O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Bush vaqtning mavjudligi. 
Odamlar sayohatga nafaqat pullarini balki vaqtlarini 
ham sarflaydilar. Hatto eng yuqori daromadga ega bo‗lgan shaxs ham agar vaqti 
bo‗lmasa tur sayohatini amalga oshirolmaydi. Rivojlangan jamiyatda vaqtning 
yetishmasligi (xuddi daromad yetishmasligi kabi) turizmni chegaralovchi asosiy omildir. 
Xuddi shunday vaqt sayohatda tur transport vositasining turizm markazi va ko‗ngilochar 
dasturlarni tanlashga ta‘sir kiladi. 
Urbanizatsiya
oqibatida qishloq xo‗jaligida band bo‗lgan va kichik aholi 
yashaydigan punktlardagi aholi soni qisqarmokda. Avval ―sayohat qilmaganlar‖ning bir 
qismini tashkil etgan aynan shu ijtimoiy aholi turizm bozoriga yangi segment sifatida 
kirib keladi. 
3.3.O„zbekiston Respublikasida turizm bozorining holati va uning 
muammolarini tahlil qilish. 
 
 
So‗nggi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarga qaramay, 
mamlakatimizdagi turizm sanoati yildan-yilga barqaror ravishda mahsulotlar va xizmatlar 
ishlab chiqarishni ko‗paytirib borayotgan xalq xo‗jaligi tarmog‗i bo‗lib qolmoqda. 
Bunday tendensiyani BTT uslubikasi bo‗yicha bajarilgan hisob-kitoblar ham tasdiqlaydi. 
Bunday hisob-kitoblar taqdim etilgan turistik xizmatlarning ko‗p yillik hisobot 
ma‘lumotlari asosida amalga oshirlgan. Tahlil natijalari mutaxassislarga turistik 
xizmatlarning hajmi, demakki ulardan olinadigan daromadlar hajmi ham kelgusida ortadi, 
deya bashorat qilishlariga imkon bermoqda.
O‗zbekiston katta turistik potensialga ega va jahon turistik bozorida o‗z mavqei bor 
mamlakat. BTT ma‘lumotlariga qaraganda, 2010 yilda dunyodagi turistlar soni 1 mlrd. 
kishidan ortadi, turizmdan olinadigan daromad esa 1550 mlrd. AQSH dollariga yetadi.
O‗zbekistonda turizmning rivojlanishiga to‗sqinlik qiladigan sabablar quyidagilar 
bo‗lishi mumkin: 

mehmonxona va transport xizmati ko‗rsatish darajasining, turistlarning 
ovqatlanishi va dam olishi tizimining jahon standartlari darajasiga mos 
kelmasligi; 

xizmat ko‗rsatish darajasi ancha past bo‗lgani holda ularning narxini oshirib 
yuborish; 

milliy marketing axborot tizimi va reklamaning har xil shaklari yo‗qligi; 

ko‗plab turistik firmalar xodimlari malakasining bugungi kun talablariga javob 
bermasligi va bu firmalarning asosan xorijiy turizmga mo‗ljal olishi.
 
Iqtisoiy 
munosabatlarning 
transformatsiyalashuvi 
sharoitlarida 
turizmni 
rivojlantirishni boshqarish samaradorligini oshirishning muhim omili xo‗jalik 


24 
yuritishning yangi shakllarini izlash hisoblanadi. Mamlakatimizdagi turistik xizmatlar 
bozorida hozirgi vaqtda asosan an‘anaviy shakllar faoliyat ko‗rsatmoqda. Agar 
yo‗llanmalarning narxi doimiy oshib boradigan bo‗lsa, dam oluvchilar soni ham 
tegishlicha kamayib boradi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, hozirgi 
sharoitlarda O‗zbekistonda eng dolzarb muammolardan biri turistik sohani qayta tashkil 
qilish, uning rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali komplekslar va 
tegishli infrastrukturaga ega turistik markazlarni tashkil qilish evaziga oshirish 
hisoblanadi. Ichki turizmni rivojlantirish, yoshlar, aholining kam ta‘minlangan 
qatlamlari, urush va mehnat veteranlari o‗rtasida turistik-ekskursiya faoliyatini 
yaxshilash, taqdim etiladigan ijtimoiy qatlamlarning sifatini oshirish masalalari ham hal 
qilinishini kutmoqda.
Oxirgi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarga qaramay, 
mamlakatimizdagi turizm sohasi yildan-yilga barqaror ravishda mahsulotlar va xizmatlar 
ishlab chiqarishni ko‗paytirib borayotgan xalq xo‗jaligi tarmog‗i bo‗lib qolmoqda. 
Mamlakatimizdagi turistik xizmatlar bozorida hozirgi vaqtda asosan an‘anaviy shakllar 
faoliyat ko‗rsatmoqda. Agar yo‗llanmalarning narxi doimiy oshib boradigan bo‗lsa, dam 
oluvchilar soni ham tegishlicha kamayib boradi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib 
chiqadiki, hozirgi sharoitlarda O‗zbekistonda eng dolzarb muammolardan biri turistik 
sohani qayta tashkil qilish, uning rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali 
komplekslar va tegishli infrastrukturaga ega turistik markazlarni tashkil qilish evaziga 
oshirish hisoblanadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə