O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Tayanch so‘z va iboralar
:
Turni loyihalash, menejmayent, animatsiya, animator, 
mahsulot sifati, xizmatlar sifati, turoperator ishi sifati. 
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 
1.
Turoperatorlik faoliyatida xizmat ko‗rsatish menejmenti nimaga yo‗naltirilgan? 
2.
Xizmat ko‗rsatish sohasida tadbirkorlikning uch asosiy komponentini ayting. 
3.
Xizmat ko‗rsatish strategiyasi deganda nimani tushunasiz? 
4.
Turizm animatsiyasi nima degani? 
5.
Turizmdagi animatsion yo‗nalishlarning qaysilari sizga tanish? 
6.
Animatsion dasturlarning o‗zi, boshqa ob‘ektlarsiz, turistlarni jalb qila oladimi? 
7.
Turistlarga xizmat ko‗rsatish sifatini boshqarish deganda nimani tushunasiz? 
8.
Mahsulot va xizmatlar sifati deganda nimani tushunasiz? 
9.
Turistik xizmat ko‗rsatish sifati tushunchasini aniqlang. 
10.
Turoperator ishi sifati ko‗rsatkichlari nimalardan iborat? 


42 
VI.Mavzu.Turizmda joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari 
Reja: 
6.1. Turistlarni joylashtirish vositalari. 
6.2. Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari. 
6.3. Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish.
6.1.Turistlarni joylashtirish vositalari. 
 
Jahon amaliyotida "turistlarni joylashtirish vositalari"ning umumiy qabul qilingan 
ta‘rifi mavjud emas, biroq BTT ekspertlari «doimiy (yoki ba‘zan) turistlarni tunab 
qolishlari uchun joy beradigan istalgan ob‘ekt»larni shundaylar deb hisoblasa bo‗lishini 
ta‘kidlaydi. 
Shuningdek, joylashtirish vositalari ikki asosiy guruhga bo‗linadi: 
- kollektiv (KJV); 
- individual (IJV). 
BTT 
ekspertlari 
fikricha, 
turistlarni 
kollektiv 
joylashtirish 
vositalari
«sayohatchiga xona yoki boshqa binoda kechasi tunab qolishga joy berishi mumkin 
bo‗lgan ob‘ekt» sifatida taklif berish mumkin. Biroq undagi joylar soni alohida oila 
birligi a‘zolari sonidan kam bo‗lmasligi, barcha joylar (ushbu binodagi) tijorat tipidagi 
yagona rahbariyatga bo‗ysunishi lozim. 
KJV mehmonxonalar va analogik binolarni, maxsuslashtirilgan va boshqa 
kollektiv binolarni o‗z ichiga oladi. 
Joylashtirish vositalari ma‘nosi turli davlatlarda turlicha talqin qilinishi mumkin: 
bir mamlakatda mavjud joylashtirish vositasi, ikkinchi bir davlatda umuman bo‗lmasligi 
mumkin. O‗zbekistonda 2000 yil yanvardan boshlab mehmonxonalar yulduzli 
klassifikatsiyasi qabul qilingan. 
Turistlarni joylashtirish vositalari xalqaro tavsiyalarga asoslanib to‗rtta guruhga 
ajratiladi: 
I.Mehmonxonalar va analogik korxonalar: 
- mehmonxonalar; 
- pansionatlar; 
- plyaj mehmonxonalari; 
- nomerlari bor klublar; 
- mehmonlar uchun uylar; 
- boshqalar. 
II. Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalari: 
- turistik bazalar; 
- arzon (budjetli) mehmonxonalar; 
- turistik kempinglar; 
- turistik qishloq (uylar guruhi); 
- bungalo; 
- ijtimoiy turizm korxonalari; 
- boshqa joylashtirish vositalari. 
III. Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari: 
- davolash mehmonxonalari; 
- mehnat va dam olish lagerlari
- joylashtirishning transport vositalari; 
- mehmonxona; 
- boshpana, chaylalar; 
- alpmehmonxona. 


43 
IV. Xususiy joylashtirish vositalari: 
- xususiy uylar (mehmonxona); 
- xususiy agentlardan ijaraga olingan joy; 
- aholi orasidagi qarindoshlarnikiga joylashtirish
- boshqalar. 
Keltirilgan uslubiy joylashtirish vositalari klassifikatsiyasi BTT tomonidan tavsiya 
etilgan. Turistik mehmonxona - bu mehmonxonalarning alohida turi bo‗lib, turistlarga 
sayohat bilan bog‗liq xizmatlarni taklif etadi. Tabiiyki, turist oddiy mehmonxonadan 
foydalansa bo‗ladi, ammo unda turistik mehmonxonalardagi kabi sharoitlar bo‗lmaydi. 
Barcha turistik mehmonxonalarda to‗rtta asosiy xizmatlar guruhi mavjud: 
1. Joylashtirish; 
2. Ovqatlantirish; 
3. Hordiq chiqarish
4. Maishiy xizmat ko‗rsatish. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə