O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/123
tarix14.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#117271
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

 
 
 
 
16.4.Temir yo„l va ekskursiya xizmati ko„rsatuvchi firmalar bilan shartnoma 
tuzish. 
Maxsuslashtirilgan turistik poyezdlarni ijaraga olish shartnomasi. 
Shunday qotib 
qolgan mulohaza mavjud, har bir temir yo‗l safari, ayniqsa, uzoq davom etadigani, 
zerikarli va noxushdir. Ammo ko‗pgina xorijiy mamlakatlar amaliyoti poyezdlarda 
safarlar bir punktdan boshqasiga majbur qilinmagan holda ko‗chish va qiziqarli sayohat 
bo‗lishi mumkinligini ko‗rsatmoqda. Bu haqiqatni maxsuslashtirilgan temir yo‗l turlarini 


135 
taklif etadigan xorijiy turfirma va operatorlar allaqachon tushunib yetishgan. Ularni olib 
borish tipologiyasini g‗arb mutaxassislari mukammallashtirilgan darajaga olib bordilar. 
Standart temir yo‗l turlarini shart ravishda uch mustaqil kategoriyalarga ajratish 
mumkin: bir kunlik, uncha uzoq davom etmaydigan (2-3 sutka), ko‗p kunlik (5 kun va 
undan ortiq). 
Maxsus turistik-ekskursion poyezdni ijaraga olish shartnomasiga quyidagilar 
kiradi: 

barcha to‗xtash punktlari ko‗rsatilgan safar yo‗nalishi; 

vagonlar va vagon-restoranlarning ijara qiymati; 

yo‗nalishdagi har bir punktdagi to‗xtash davomiyligi va sanalari

ko‗rsatilgan sayohat muddatlari; 

vagonlar va ulardagi joylar miqdori, vagonlar ijarasi qiymati; 

vagon-restoranlar soni; 

kishi boshiga choyshablar almashtirilishi miqdori

yo‗nalish masofasi (kilometraj) va yo‗l haqi qiymati; 

sayohatni bekor qilish muddatlari (yo‗lga chiqilishidan kamida 20 
sutka aval); 

poyezdda ko‗rsatiladigan xizmatlar (choy, choy mahsulotlari, kupega 
nonushta olib kelish va hokazo). 
Ekskursion firma bilan shartnoma. 
Agar o‗ziga tegishli ekskursion bo‗lim 
mavjud bo‗lmasa, ekskursion firma bilan shartnomalar quyidagi punktlarni o‗zichiga 
oladi: 

ekskursiya nomi va davomiyligi, ularda harakatlanish usullari (avtobus, 
piyoda, teploxod va boshqalar); 

ekskursiyalarni o‗tkazish uchun talabnomalar berish muddatlari; 

talabnomalarni bekor qilish muddatlari; 

ekskursiyalar narxlari; 

har bir ekskursiyada guruhlardagi ekskursantlar soni

ekskursiya uzilishlari uchun moddiy javobgarlik (ekskursion firma yoki 
turoperator aybi bilan). 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə