O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Buyuk geografik kashfiyotlar
davridagi marshrutlarga 1490-1504 yillardagi 
Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi, Vasko da Gama, Jeyms Kuk, David 
Livingiston, Afanasiy Nikitiy, D.Tasman, Mikluxo Maklay, D.Dikson va boshqa 
sayyohlar ochgan marshrutlar kiradi. 
Yangi zamonaviy marshrutlar
Yevropada va Amerikada dastlabki avtomobillar, 
poyezdlar va samolyotlar, bug‗ bilan suzadigan kemalar ixtiro qilingan 17-18 asrlar 
to‗g‗ri keladi. 
O„zgartirilgan marshrutlarni
inson o‗zi uchun qulaylik, sharoit yaratadigan 
geografik relf shakllari o‗zgarganidan keyin o‗zgartiradi. Albatta, yangi yo‗l oldingisiga 
(eskisiga) qaraganda o‗zining xavfsizligi, qulayligi, harakatlar uchun ko‗plab sharoitlar, 
imkoniyatlar mavjudligi bilan ajralib turadi.
O‗zgartirilgan marshrutlar ko‗pincha davlatlar o‗rtasidagi siyosiy, iqtisodiy 
me‘yorlarning buzilishidan kelib chiqadi. Xudi shuningdek, davlat ichidagi marshrutlar 
yangi shaharlar qurilishi, boy tabiiy mineral resurslarning ochilishi bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Sanoat ob‘ektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat qo‗riqxonalarining 
tashkil qilinishi ham ko‗pincha yangi marshrutlarning kelib chiqishiga sabab bo‗ladi. 
O„zgarmaydigan marshrutlar
– barcha yo‗llar Rimga olib boradi shiorida 
bo‗ladi va asosan dunyoning qadimiy – tarixiy obidalari, diniy rahnomalar dafn etilgan 
joylar, tabiatning noyob haykallari joylashgan manzillar bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Masalan, Misrdagi piramidalar, Xitoy, Hindiston, Tailanddagi qadimiy, toshdan 
qurilgan ibodatxonalar, Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Samarqand, Xiva, Vatikan 
kabi shaharlarga, tabiat haykallari, Niagara sharsharasiga, g‗orlar, buloqlar, tog‗larga 
boriladigan marshrutlar o‗zgarmaydi. Shaharlar, davlatlar o‗rtasidagi temir yo‗l, havo 
yo‗li, avtomobil yo‗llari marshrutlari ham deyarli o‗zgarmaydi. «Buyuk Xitoy devori» 
bo‗ylab o‗tgan marshrut ham bu devor to yo‗qolib ketguncha harakatda bo‗ladi, 
o‗zgarmaydi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə