O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Ovqatlantirish korxonasi bilan shartnoma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/123
tarix14.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#117271
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Ovqatlantirish korxonasi bilan shartnoma. 
Bunday shartnomalar alohida 
ovqatlantirish korxonalari bilan to‗ziladi, agar ovqatlantirish turistlarni joylashtirish 
vositalaridan tashqarida amalga oshirilsa va mehmonxona korxonalari bilan 
shartnomalarga kiritimagan bo‗lsa. Bu yo‗nalishli, tematik turlarda bo‗lishi mumkin. 
Bunday shartnomalarda quyidagilar aks ettirilishi lozim: 

bir vaqtning o‗zida xizmat ko‗rsatiladigan turistlar soni; 

buyurtmalarning o‗lchami va muntazamligi; 

ovqatlantirish ko‗rinishi (shved stoli, xizmat ko‗rsatish va); 

taomnomalarning taxminiy variantlari; 

turli ovqatlantirish ratsionlariga taxminiy narxlar; 

ko‗p sonli mijozlar yoki mijozlar bilan doimiy ta‘minlanganlik uchun 
chegirmalar; 

ovqatlantirish uchun buyurtmalar berish muddatlari; 

jarima sanksiyalarisiz buyurtmalarni bekor qilishning oxirgi muddatlari; 

u yoki bu tomon aybi bilan ovqatlantirishdagi uzilishlar uchun muddatlari 
belgilangan moddiy javobgarlik. 


133 
16.3.Avtotransport korxonalari
va aviakompaniya
bilan shartnomalar.
 
Turistlarni avtotransport yordamida tashishni tashkil qilishning o‗zaro Xalqaro 
munosabatlari 1982 yil 26 mayda Dublinda qabul qilingan avtobuslarda yo‗lovchilarni 
nomuntazam Xalqaro tashuvlari to‗g‗risidagi Yevropa bitimi bilan tartibga solinadi. 
Ushbu Bitimga muvofiq nomuntazam Xalqaro yo‗lovchilar tashishni tashkil qilishda 
Sharqiy va G‗arbiy Yevropa mamlakatlarida avtobus bortida bo‗lishi lozim bo‗lgan 
maxsus nazorat hujjatidan (yo‗l varaqalari) foydalaniladi. 
Avtotransport korxonalari bilan o‗zaro shartnoma munosabatlari O‗zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksi ("Tashuvlar" bobi); tegishli idoralar buyruqlari bilan 
tasdiqlangan avtobuslarda yo‗lovchilarni tashish xavfsizligini ta‘minlash haqidagi Nizom 
va avtomobil transporti nizomi bilan tartibga solinadigan transport vositalarini ekipaji 
(haydovchisi) bilan ijaraga olish shartnomasi asosida o‗rnatiladi. 
Transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasi bo‗yicha ijaraga 
beruvchi ijaraga oluvchiga (turfirmaga) transport vositasini vaqtinchalik foydalanishga
haq to‗lash asosida beradi va avtoransport vositasini boshqarish va undan texnik 
foydalanish bo‗yicha xizmat ko‗rsatadi. 
Avtobus haydovchilari tomonlarning shartnomada keltirilgan tartib va qoidalariga 
hamda odatdagi amaliyot talablariga javob berishlari lozim. Chunki ular ijaraga beruvchi 
tomon xodimlari hisoblanadilar va avtoransport kompaniyasining avtotransport vositasini 
boshqarish hamda undan texnik foydalanish bilan bog‗liq ko‗rsatmalariga, shuningdek, 
turfirmaning avtobusdan tijorat maqsadida foydalanishiga tegishli ko‗rsatmalariga 
bo‗ysunadilar. Agar transport vositalarini ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasida 
boshqacha nazarda tutilmagan bo‗lsa, sug‗urta qilish qonun yoki shartnoma kuchga 
kirishi uchun zarur deb topilgan hollarda transport vositasini sug‗urta qilish majburiyati 
va ularga yoki uchinchi shaxslarga avtobusdan foydalanish bilan bog‗liq yetkazilgan 
zarar mas‘uliyati ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatiladi. 
Agar avtobusning ekipaji bilan ijaraga olish shartnomasida boshqacha nazarda 
tutilmagan bo‗lsa, turfirma avtobusdan foydalanish bilan bog‗liq, foydalanish jarayonida 
zarur bo‗ladigan yoqilg‗i va boshqa materiallar uchun harajatlarni, yig‗imlar (to‗xtash 
joyi, yo‗l uchun) bo‗yicha harajatlarni o‗z zimmasiga oladi. Bundan tashqari 
avtotransport korxonasi bilan shartnomada quyidagilarni kelishib olish zarur: turistlarga 
xizmat ko‗rsatish uchun ajratiladigan avtotransport vositalarining markasini; narxlar va 
tariflarni; 
avtotransport 
grafigi 
va 
ishlash 
muddatlarini; 
avtotransportdan 
foydalaniladigan yo‗nalishlari; avtotransport ajratish uchun talabnoma berish 
muddatlarini; jarima sanksiyalarisiz talabnomalarni bekor qilish muddatlari; turistlarga 
xizmat ko‗rsatish uchun avtotransport berilishidagi uzilishlar uchun ATK javobgarligi
avtotransportdan foydalanishdagi uzilishlar uchun turistik firma javobgarligi; turistlar 
kech qolganda avtotransportning maksimal kutish muddatlari; avtotransport kech 
qolganda (berilmaganda) turistlarning maksimal kutish muddatlari; xizmat ko‗rsatishda 
avtotransport vositasidan foydalanishda ekskursovodlar, gidlar, turistlarning huquq va 
majburiyatlari; chegirmalar va imtiyozlar (imkoni mavjud variantlari). 
Xalqaro vamamlakatimiz turizmida avtobus turlarida turistlar xavfsizligini va 
xizmat ko‗rsatish standartlarini ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar ko‗rilmoqda. Ko‗p 
davlatlarda turistlar va ekskursantlarni avtobuslarda tashishni litsenziyalash amaliyotga 
kiritilgan. 
Yevropa transport komissiyasi qarori bilan haydovchi joyi bilan birgalikda 9 va 
undan ortiq joyga ega bo‗lgan barcha avtobuslarni maxsus nazorat pribori - taxograf bilan 


134 
ta‘minlash talabi kiritilgan. Bu, samolyotdagi "qoraquti" analogi, qurilma yo‗nalishda 
haydovchi va avtobus harakatini nazorat qiladi va barcha ma‘lumotlarni 
taxogrammalarga yozib boradi. Turistik avtobusda taxograf mavjudligi bilan ham 
avtotransport korxonasi bilan tuziladigan shartnomaga kiritiladi. Yevropa yo‗nalishlarini 
tashkil qilishda mazkur band, shuningdek, yo‗l varaqalari mavjudligi ham shartnomada 
kelishilib olinishi lozim. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə