 
Bunday holatda qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar samarali hisoblanadi.(shu 
shart bilanki, agar bu investitsiyadan olingan daromad darajasi, inflyatsiya
darajasidan yuqori bo’lsa). 
Bu shartlarni hisobga olgan holda korxona investitsion strategiyasi har bir 
bosqichi bo’yicha investitsiya turlarining o’zaro nisbati differensiyalanib turadi. 
Korxona yoki kompaniya investitsion faoliyatining tarmoq yo’nalishini 
belgilash investitsiya strategiyasini ishlab chiqishning eng qiyin va og’ir vazifasi 
hisoblanadi. 
Korxonaning investitsiya faoliyatini, uning umumiqtisodiy rivojlanish 
strategiyasi bilan bog’liqlikda bosqichma-bosqich olib borishni taqazo etadi. 
Birinchi bosqichda, investitsiya faoliyatining tarmoq konsentratsiyasi 
(markazlashuvi) yoki diversifikatsiyasi maqsadliligi ko’rib chiqiladi. 
Qoidaga ko’ra korxona investitsiya faoliyatinig boshlang’ich bosqichi investor 
uchun yaxshi tanish bo’lgan bir tarmoqqa konsentratsiya qilish bilan bog’liq bo’ladi. 
Ko’pgina G’arb davlatlari kompaniyalari amaliyoti shuni ko’rsatadiki, ular o’z
strategiyasi yo’nalishlarini ko’p tarmoqli emas, balki bir tarmoqqa konsentratsiya 
qilish orqali boshlang’ich yaxshi samaraga erishganlar. Ko’p xollarda kompaniyalar 
o’z investitsion faoliyatini ilk marta amalga oshirishda bir tarmoq bo’yicha
barcha resurslarini konsentratsiya qilishmoqda, ya’ni xozirgi kunda ko’p korxonalar 
kompyuter texnikalar ishlab chiqarish, kompyuter dasturlari yaratishga sarf 
etmoqdalar. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday investitsion faoliyat strategiyasi 
korxonani bankrot holatiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ko’p xollarda 
kompaniyalar o’z investitsion strategiyasi yo’nalishlarini ishlab chiqishda, 
investitsiya faoliyatini tarmoqlar bo’yicha diversifikatsiya qilib beradilar. 
Ba’zi yirik kompaniyalar investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida


46 
strategik xo’jalik markazlari tuzmoqdalar. Bunday xo’jalik markazlari birinchi 
marta AQShning “Djeneral Elektrik” kompaniyasida paydo bo’ldi. 
Kompaniya investitsion faoliyat strategiyasi yo’nalishlarini ishlab chiqishda, 
kompaniya investitsiya faoliyatining hududlari yo’nalishi ham hisobga olinadi. 
Chunki, bunday kompaniyalar iloji boricha yuqori riskli investitsion faoliyat 
olib bormaydilar. 
Kompaniyalar investitsion faoliyat strategiyasi hudud yo’nalishlarini ishlab 
chiqishda, mamlakat hududlari bo’yicha investitsiyalarni jalb etish bo’yicha shart-
sharoitlar hisobga olinadi. 
Investitsion faoliyat yo’nalishlarini hududiy belgilash. Bu 2 (ikki) shart bilan 
bog’liq. Birinchi shart kompaniya xajmi hisoblanadi. Bu kompaniya o’z faoliyatini 
investorlar yashab turgan hududda (bir hudud doirasida) amalga oshirishi tushuniladi. 
Ikkinchi sharti kompaniya faoliyatining davomiyligi hisoblanadi, ya’ni kompaniya 
o’z faoliyatini 1 ta hududda amalga oshira turib, uni ko’zda tutgan maqsadini uzoqqa 
mo’ljallanganligi tushunish mumkin bo’ladi, ya’ni bir hududda uzoqroq faoliyat
yuritish hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida kompaniyaning investitsion va xo’jalik 
faoliyati yo’nalishlari samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. 
Investitsion faoliyatning tarmoq yo’nalishlarini belgilash jarayoni har bir 
tarmoq rivojlanish prognozlari bahosini olgan holda investitsion faoliyatini 
diversifikatsiya qilish hisoblanadi. 
Kompaniya investitsiya resurslarini tashkil etish strategiyasini ishlab chiqish 
alohida bosqichlar bo’yicha amalga oshiriladi, bu jarayon 2.4-rasmda o’z aksini 
topgan. 

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə