O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Tashish hujjatlariga 
quyidagilar kiradi: 

yo‘lovchi chiptasi
(Passenger Ticket) — yo‗lovchi tashishda beriladi. U yo‗lovchi va 
bagajni havoda tashish to‗g‗risida shartnoma tuzilganligini tasdiqlovchi, bagaj 
kvitansiyasi ilova qilingan hujjat hisoblanadi; 

bagaj kvitansiyasi
(Baggage Check) — chiptaning o‗rinlar soni va topshirilgan bagaj 
og‗irligi ko‗rsatilgan qismi bo‗lib, tashuvchi tomonidan yo‗lovchi topshirgan bagaj 
uchun tilxat tarzida beriladi

pullik bagaj kvitansiyasi
(Excess Baggage Ticket) — bepul tashish me‘yoridan ortiq 
bagaj yoki haq to‗lash majburiy bo‗lgan ashyolar uchun haq to‗langanligini, 
shuningdek bagajning e‘lon qilingan qimmati uchun yig‗imlar to‗langanligini 
tasdiqlovchi hujjat; 

aviayuk hujjati
(Air Waybill) — tashuvchining marshrutlari bo‗yicha yuk tashishga 
yuk jo‗natuvchi bilan tashuvchi o‗rtasida tuzilgan shartnomani tasdiqlovchi hujjat. 


54 
Tashuv muntazam yoki charter ekanligidan qat‘i nazar, tashish shartnomasining 
shartlarini bajarish majburiydir. Yo‗lovchi tashish to‗g‗risidagi shartnomani tuzishda 
muayyan qoidalarga rioya qilinishi lozim.
7.3.Avtobuslarda turistlarni tashish. 
Avtobus – o‗tirish uchun 8 kishidan ortiq o‗rindiqli (haydovchining o‗rindig‗idan 
tashqari) yo‗lovchilar tashish uchun mo‗ljallangan dvigateli avtotransport vositasi. 
Avtobuslar belgilangan marshrutlar bo‗yicha nazarda tutilgan bekatlarda yo‗lovchilarni 
olgan va tushirgan holda yoki buyurtmachi – yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan 
belgilangan marshrutlar bo‗yicha yo‗lovchilarni tashish uchun mo‗ljallangan.
Hududiy belgiga qarab, 
shaharda yo‗lovchi tashish, shahardan tashqariga 
yo‗lovchi tashish, shaharlararo yo‗lovchi tashish va xalqaro yo‗nalishlarda yo‗lovchi 
tashish farqlanadi. Shaharda yo‗lovchi tashishga shahar (bir aholi yashaydigan joy) 
doirasida amalga oshiriladigan yo‗lovchi tashish; shahardan tashqariga yo‗lovchi 
tashishga shahar doirasidan tashqariga shu jumladan 50 kmgacha masofaga amalga 
oshiriladigan yo‗lovchi tashish; shaharlararo yo‗lovchi tashishga – shahar doirasidan 
tashqariga 50 km dan uzoq masofaga amalga oshiriladigan yo‗lovchi tashish; xalqaro 
yo‗lovchi tashishga – O‗zbekiston Respublikasidan tashqariga amalga oshiriladigan 
yo‗lovchi tashish kiradi. Shu munosabat bilan shahar avtobuslari, shahardan tashqariga 
qatnaydigan avtobuslar, shaharlararo avtobuslar va xalqaro avtobuslar farqlanadi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə