O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Turistik resurs, ob‟ekt -
(qo‗riqxona, tarixiy, madaniy obida, arxeologiya va 
hokazolar)ga turist har taraflama o‗ng‗aylikda boradigan va mazmunli dam olish
qoniqish olgandan keyin, asta – sekinlik bilan turistlar oqimini o‗ziga jalb qila boshlaydi. 
Respublikamizdagi barcha turistik resursga – ob‘ektga-manzilu-makonga-
maskanga yo‗l bor. Bu yo‗llar asfaltli, toshli, mahalliy tuproq yo‗llari, so‗qmoqlar va 
hakozo ko‗rinishlardadir. Bu holat inkor qilinmaydi. 
Lekin, bu yo‗llarni turistik marshrutga aylantirilgandan keyingina turistik resursda 
turistlar soni ko‗payishi mumkin. Turistik resursga hozirgi yo‗llar bilan ham turistlar olib 
boriladi. Lekin bu yo‗lda turistning erkin harakatlanishi, u hoxlagan vaqtda to‗xtashi, 
qiziqib qolgan yo‗lbo‗yi «ob‘ektlar»ga ekskursiyaga chiqishni talab qilishi, yoki choy 
ichib dam olishni hoxlashi mumkin. 
Turistik marshrut qayd qilingan, kutilmagan «taklfilar»ning bajarilishi yoki 
«xizmatlar» majmuasi a‘lo darajada kafolatlanishi uchun ham turistik marshrutlar 
deyiladi. Turistlarning barcha ehtiyojlarini, talablarni bajarishda foydalanadigan yo‗llar 
turistik marshrutlar yoki turstik yo‗llar deyiladi. 
8.2.Turistik marshrutning kelib chiqishi.
Marshrutning o‗zoq-yaqinligiga qarab inson harakatlanish vositasini tanlaydi. 
Masalan, Samarqanddan Jizzaxga boruvchi kishi albatta avtomobil, avtobus yoki poyezd 
transporti turlaridan birini tanlaydi. U hech qachon Jizzaxga samolyotda borish uchun 
harakat ham, orzu ham qilmaydi. Chunki, Samarqanddan Jizzaxga samolyot bilan borish 
marshruti yo‗qligini juda yaxshi biladi. 
Lekin, Jizzaxga velosiped, mototsikl, arava, ot, eshak yoki tuya bilan ham borish 
mumkin. Bu transport insonning ilmiy - texnika taraqqiyoti davrigacha bo‗lgan 
harakatlanishida foydalangan transport xillaridir. 
1
Mazkur mavzu R.Hayitboyev, A.Sattarovning «Turizm marshrutlarini ishlab chiqish 
texnologiyasi» (SamISI-2009) nomli ma‘ruzalar matnidan foydalanilgan.


58 
Inson hozirda Jizzaxga borish uchun harakatlanish vositalarining eng tezkoridan 
foydalanadi. Vaqtdan foydalanish nuqtai nazaridan o‗tmishda asosiy transport vositalari 
bo‗lgan arava, ot, tuya va eshakdan shaharlararo harakatlanishda hozir foydalanilmaydi. 
Shuningdek, Jizzaxga zamonaviy transport vositalari bilan qisqa muddatda yetib 
borgan inson shahar atroflaridagi tog‗larga chiqmoqchi bo‗lsa, o‗sha o‗tmishdagi asosiy 
transport vositalari bo‗lgan ot, eshak yoki aravadan foydalanishga majbur bo‗ladi. Bu 
mahalliy transport turlarining ham o‗z yo‗li - marshrutlari bor. Demak, insonning 
harakatlanishi vaqt davomida tezlanib borib, sharoit bo‗yicha sekinlashadi, marshrutlar 
esa deyarli o‗zgarmasdan yoki texnik, qulaylik jihatidan o‗zgarishi mumkin. Aniqrog‗i, 
marshrutlar - insonning ham texnika yordamida ham piyoda yoki hayvonlar yordamida 
yuradigan yo‗lidir. 
Endi, turistik marshrut deyilganda bu yuldan turist maqomini olgan yakka inson 
yoki insonlar guruhi yuradigan harakatlanadigan, ma‘lum bir makonga boradigan va 
qaytadigan yo‗l tushiniladi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə