O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Turistik avtofurgonlar
uzunligi odatda 6 metr, eni esa 2,20 metrdan oshmaydi. 
Uning og‗irligi 500 dan 1000 kg. gacha keladi. To‗g‗ri, juda katta va og‗irlikka ega 
bo‗lgan boshqa namunalari ham mavjud. Shinamligi jihatidan bu turar joylar zamonaviy 
dala hovli-dachalaridan qolishmaydi. Ularda uxlash xonasi, oshxona, gaz plitasi, 
sovutgich hojatxona va dush bor. Joylashtirish vositalarining dachalardan afzalligi 
shundaki, ularda sayohat qilish mumkin. Ular erkin harakatlanishga imkon beradi. 
Turistlarni jadvalga qarab jamoat transporti kelishini kutishlariga hojat qoldirmaydi. 
Infrastruktura yaxshi rivojlangan mamlakatlarga ham bemalol boradi. Turistlar liq to‗la 
va qimmat otellardan joy 
qidirmaydi, shuningdek 
yirik xalqaro tadbirlar 
o‗tkazilayotganda (butun jahon ko‗rgazmasi, Olimpiya uyinlari kabilarda) turarjoy 
muammosini hal etadi. 
Joylashish vositalarining keyingi boshqa kollektiv guruhlarini turistik 
yotoqxonalar, yoshlar mehmonxonalari, maktab va talabalar yotoqxonalari, qariyalar dam 
olish uylari va shularga o‗xshash ijtimoiy ahamiyatga ega binolar tashkil qiladi. 
Turistlarni joylashtirishning individual vositalari.
Individual joylashish uchun 
imkoniyatlar juda keng. Sayyoh o‗zining shahardan tashqaridagi shaxsiy uyida tuxtashi 
mumkin. Agentlik yoki xususiy shaxsdan ijaraga to‗liq jihozlangan (uy, xona, kottej) 
turarjoy olishi yoki tanish bilish va qarindoshlarnikiga bepul joylashishi mumkin. 
Ijaraga beriladigan xona va binolar boshqa mehmonxonavozlik ob‘ektlariga 
o‗xshashlik klassifikatsiyasiga kiradi. Fransiyada mebelli kvartiralarga qo‗yiladigan 
talablar to‗liq ruyxati ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ularning maydoni hajmi, shifti 
balandligi, krovatlar enliligi (besh yulduzli kategoriya)ga qarab bir yulduzdan besh 
yulduzgacha ma‘lum kategoriya beriladi. Bunda shuningdek gaz plitada konforkalar soni, 
muzlatgich (xolodilnik) sig‗imi, hisob tizimi, telefon borligi, balkon hajmi, lift xizmati, 
avtomobilni saqlash maydonchasi mavjudligi ham hisobga olinadi. Hordiq olishdan 
tashqari mijoz xohishiga qarab, ayrim qo‗shimcha xizmatlar – xonani yig‗ishtirish 
choyshab almashtirish, ovqatlantirish xizmatlari ko‗rsatiladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə