O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Turlarning xillari va turistik marshrutlar



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

8.3.Turlarning xillari va turistik marshrutlar. 
 
 
Hozir turizm marshrutlari quyidagi marshrutlarga bo‗linadi: 
1.
Qadimgi marshrutlar. 
2.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlar. 
3.
O‗zgartirilgan marshrutlar 
4.
O‗zgarmaydigan marshrutlar 
5.
Tiklanadigan marshrutlar. 
6.
Tiklanmaydigan marshrutlar 
7.
Yangi, zamonaviy marshrutlar. 
Qadimiy 
marshrutlar
insoniyatning 
to 
buyuk 
geografik 
kashfiyotlarigacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Dastlabki marshrutlar oldindan 
o‗rganiladigan joylarga sayohatlar uyushtirish hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotida 
qadimiy ibtidoiiy odamlarning ovqat izlab ko‗chib yurishlarining izlari ham hozir 
topilgan, isbotlangan. Eng katta va dastlabki sayohat Misr firavni Nexao topshirig‗i 
bo‗yicha Afrikaning dengiz qirg‗oq chiziqlari bo‗ylab amalga oshirilgan 3 yillik sayohat 
hisoblanadi. Bu sayohatni Finikiyaliklar amalga oshirdi. Ular kemalarda qizil dengizdan 
hind okeaniga chiqishdi. 3 yildan so‗ng Gibraltar bo‗g‗ozidan o‗tib O‗rta yer dengizi 
orqali Misrga yetib kelishdi. Bunday sayohatlar tarixda juda ko‗plab qayd qilingan. 
Nexao topshirig‗i bo‗yicha fininiyaliklar sayohtini keltirganimizning bosh sababi 
shundaki, aynan shu sayohatdan keyin 2 ta qit‘a nomlandi: 
1.
«acy», «azy» - kun chiqar – keyinchalik Osiyo nomi 
2.
«ereb» - kun botar – keyinchalik Yeropa nomi 
Qadimiy marshrutlarni harakatlanish jihatidan 2 xil sharoitga bo‗lishimiz mumkin: 
1.
Dengiz – suv yo‗li marshrutlari. 
2.
Quriqlikdagi marshrutlar. 
Dengizlar orqali amalga oshirilgan marshrutlar: Fernando Magellanning yer shari 
bo‗ylab sayohati, Robert Skott va Raul Amundsenning shimoliy va janubiy qutblarga 
sayohatlari, Semyon Dejnyov va Vitus Beringning shimoliy muz okeani bo‗ylab 
sayohatlari, M.Lazarov va N.Lisyanskiyning janubiy qutbga sayohati, Mikluxo Maklay 
sayohati, Xristofor Kolumb va Jeyms Kukning okeanlar bo‗ylab sayohatlari marshrutlari. 


59 
Quruqlikda o‗tgan eng katta marshrut – «Buyuk ipak yo‗li» marshruti hisoblanadi. 
Shuningdek, xitoylik Chjan Syan yurgan yo‗l ham jahondagi eng katta marshrutdir. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə