O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Tashish vazifasiga qarab, 
umumiy foydalaniladigan avtobuslar, turistik-ekskursiya 
avtobuslari va maxsus avtobuslar (maktab avtobuslari; vaxta avtobuslari; xodimlarni 
shahar yo‗lovchi transporti umumiy yo‗nalishlaridan uzoqda joylashgan ishlab chiqarish 
ob‘ektlariga eltish uchun mo‗ljallangan avtobuslar va sh.k.) farqlanadi. Mazkur 
avtobuslarning sig‗imi, shinamlik darajasi, salonlarining ichki tuzilishi, tashqi ko‗rinishi 
har xil bo‗ladi.
O„rinlar soniga ko„ra, 
juda kichkina sig‗imli avtobuslar (8-15 o‗rinli 
mikroavtobuslar – UAZ, RAF, «Gazel» va sh.k.); kichik sig‗imli (21 — 26 o‗rinli) 
avtobuslar; o‗rtacha sig‗imli (33 — 34 o‗rinli) avtobuslar; katta sig‗imli (41 — 45 kishiga 
mo‗ljallangan) avtobuslar hamda o‗ta katta sig‗imli (54 — 56 tadan 80 tagacha o‗rinli) 
avtobuslar farqlanadi.
Kichik sig‗imli avtobuslarga ―Otoyo‗l‖ firmasining avtobuslari, Rossiyada ishlab 
chiqariladigan KAVZ va PAZ rusumli avtobuslar kiradi.
Qavatlariga soniga qarab, 
bir, bir yarim va ikki qavatli avtobuslar farqlanadi. 
Aksariyat turistik firmalar bir yarim qavatli avtobuslar bilan ishlashni ma‘qul ko‗radi, 
chunki yo‗lovchilar saloni poldan haydovchining kabinasiga nisbatan yuqorida 
joylashganligi tufayli oynadan atrof yaxshi ko‗rinadi. Ikki qavatli avtobuslarning pastki 
qavatlaridan qisqa ekskursiyalarda transport vositasining sig‗imini oshirish maqsadida 
yo‗lovchilar saloni sifatida yoki kichkina stol-stullar bilan jihozlangan bufet tarzida 
foydalanilishi mumkin.
Turistlarni tashiydigan avtobuslarning 
qulay
va 
shinamligiga
butun dunyoda katta 
talablar qo‗yiladi. Xalqaro yo‗nalishda qatnaydigan avtobuslarda konditsioner, audio- va 
videosistemalar, oshxona, garderob, 
biotualet
bo‗lishi lozim. Aksariyat avtobuslarning 
salonlari individual yoritish lampochkalari, oyoq qo‗yish uchun maxsus joylar, kreslolar 
suyanchig‗ida yig‗iladigan stolchalar bilan jihozlanadi. Kreslolar qulay va yumshoq, 
orqaga tashlanadigan, qiyaligi rostlanadigan bo‗lishi lozim.
Avtomobil transport xalqaro uyushmasi huzuridagi Klassifikatsion komissiya 
tomonidan turli toifadagi turistik avtobuslarga qo‗yiladigan muayyan talablar ishlab 


55 
chiqilgan. Avtobus toifasi uning klassi bilan belgilanadi va 1 tadan 5 tagacha yulduz 
bilan ifodalanadi. «1 yulduzli» avtobuslar toifasiga shahar bilan tanishtirish 
ekskursiyalari hamda mahalliy ekskursiyalar o‗tkazish uchun mo‗ljallangan xalqaro 
klassga mansub avtobuslar kiradi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə