O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
6.3.Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish. 
Turistning ovqatga bo‗lgan ehtiyojini umumiy ovqatlanish korxonalari qondiradi. 
Ular xilma-xil shakllari bilan farq qiladi. Turistik ovqatlanish industriyasiga restoranlar
kafelar, barlar, oshxonalar, tamaddixonalar va boshqalar kiradi. Turistlarning bular 
singari joylashtirish vositalari bilan birgalikdagi ovqatlanish korxonalari xizmat sifati va 


48 
madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan taomlari, o‗rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga 
xizmat ko‗rsatish shakllari bilan klassifikatsiyalanadi. 
Turizmda ovqatlantirish korxonalar klassifikatsiyasi va ularga qo„yiladigan 
talablar. 
Turistik xizmat ko‗rsatish texnologiyasida asosiy xizmatlardan biri bu 
ovqatlantirish hisoblanadi. Ovqatlantirish turizm industriyasi o‗z ichiga quyidagi 
ovqatlantirish korxonalari turlarini oladi: 
1. Restoranlar. 
2. Kafe. 
3. Barlar (gril barlari, pivo barlari, foto barlari, kokteyl barlari va boshqalar). 
4. Oshxonalar. 
5. Oshxona – fabrikalar. 
6. Tayyorlov fabrikalari.
7. Bufetlar. 
8. Oziq-ovqat va qandolat magazinlari. 
Bunday korxonalar turistik firmalarning o‗zida bo‗lishi yoki ijaraga olinishi 
mumkin. Ularning ko‗pchiligi mehmonxonalar tarkibiga kirgan bo‗ladi, kamdan kam 
hollarda mustaqil faoliyat yuritadilar. 

Korxonalar xizmat ko‗rsatish shakliga ko‗ra ofitsiantlar xizmat ko‗rsatadigan 
va o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatadigan ko‗rinishga ega bo‗ladi. 

Turistlar ovqatlanishi rejimi bo‗yicha to‗liq pansion va yarim pansionga

maxsus ovqatlantirishga; 

bolalarni ovqatlantirish va boshqalarga bo‗linadi. 
Qator 
mehmonxonalar nomerlarida 
oshxonalar, 
mini 
barlar mavjud. 
Ovqatlantirish xizmati ham nomerda, ham ovqatlantirish korxonalarida ko‗rsatilishi 
mumkin. Turistlarni ovqatlantirish turlari bo‗yicha bu xizmat: 

kompleks ovqatlantirishga; 

tanlash asosida ovqatlantirishga, avvaldan buyurtma orqali ovqatlantirish, shu 
jumladan, bayramlar, qabullar, yubileylar, banketlarga xizmat ko‗rsatish 
kabilarga bo‗linadi. 
Bundan tashqari, ovqatlantirish korxonalari milliy, yevropa, koreys, xitoy, gruzin 
va boshqa oshxonalarga bo‗linishi mumkin. Korxonalar yana joylar soni, ish tartibiga 
qarab ham ajratiladi. 
Texnik jihozlanishi, ko‗rsatiladigan xizmatlar sifati va hajmi, joyning arxitektura-
badiiy jihatdan bezatilishi, narxlar, joylashgan joyi, avtomatlashtirilganlik darajasi va 
korxonaning boshqa ko‗rsatkichlariga ko‗ra ovqatlantirish turizmi industriyasi 
korxonalari kategoriyalariga ajratiladi. Kategoriya - ovqatlantirish korxonasining xizmat 
ko‗rsatish darajasini belgilovchi farqli belgi hisoblanadi. Kategoriya * (yulduz) belgisi 
bilan belgilanadi. Yuqori kategoriya - 5 yulduzli past kategoriyaligi esa bir yulduzli 
hisoblanadi. 
O‗rnatilgan talablar javob bermagan sertifikatsiyadan o‗tmagan korxonalar eski 
kategoriyada qoladilar. Kategoriya berish O‗zbekiston Respublikasining sertifikatsiyalash 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Agar biz ovqatlanish sektorida uning ishi turistik madaniy xordiq olishni tashkil 
etilishiga qaratilganini e‘tibordan qochirsak, tasavvurimiz uncha to‗liq bo‗lmaydi. 
Ovqatlanish korxonasi mijozlarni normal hayoti uchun nafaqat zarur kaloriyali taomlar 
bilan ta‘minlaydi, balki ko‗ngil ochish va yorqin unitilmas taassurotlar olish imkonini 
ham beradi. 


49 
Ko‗pchilik sayyohatchilar turli mamlakatlar milliy taomlari bilan tanishish 
maqsadida maxsus gostronomik va ichimlik safarlariga otlanadilar. Bunday safarlar 
chog‗ida ular mahalliy urf-odatlar bilan tanishishadi. Ko‗p hollarda folklor bayramlari 
ishtirokchisiga aylanadilar. Germaniya va Chexiyada bo‗lganda, masalan, pivo 
muassasalariga kirilmasdan qolmaydi. Ispaniyada bo‗lishni esa «passov a tapeo» siz, 
ya‘ni barlar bo‗ylab sayr vino va pivoga qo‗shib beriladigan gazaklarni tatib ko‗rishni 
tasavvur qilib bo‗lmaydi. Turistlarda etnografik restoranlar va kafelar katta qiziqish 
uyg‗otadi. Ulardagi milliy ichki joziba, orastalik, ofitsiantlar kiyimi, orkestr repertuari, 
taklif qilinadigan taomlar va ichimliklar hech kimni korxonalari befarq qoldirmaydi. 
Milliylikdan tashqari, ovqatlanish korxonalari boshqa har xil ko‗rinishda bo‗lishi ham 
mumkin: bank o‗ziga xos xizmatlaridan tortib, shamol tegirmonlarigacha. Tanlash 
markaziy mavzusi zallarni jihozlanishi, mijozlarga xizmat ko‗rsatish marketing 
tadqiqotlari va san‘at uyg‗unligini qamrab oladi. Bozor vaziyatini bilish va raqobat 
sharoiti mavzu istiqbollarini begilash imkonini beradi. Bunda restoranlarning tajribali 
menejerlari ko‗pincha o‗z funksiyalariga tayanadilar. 
Mavzular tanlash hamisha ma‘lum qaltisliklar bilan kechadi. Muvaffaqiyatsizlikka 
uchralganda uni almashtirishga to‗g‗ri keladi. Bunday vaziyatlarda odatda restoranlar 
lavhasini yoki taomnomasinigina yangilash bilan cheklanishmaydi. Ular binoni to‗liq 
rekonstruksiya qiladilar. Yangi xodimlar yollaydilar, taomnoma tuzadilar va oshxona 
jihozlari buyuradilar. Tanlangan mavzuga doir tegishli ko‗ngil ochar dasturlar o‗ylab 
topadilar. Odatda bunday qayta qurish ishlari qimmatga tushadi. Shuning uchun ungacha 
moliyaviy reja ishlab chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə