O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


X.Mavzu.Turoperatorning xalqaro turlarni tashkil etish xususiyatlari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

X.Mavzu.Turoperatorning xalqaro turlarni tashkil etish xususiyatlari 
 
Reja: 
10.1. Xalqaro turlarni tashkil etish. 
10.2. Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari. 
10.3. Turistik safarlarni tashkil etishda turistik firmalarning o‗rni va roli. 
 
10.1.Xalqaro turlarni tashkil etish. 
 
Xalqaro turistik sayohatlarni tashkil etishda bir mamlakat turistik firmasi boshqa 
mamlakat turistik firmasi bilan hamkorlik qiladi. Bu turistik firmalar o‗rtasidagi aloqa 
quyidagicha ko‗rinish oladi: 
Xorijiy turistlar
Yo‗nalish 
bo‗yicha xorijiy 
turoperator 
Qabul qilish 
bo‗yicha 
turoperator 
Tur xizmatlar 
yetkazib 
beruvchilar 
 
3-chizma.Xorijiy turistlarni qabul qilishda milliy va xorijiy turfirmalarning o„zaro 
harakati sxemasi. 
Sxemada ko‗rsatilgan turoperatorlik funksiyasi quyidagicha taqsimlanadi: 
1) Xorijiy turoperator o‗z mamlakati chiqish turizmi bozorida turmahsulot sotish 
va harakatini ta‘minlaydi va turistlarni xalqaro tashishni tashkil qiladi; 
2) Turoperator turmahsulotni shakllantiradi va xizmatlar paketiga narx qo‗yadi, 
shuningdek kelgan xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‗rsatishni tashkil etilishini 
ta‘minlaydi. 
Turistlar 
Yo‗nalish 
bo‗yicha 
turoperator 
Qabul qilish 
bo‗yicha xorijiy 
turoperator 
Tur xizmat 
yetkazib 
beruvchi 
xorijlik 
 
4-chizma.Milliy turistlarni xorijga yuborishda milliy va xorijiy turfirmalarni o„zaro 
harakati sxemasi. 
Keltirilgan sxemaga muvofiq: 
1) chiqish turizmi bozorida turoperator xorijiy tur mahsulotni sotish va harakatini 
ta‘minlaydi va turistlarni xalqaro tashkil qiladi; 
2) xorijiy turoperator turistik mahsulotni shakllantiradi, xizmatlar paketiga narx 
belgilaydi va qabul qilishni tashkil etilishini va turistlarga o‗z mamlakatida xizmat 
ko‗rsatilishni ta‘minlaydi. 
Bu bo‗g‗indan xorijiy operatorni chiqarish mumkinmi? Bu savolga nazariy 
jihatdangina ijobiy javob berish mumkin. Negaki xorijiy turoperator funksiyasini bajarish 
uchun milliy turfirmaga chet elda xususiy firmasini ochishga to‗g‗ri keladi, bu uning 
uchun yo‗l qo‗yib bo‗lmaydigan harajatlarni qilishga olib keladi yoki har bir 
mehmonxona kompaniyasi, ekskursiya byurosi va boshqalar bilan ularning xizmatlarini 
yagona turmahsulotga barcha yo‗nalishlar bo‗yicha birlashtirib, alohida bevosita aloqani 


73 
yo‗lga quyishi zarur bo‗ladi. Bu shubhasiz, texnik ishlar hajmini keskin ko‗paytiradi va 
biror bir iqtisodiy samara ko‗rishga imkon bermaydi. 
Turli mamlakatlar turistik firmalari o‗rtasida hamkorlik uyushtiriladigan xalqaro 
turizm taraqqiyoti asosidir. Bunday hamkorlik barcha mamlakatlarda keng qo‗llaniladi va 
xalqaro iqtisodiy hamkorlik taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‗shadi. 
4- jadval 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə