O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Ekskursiya xizmatlarini tashkil qilish. 
Turistik marshrutda ekskursiya 
xizmatlarini tashkil qilish turning jizabador, qiziqarli o‗tishini ta‘minlaydi. Har qanday 
turistik marshrutda ekskursiyalarni tashkil qilish turoperatorning tadbirkorligiga bog‗liq 
bo‗ladi. 
Hozirgi vaqtda shaharlardagi diqqatga sazovar joylarni ko‗rishga va diniy 
ziyoratgoh maskanlarga kelib-ketuvchi turistlarni ekskursiyalarga taklif qilish deyarli 
yo‗q hisoblanadi. Chunki bunday joylarga ham puxta tuzilgan turistik marshrutlar ishlab 
chiqilmagan. Eng afsuslanarli joyi shundaki, hozirgacha turistlarga turist yurmoqchi va 
ko‗rmoqchi bo‗lgan marshrut unga og‗zaki holda taklif qilinmoqda. Shaharlardagi xotira 
bog‗lari, o‗lkashunoslik, xalqlar tarixi va hayvonot olami bilan bog‗liq muzeylar
xalqimizning hunarmandchiligi ustaxonalariga mahalliy turizmda ham, xalqaro turizmda 
ham qiziqarli ekskursiyalar uyushtirishning katta imkoniyatlari deyarli barcha 
shaharlarimizda mavjud. 
Shahar ichidagi turistik marshrutda albatta ekskursiya marshrutlari qo‗yilishi 
lozim. Buning uchun shaharlardagi ekskursiya ob‘ektlari to‗liq ro‗yxatga olinib undagi 
xizmatlarning turlari va baholari aniqlanishi lozim. Endi shaharlardan chiqish va uzoq 
masofalarga (ekoturizm, arxeologik yoki ovchilik turizmi kabilar) boriladigan turistik 
marshrutlarda albatta yo‗l-yo‗lakay ko‗rib o‗tiladigan ekskursiya marshrutlari bo‗lishi 
marshrutni qiziquvchanligi, turli-tumanligini kuchaytiradi. 
Chunki, uzoq masofaga avtotransportda to‗xtovsiz yurish turistlarni toliqtiradi 
(ayniqsa tabiiy relefi qariyib bir xil bo‗lgan cho‗l hududlaridan yurilganda). Uzoq 
masofalardagi turistik marshrut ishlab chiqilganda dastlab yo‗l va yo‗l arofida bo‗lgan 
diqqatga sazovar joylar, balki, tarixiy obidalar, buloqlar yoki qadimiy daraxtlar, sayllar 
va boshqa to‗xtash mumkin bo‗lgan ob‘ektlar haqida ma‘lumotlar to‗planadi. 
Turistik marshrut tuzuvchi bu ob‘ektlarning eng jozibador, qiziqtiruvchilariga 
ekskursiyalar uyushtirishini turistik marshrutga kiritishi turistning yo‗lda zerikishning 
oldini oladi. Shu o‗rinda yana bir muhim fikrni yodda saqlash lozimki marshrut haqidagi 
buklovda yoki axborotnomada marshrut yo‗li atrofidagi barcha diqqatga sazovar 
ob‘ektlarning rangli rasmlari qisqacha izohda berilishi turistlarning ekskursiyalarni 
tanlashiga sharoit yaratadi. 
Ekskursiyalarni tanlashda ob‘ekt asosiy yo‗ldan juda ham uzoq bo‗lmasligiga 
e‘tibor berish lozim. Ekskursiyalarda dam olish yoki ovqatlanishni ekspeditsiya usulida 
o‗tkazish mumkin. Bu haqda ushbu ma‘ruzada tavsiyalar berildi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə