O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Komission taqdirlashlar.
Ular turagent va turoperator hamkorligi shartlarining 
negizi hisoblanadi. Komission taqdirlash ikki funksiyani bajaradi: birinchidan
turagentning yagona daromad manbai bo‗lib xizmat qiladi; ikkinchidan, uni faol 
ishlashga rag‗batlantiradi. Agar turagent o‗zini komission taqdirlanishi oshishidan 
manfaatda bo‗lsa, turoperator uchun har qanday komission oshirilish uning shaxsiy 
daromadining kamayishini bildiradi. Turoperator va turagent o‗rtasidagi munosabatlarda 
hamisha differensiyalashgan, tamoil jihatidan progressiv komissiya qo‗llaniladi: turagent 
qancha ko‗p tur sotsa, unga to‗lanadigan komission taqdirlash shuncha yuqori bo‗ladi. 
Komission taqdirlashning quyidagi turlari mavjud: 

turoperator va turagent hamkorligining dastlabki bosqichida o‗sib boruvchi 
hajm uchun minimal darajada bazaviy komissiya; 

nomavsumiy turlarni sotishni rag‗batlantirish uchun qo‗shimcha nomavsumiy 
komissiya qo‗llaniladi; 

qo‗shimcha komissiya guruh turlarni (15-20 kishi) sotish uchun ham to‗lanadi; 


77 

qo‗shimcha komissiya turlarni sotishning yillik hajmiga muvofiq mo‗ljaldan 
ziyodi uchun ham ko‗zda tutiladi (retrafaol komissiya); 

qo‗shimcha komissiya turagentning barqaror ishi uchun to‗lanadi. 
Komission taqdirlashdan tashqari, turagent ishini rag‗batlantirish uchun boshqa 
raqobatlantirish choralaridan ham foydalaniladi, masalan, bonuslar to‗lash, ya‘ni turlarni 
belgilangan hajm (norma)dan ortiq sotib, oshirib bajargani uchun qayd etib qo‗yilgan 
summa to‗lash, bepul safar yo‗llanmasi, qimmatbaho suvenirlar bilan taqdirlash. 
Hisob – kitoblar.
Turoperatorlar va turagentlar hisob-kitoblari joylashgan 
manzilga qarab, naqd pul to‗lash va bevosita bank o‗tkazmalari yo‗li bilan amalga 
oshirildi. Bunda shuningdek turagent tomonidan komission taqdirlashni ushlab qolish 
tartibi ham aniqlanadi, avans muddatlari va yakuniy hisob – kitoblar, sotuvlar haqida 
oylik hisobot tartibi belgilanadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə