O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


A. Sayohat qilish maqsadi bo„yicha



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/123
tarix10.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#104880
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

A. Sayohat qilish maqsadi bo„yicha: 

turistik-sog‗lomlashtirish yo‗nalishlari (faol harakat bilan, cho‗milish, tog‗ 
chang‗isi); 

ekskursiya-bilish; 

sport (turli sport turlari bilan shug‗ullanish); 

o‗rgatuvchi (tilni, alohida sport turlarini, hunarlarni o‗rganish); 

tomosha-ko‗ngil ochish (teatr, kino, karnaval, yarmarkalar, festivallarga 
borish); 

qiziqishlar bo‗yicha turlar (ov, baliq ovi, meva va qo‗ziqorin terish, badiiy va 
musiqiy ijod); 

etnik va maishiy turlar, ya‘ni, milliy madaniyat va noan‘anaviy turmush tarzini 
o‗rganish; 

to‗y sayohatlari; 

ish va kongress turlar; 

ishlab chiqarish va tanishtirish dasturlari va h.k. 
 B. Harakatlanish usuli bo„yicha: 

statsionar turlar; 

yo‗nalishli turlar; 

xich-xayking (avtostop bilan sayohat qilish); 

veloturlar va boshqalar. 
V. Sayohat qatnashchilari tarkibi bo„yicha: 

guruhli turlar; 

individual turlar; 

oilaviy turizm: bolalar va o‗smirlar turizmi, yoshlar turizmi; 

"Uchinchi", "to‗rtinchi" yoshdagi odamlar turizmi

VIP-turlar va boshqalar. 
Qayd etib o‗tish lozimki, dasturlarning bu ro‗yxatini tugadi deb hisoblash kerak 
emas. Turizmning aynan dasturiy yo‗nalishi ahamiyatli darajada tarkibi bo‗yicha 
o‗zgaruvchan va moda, qiziqishlar, eskirish va qiziqishning yo‗qolishi kabi oldindan 
aytib bo‗lmaydigan yo‗nalishlarga bog‗liq. Shuning uchun vaqt o‗tishi bilan yangi 
dasturlar turlari paydo bo‗ladi, avvalgilari esa yo‗qoladi. Menejerlar vazifasi - talab va 
ehtiyojlarni kuzatib borish va bo‗layotgan o‗zgarishlarga o‗z vaqtida ta‘sir javobini 
qaytarishdan iborat. 
Dasturiy xizmat ko‗rsatish muammolari, turizmda yangi yo‗nalish va turlarning 
yuzaga kelishi xalqaro darajada muhokama qilinadi va BTT xizmat ko‗rsatish shakllari 
va dasturlari takomillashishi muammosini dolzarb deb tan oladi. 1998 yil Lissabonda 
XXI asr turizmining asosiy tendensiyalari tahliliga bag‗ishlangan xalqaro konferensiya 
o‗tkazilgan. Konferensiyada dunyoning 80 mamlakati vakillari, shu jumladan, 55 turizm 


38 
vazirliklari qatnashdilar. Bu mazkur masalaga butun dunyo turizm mutaxassislarining 
jiddiy e‘tiborini bildiradi. 
Konferensiyaning maqsadlaridan biri turizm bozorining yaqin o‗n yillikda tez 
sur‘atlarda rivojlanishi mumkin bo‗lgan segmentlarnini aniqlashdan iborat edi. Shunday 
segmentlarga ekoturizm, kruizlar, suvda aktiv dam olish, qutbga yaqin joylarga, 
cho‗llarga, tropik o‗rmonlarga sayohat qilishni misol qilib keltirsa bo‗ladi. «Turizm - 
2020 yilga nazar» izlanishi natijalari e‘lon qilindi, turmahsulot nisbatan tez sur‘atda 
rivojlanadigan bozorning besh segmenti aniqlandi: sarguzasht, ekologik, madaniy turizm, 
kruizlar va tematik parklarga sayohat qilish. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə