O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Dengiz transportida turistlarni tashish



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

7.4.Dengiz transportida turistlarni tashish. 
 
Odamlarni suvda tashish transport vositalari yordamida sayohat qilishning eng 
qadimgi turlaridan biridir. Dastlab odamlar buning uchun yog‗och sollar va qayiqlardan 
foydalanganlar. Hozirgi zamon turizmida ularni noan‘anaviy transport turlariga kiritish 
mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti ulkan teploxodlar — o‗z bortiga yuzlab yo‗lovchilar 
olish, ularni qulay shart-sharoitlarda uzoq masofalarga tashish, dengiz va okeanlar 
bo‗ylab, hatto muzliklar orasida sayohatlar qilishga qodir laynerlar yaratilishiga olib 
keldi.
Xizmat ko‗rsatish sohasiga qarab, 
hozirgi zamon suv transporti dengiz va daryo 
transportiga bo„linadi. 
1958 yilda tuzilgan Xalqaro dengiz tashkiloti – IMO (International Maritime 
Organization) dengizda kema qatnovi masalalari bilan shug‗ullanuvchi xalqaro 
tashkilotlardan biri hisoblanadi. U dengizda yo‗lovchi va yuk tashish sohasida, shu 
jumladan dengizda suzish xavfsizligi va dengizni ifloslanishdan saqlash bilan bog‗liq 
xalqaro hujjatlarni ishlab chiqadi. Ushbu tashkilot faoliyati natijasida dengizda xalqaro 
yo‗nalishda yo‗lovchi va yuk tashish masalalarini tartibga soluvchi bir qancha 
konvensiyalar imzolandi: «Dengizda inson hayotini qo‗riqlash to‗g‗risidagi xalqaro Kon-
vensiya» (1974); «Dengizda yo‗lovchi va yuk tashishning ba‘zi bir qoidalarini 
yagonalashtirish to‗g‗risidagi xalqaro Konvensiya» (1967); «Dengizda yo‗lovchi 
tashishning ba‘zi bir qoidalarini yagonalashtirish to‗g‗risidagi xalqaro Konvensiya» 
(1981); «Dengizda halokatga uchraganlarni qidirish va qutqarish to‗g‗risidagi xalqaro 
Konvensiya» (1979); «Dengizni chiqindilar va boshqa materiallar bilan ifloslanishining 
oldini olish to‗g‗risidagi Konvensiya» (1972) va b. 
Agar 
dengizda yo„lovchi tashish kruiz xususiyatiga ega bo„lsa, 
dengizda 
yo‗lovchi tashish to‗g‗risidagi shartnomaga mijozga xizmat ko‗rsatish sohasiga
chunonchi: ovqatlanish, ko‗ngilochar tadbirlar, ekskursiya dasturiga tegishli bo‗lgan 
qo‗shimcha bitimlar tuziladi.
Savdo maqsadlarida dengizda suzish kodeksining boblaridan biri 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə