101
Kremnezem
asosidagi, ba’zida “nordon” deyiladigan olovbardoshlar uchun
asosiy ingrediyend bu
kremniy oksididir. Bu turga ansub materiallar siqishga qarshi
yetarli mustaxkam bo‘lib, juda yuqori xaroratlarda ishlatishga yaroqlilar.
Ularni
asosan po‘lat va oyna ishlab chiqarish pechlari gumbazlari uchun ishlatishadi.
Bunda ruxsat etilgan xarorat 1650
o
S (3000
o
F)ga yetishi mumkin. Bunday xaroratda
materialning bir qismi suyuq fazaga o‘tadi. Kichik konsentratsiyalarda alyumin
oksidi mavjudligi materiall xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, fazali diagrammada
ko‘rsatilgandek. Evtektikaning (7,7% Al
2
O
3
) tarkibi
kremniy oksidi keskin
miqdoriga juda yaqin bo‘lgani uchun, Al
2
O
3
ning
kichik miqdorlarda xam qo‘shilishi
likvidus xaroratini sezilarli pasaytiradi, bu esa 1600
o
S (2910
o
F)dan
baland
xaroratlarda materialda ancha miqdorda suyuq fazalar bo‘lishi mumkin. Shuning
uchun kremnezem asosidagi olovbardoshlarda Al
2
O
3
miqdori minimum bo‘lishi
kerak bo‘lib, odatda bu qiymat 0,2 dan 1,0% og‘irlikni tashkil etadi. Ko‘rilayotgan
olovbardosh materiallar kremniy oksidida mavjud “nordon shlak”
deb ataluvchi
shlak mavjudligidan xam qo‘rqmaydi. Bunday shlaklarni saqlash uchun xam
kremnezem asosidagi olovbardoshlardan fodalaniladi.
Biroq bu materiallar,
tarkibida SaO va MgO(asosiy shlaklar) yuqori bo‘lgan shlaklar oldida chidamsizlar,
shuning uchun ko‘rilayotgan olovbardoshlarning bu muxitlari bilan kontaktiga yo‘l
qo‘ymaslik maqsadga muvofiq.
3
Callister William D. Jr., Materials Science and Engineering, an Introduction. Wiley and Sons.UK 2014 (514-522 rages.)
Dostları ilə paylaş: