O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/123
tarix14.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#117271
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Muzey bilan shartnoma:

ekskursiyalar va ular tematikasi

guruhdagi ekskursantlar soni; 

ekskursiya narxlari (guruhli va individual-ajratilgan, yosh bo‗yicha va hokazo); 

muzeyga guruhli tashrif buyurish uchun chegirmalar

ekskursiyalarni o‗tkazish uchun talabnomalar berish muddatlari; 

talabnomalarni bekor qilish muddatlari; 

tomonlardan birining aybi bilan muzey ekskursiyasidagi uzilishlar uchun 
moddiy javobgarlik kabilarni o‗z ichiga oladi. 
Turpaketga qo‗shilmagan qo‗shimcha xizmatlarni ham unutmaslik lozim. Ular 
turistlarga joyida alohida haq to‗lash evaziga ko‗rsatiladi. Bular, odatda, o‗ziga xos 
ekskursiyalar, shou, dengiz, tog‗ yoki daryo sayrlari, akvapark, milliy parklar va 
qo‗riqxonalarga tashrif buyurish, tog‗lar va qumliklar bo‗ylab safar, ov, baliq ovi va 
boshqalardir. Bu xizmatlar bilan turistlarni ta‘minlash va guruhli tashrif buyurishda 
chiptalarni sotib olish hisobiga imtiyozli narxlarga ega bo‗lish maqsadida bu xizmatlarni 
ko‗rsatuvchi korxonalar bilan alohida shartnomalar tuziladi. 


136 
Reseptiv turoperatorlar, ko‗p hollarda, o‗z mamlakatida qabul qilish bilan 
shug‗ullanishadi va o‗z mamlakatidagi xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar 
tuzadi. Initsiativ turoperatorlar bo‗lsa, eslatib o‗tganimizdek, xorijiy va hududiy 
xizmatlar yetkazib beruvchi korxonalar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri emas, balki mahalliy 
Reseptiv turoperatorlar vositachiligida ishlaydilar. Ammo bu ularning vositachilarsiz 
xizmatlar yetkazib beruvchilarga chiqa olishmaydi degani emas. Bunday hodisalar turizm 
bozorida yirik, ko‗pincha, transmilliy kompaniyalar orasida uchrab turadi. Initsiativ va 
Reseptiv turoperatorlarning xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan shartnoma faoliyatlari 
deyarli bir-biridan farq qilmaydi, lekin qator xorijiy mamlakatlarda o‗z xususiyatlari 
mavjuddir. 
Ko‗pchilik turistik firma va korxonalar xalqaro bozorga mustaqil ravishda 
chiqishadi. Muhimi avval boshdan boshlab xorijiy hamkorlar bilan tuziladigan 
shartnomalarning o‗zaro manfaatliligi va qonuniyligiga e‘tibor berish lozimdir. Bunday 
shartnomalar tuzishda tashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga soladigan me‘yoriy hujjatlarni 
hisobga olish lozim, chunki bu zarur hollarda o‗z huquqlarini himoya qila olishi lozim, 
bundan tashqari hozirda jahon amaliyotining amal qilishi ikkala tomonga ham qulay 
shartnoma shartlariga erishishga imkon beradigan umumiy qabul qilingan shartnoma 
munosabatlarini ishlab chiqqan. 
Shartnomada, ikki xil talqin qilinishlarning oldini olish maqsadida yozishmalar 
olib boriladigan, e‘tiroz-da‘vo hujjatlari va sud jarayonlarini yuritish tilini ham kelishib 
olish lozim. Mamlakatimiz va xorijiy turistik firmalar bilan shartnomalar ikki nusxada 
tuziladi va imzolanadi. Agar shartnoma xorijiy hamkorlar bilan tuzilsa, ikki tilda tuziladi. 
Tomonlarning tashqi savdo bitimi bo‗yicha huquq va majburiyatlari bitim amalga 
oshiriladigan joy qonunlari asosida aniqlanadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə