O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Bitiruv malakaviy ishning vazifalari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə2/22
tarix30.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#165967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Kitob 5133 uzsmart.uz

Bitiruv malakaviy ishning vazifalari.


  • “CHizmachilik darslarini kompyuter texnologiyalari asosida tashkil etish” mavzusiga doir ilmiy-metodik, pedagogik, didaktik manbalarni o’rganish, tahlil qilish.

  • O’rganilayotgan mavzu dolzarb pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.




  • Mavzuni o’qitishda samarali natija beradigan ta’lim texnologiyasini ishlab chiqish.

  • “CHizmachilik darslarini kompyuter texnologiyalari asosida tashkil etish”ga oid ilmiy-metodik tavsiyalar berish.

Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. V.N.Vinogradovning «Chizmachilikdan darsdan tashqari ishlar», «Chizmachilikdan fakultativ mashg'ulotlar» kitoblari ham bu fanning rivojlanishiga hissa bo'lib qo'shiladi. A.D.Botvinnikov va V.N.Vinogradovlar tomonidan grafik topshiriqlarning klassifikasiyasi ishlab chiqilib, ularning ko'plari amaliyotga tatbiq qilingan. Bu mualliflarning ishlari chizmachilik o'qitish metodikasining fan sifatida shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan.
Chizmachilik o'qitish metodikasi bo'yicha hozirda Respub-likamizda o'zbek tilida darslik va qo'llanmalar kam nashr qilingan, mavzuni yoritishda darsning tashkiliy masalalariga, o'quvchilar qiynaladigan va ular yo'l qo'yadigan tipik xatolarni ochib berishga qaratilgan darsliklar nisbatan kam.Bu borada hozirda o’zbek olimlaridan Sh.Murodov, E.I.Ro’ziyev , A.O.Ashirboyevlarning darsliklari chop etilgan.
Bitiruv malakaviy ishning obe‘kti. Kasb-hunar kollejlarida chizmachilik ta‘limiga innovatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiqiga asoslangan o’qitish tamoyillari va metodlarining o’zaro aloqadorligini ta‘minlashga yo’naltirilgan o’quv jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Chizmachilik fanini o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish yo’llariga bag’ishlangan o’quv materiallari mazmuni, shakli va tanlash tamoyillari.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti. Chizmachilik fanini o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish yo’llariga bag’ishlangan o’quv materiallari mazmuni, shakli va tanlash tamoyillari.
Tadqiqot metodlari. Analitik taxlil,pedagogik kuzatish, pedagogik tajriba, pedagogik loyixalash, modellashtirish, sistemalashtirish .
Tadqiqotning metadologik asosi. O’zbekiston Respublikasi “Ta‘lim to’g’risida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O’zbekiston Respublikasi hukumatining o’rta va maxsus ta‘limni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, xalq ta‘limi Vazirligining buyruqlari, Prezident I.A. Karimovning ta‘lim tizimini
takomillashtirishga yo’naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondashuvlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy-metodik pedagogik adabiyotlarga tayanilgan. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri - ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmasdan, qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan sistemali bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Chizmachilikni o’qitish jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarning tadbiq etish, ta‘lim tamoyillari va o’qitish metodlarining o’zaro aloqadorligini ta‘minlash dolzarb pedagogik muammolardan biri ekanligi nazariy jihatdan asoslangan.
Chizmachilikni o’qitish jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarning tadbiqiga doir ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, samaradorlik darajasi aniqlangan. Chizma geometriya fazoviy geometriyaning maxsus bo’limi bo’lib, umumiy injenerlik fanlari qatoriga kiradi. Uning mavzu bahsi asboblarni, mashinalarni va inshootlarni tekshirish, loyihalash, yasash va qurish jarayonida horzirgi zamon texnika grafikasida ishlatiladigan tasvirlarni chizish nazariyasidir.

  1. Yüklə 0,61 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə