O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

5.3.Turizmda animatsiya. 
 
Turistlarga xizmat ko‗rsatish menejmentining dolzarb yo‗nalishlaridan biri 
animatsiya, ya‘ni, xizmat ko‗rsatish dasturlari, turistlar dam olishi va hordiq chiqarishini 
jonlantirishdir. Bu hodisa turizmda interer hashamatliligi va servisi bo‗yicha teng bo‗lgan 
kurortlar raqobati natijasida yuzaga kelgan. «Xizmat ko‗rsatishni animatsiyalashtirish» 
formulasi topilgan. 
Animatsiya - bu bo‗sh vaqtni o‗tkazishning maxsus dasturlarini ishlab chiqish va 
amalga oshirish bo‗yicha faoliyatdir. 
Bunga turistlar va ekskursantlarni «tirilgan» tarixiy personajlar kutib oladigan 
animatsion shou-muzeylar yoki kechasi mehmonxonada turistlar ishtirokida shoular 
tashkil qilishlar kiradi. 
Animatsion dasturlar sport o‗yinlari va musobaqalarini, raqs kechalarini, karnaval, 
uyin, ma‘naviy qiziqishlar sohasiga kiruvchi mashg‗ulotlarni o‗z ichiga oladi. 
Turli xil liboslarga asoslangan turistik mahsulotlar - bu animatsion turizmning 
avangard yo‗nalishlaridan yana bittasidir. Bunga misol -turistlarning Amerika ranchosida 
dam olishi bilan birga tashkil etilgan tur bo‗lib, unda turistlarga kiyim, kovboy narsalari 
beriladi, otda yurish va kovboylik mahoratlari o‗rgatiladi. 
Venada turistlar borishi mumkin bo‗lgan an‘anaviy professional ballar: Avstriya 
qurolli kuchlari ofitserlari bali, farmatsevtlar, ovchilar, qandolatchilar, kir yuvuvchilar 
ballari o‗tkaziladi. Bu ballarga boruvchilar XIX asrga moslab tikilgan kiyimlarni ijaraga 
olishlari mumkin. Bunday turlar turistlarda katta qiziqish uyg‗otadi. Ballar istalgan saroy 
yoki qal‘alarda tashkil etilishi mumkin. 
Sport yoki etnofolklor, sarguzasht yoki xobbi turlar animatsiyasi ssenariysi va 
harakteriga ko‗ra o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq bu yerda bevosita turistlarni 
qatnashtirish asosida dasturni jonlantirish umumiydir. 
Boshqa yo‗nalish - bu mehmonxona va dam olish markazlarida turistlar dam 
olishini bevosita animatsiyalashtirish. 
Animatorlar (ko‗p hollarda yoshlar) turistlar bilan doimiy ravishda ishlashadi. 
Ularnig asosiy vazifasi - mijozlarni zeriktirib qo‗ymaslikdir. Ko‗pincha, bunday ishchilar 
all-inklusive tipidagi klublarda uchraydilar. Turistlar kunduzi ularni butik rastasida yoki 
kortda, sport musobaqalari yoki baliq ovida ko‗rishlari mumkin, kechasi esa aynan shu 
xodimlar turistlar qatnashishi ko‗zda tutilgan qiziqarli shou tashkil qiladilar. Animatorlar, 
odatda, forma sifatida turistlar uzoqdan ko‗rishlari va tanib olishlari uchun ochiq rangli 
fotbolkalarni tanlashadi. Futbolkada uning ismi va u biladigan tillar davlatlari bayroqlari 
bor kartochka bo‗ladi. Ular xushmuomala bo‗lishadi va turistlar bilan eski tanishlardek 
ko‗rishadilar: "Qalay, kechagi ekskursiya yoqdimi? Keling, biz bilan voleybol 
o‗ynaysiz". Mijozlar yuzini eslab qolish - ularning professional majburiyatidir. 
Animatorlar ishi qiziq va quvnoq bo‗lishi bilan birga og‗ir hamdir. Ertalab ular 
aerobik mashg‗ulotlarini o‗tkazadilar, plajda turistlarni ko‗ngil ochishlarini tashkil 


39 
qiladilar. Kunduzi turistlar bilan ekskursiyaga va do‗konlarga boradilar. Kechqurun shou 
va bardagilar zerikib qolmasligini ham ta‘minlashlari kerak. Kimnidir raqsga taklif qilish, 
kim bilandir shunchaki suhbatlashish lozim. Shuning uchun ham, odatda, yoshlar 
animator bo‗lib ishga kiradilar. 
Til to‗sig‗i mavjudligi bemalol suhbatlashishga yordam bermaydi va 
animatorlarga qo‗yiladigan birinchi talablardan biri kamida ikki xorijiy tilni bilishdir. 
Agar undan ko‗p bo‗lsa yanayam yaxshi. Shunda animator turli davlatlardan kelgan 
turistlar bilan ishlay oladi va juda kerakli mutaxassisga aylanadi. 
Animatorlar ishining yaxshi misoli sifatida "Klub Med" kurortlari tizimi klublarini 
keltirsa bo‗ladi. "Klub Med"ga animator bo‗lib ishga kirgan odamlar haqiqatda ham 
bilimi va universalligi bilan ajralib turadi. Ular nafaqat yosh, chaqqon bo‗lishi, balki 
kamida ikkita tilni bilishi, hamma bilan til topishib keta olishi lozim. Bu yerda alohida 
lavozim - GO -. fransuz tilidan olingan Gentils Organisateurs so‗zining qisqartmasi - 
"yoqimli tashkilotchilar" bo‗lishi mumkin. GOning asosiy vazifasi - "Klub Med"ning 
barcha shaharchalari ajralib turadigan erkinlik va tabiiylik muhitini yaratishdan iborat. 
Agar barda biror kishi zerikayotgan bo‗lsa, albatta, GOning yoniga o‗tkazishadi va 
suhbatga tortishadi. Ular doimo biror hazil yoki qiziqarii narsani bilishlari mumkin. 
Mijozlarni ham bu yerda hurmat bilan - GM - Gentils Members so‗zining qisqartmasi - 
"klubning yoqimli a‘zolari" deb atashadi. Animatorlar sababli "Klub Med"ning istalgan 
shaharchasida dam olish haqiqiy bayramga aylanadi. 
Turlarni animatsiyalashtirish va tashkil etish uchun bayramlar nishonlanadigan 
sanalar kalendaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir Turistning u yoki bu sanaga 
qiziqishi, bu qiziqishlarning "jonlantirilgan", turistning o‗zi qatnashadigan ko‗rinishda 
tashkil etilishi xizmat ko‗rsatish dasturini yanada jonlantiradi. Har safar yangi 
bayramlarni tashkil qilish qimmatga tushishi bois, doimiy harakatdagi animatsion 
dasturlarni sotish maqsadga muvofiqdir 
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, turizmda animatsiya
formulasini quyidagi kompleks ko‗rinishida qabul qilish mumkin: qiziqishlardan 
foydalanish, ekspozitsiyalarni jonlantirish, harakatlarga turistlarni jalb qilish, 
tomoshalarning turli-tumanligi. 
Shundan kelib chiqib, turizm animatsiyasi uslubiy asoslarini quyidagicha 
shakllantirish mumkin: 

operatorning hordiq chiqarish va tomoshalar markazlari, festival va karnavallar 
tashkilotchilari bilan o‗zaro yaqin munosabatda bo‗lish, shuningdek, xizmat 
ko‗rsatish dasturiga tadbirlar ma‘lumotlarini faol qo‗shib borish; 

sodir bo‗layotgan tadbirning psixologik qabul qilinishi va tematikasini hisobga 
oladigan dam olish (tadbir) ssenariysini tuzish; 

yo‗nalishda turistlarning har xil bo‗lish ehtimoli bor xizmatlar 
bog‗liqligini ko‗zda tutgan holda ishlab chiqilgan ssenariy asosida to‗liq 
xizmat ko‗rsatish kompleksini amalga oshirish; 

ob-havo va boshqa sabablarga ko‗ra dasturga o‗zgartirish kiritilganda 
animatorlaning turistlar bilan ishlashi. Umuman animatsion turizm faoliyati 
deganda xordiq chiqarish-tomosha va servis komplekslarining har bir turist 
dam olishiga va xizmat ko‗rsatishga shaxsiy yondashuvning o‗zaro yaqin 
hamkoriigini tushunishimiz mumkin. 
Asosiy vazifa turistga qiziqarli bo‗lishi, o‗zini dastur qatnashchisi sifatida his 
qilishi, yaxshi dam olish uchun qulaylik mavjudligidir. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə