O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Ovqatlantirish xizmatlari. 
Turistlar shahar mehmonxonalariga joylashtirilganda 
ularni ovqatlantirish muammo emas. Chunki, turist joylashgan mehmonxonada ham 
shaharning har bir ko‗chasida ham turistning ehtiyojini qondiradigan restoran, kafe, 
oshxona va choyxonalar bor. 
Shaharlar mehmonxonalarda joylashgan turistlarni ovqatlantirishda xalqaro 
me‘yorlardagi takliflar quyidagicha: 
a) to‗liq pansion – 3 marta ovqatlanish (nonushta, tushlik, kechki ovqat); 
b) yarim pansion – 2 marotaba ovqatlanish (nonushta – tushlik, nonushta – kechki 
ovqat yoki tushlik – kechki ovqat); 
v) faqat nonushta
g) faqat tushlik; 
d) faqat kechki ovqatlanish. 
Ovqatlanishda xizmatlar shakli qo‗yidagicha: 
a) «Shved stoli» - o‗z-o‗ziga xizmat. Bu usulda restoran yoki oshxonala turli-
tuman ovqat xillari tayyorlangan bo‗ladi. Turistlar (mijozlar) o‗zlari hoxlagan ovqat va 
ichimlik xillarini hoxlaganlaricha (ehtiyojalariga yarasha) olib yeb-ichishlari mumkin. 
Ovqatlanib bo‗lgandan keyin turist (mijoz) idish – tovoqlarni yig‗ishtirmaydi. 
b) «Tabldot» - hamma mijozlar uchun faqat bitta menyu tayyorlanadi (mijozlarga 
ovqat tanlash huquqi berilmaydi). 
v) «A lya kart» - restoran menyusida turistlar hoxlagan ovqat turini erkin 
tanlaydilar. 
Ovqatlanishning qaysi shakllari bo‗lmasin shaharda va tuman markazlarida 
turistlarni ovqatlantirish yuqorida qayd qilganimizdek muammo tug‗diradi. Faqat turistik 
marshrutda shaharda (tumanda) ovqatlantirish joyi va sharoitlari yozib qo‗yilsa yetarli 
bo‗ladi. 
Turistlarni ovqatlantirishdagi muammolar shaharlardan (tumanlardan) uzoq 
masofadagi turistik ob‘ektlarga marshrut ishlab chiqishda qiyin vaziyatlarni keltirib 
chiqarmoqda. Shaharlardan uzoq masofalarda joylashgan turistik ob‘ektda tunash 
muammosi yuqorida keltirildi. Bunday sharoitlarda ovqatlantirish ham ana shu 
muammoni takrorlamoqda. 
Qayd qilinganlardan quyidagi xulosalar hosil bo‗ladi: 
1. Turistik marshrut ishlab chiqishda agar marshrut ekoturizm, ovchilik turizmi, 
sarguzasht turizmi yoki g‗orshunoslik va rekreatsiya turizmi mavzulari bo‗yicha ishlab 
chiqilganda turistlarni «palatka usuli»da ovqatlantirishni tashkil qilish mumkin. Bu 
usulda turistlarni qiziqtirish uchun milliy ekzotika variantini – ya‘ni ko‗chma qozon – 
tovoq usulida – «tabiat bag‗rida tabiiylik» sharoitida ovqat tayyorlashda taklif etish va 
ovqatlantirish. 
2. Qayd qilingan turizm mavzularida turistik marshrut ishlab chiqilganda turistik 
makonda – ob‘ektda turistik lager (mavsumiy – palatka usulida) tashkil qilish maqsadiga 
muvofiq. 
3. Har qanday mavzuda turistik marshrut ishlab chiqishda marshrut davomida 
mineral suvlar, termosda issiq choy, sovutilgan choy va ekologik toza sharbatlar 
bo‗lishligini ta‘minlash shart. 
4. 
Turistik 
marshrutda 
ekskursiyaga 
chiqilganda 
ekspeditsiya 
usulida 
ovqatlanishni (konservalar, qotirilgan kolbasalar, tushonkalar va hako..) issiq choy bilan 
tashkil qilish mumkin. 


62 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə