O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Chizmachilik fanini kompyuter texnologiyalari yordamida o'qitishning ta’lim texnologiyasi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə20/22
tarix30.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#165967
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Kitob 5133 uzsmart.uz

Chizmachilik fanini kompyuter texnologiyalari yordamida o'qitishning ta’lim texnologiyasi.





1 – Mavzu: Chizmalarda geometrik yasashlar.



Ma‘ruza mashg’ulotining ta‘lim texnologiyasi

O’quv soati: 2 soat

Talabalar soni : 25 ta

O’quv mashg’ulotining shakli:

ma‘ruza

Ma‘ruza rejasi:

  1. Parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazish.

  2. Perpendikulyar chiziqlar o’tkazish.




  1. Muntazam ko’pburchaklar yasash.

  2. Tutashmalar.

O’quv mashg’ulotining maqsadi:

AutoCAD-2004 grafik tasvirlash dasturi asosida mavzu rejasida ko’zda tutilgan geometrik yasashlarni bajarishni o’rganish.

Pedagogik vazifalar:
O’qituvchi parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazishni,perpendikul yar chiziqlar o’tkazishni, muntazam ko’pburchaklar ya sashni, tutashmalarni chizishni AutoCAD-2004 dasturi asosida
amalga oshirishni tushuntiradi.

O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba
-parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazish, perpendikulyar chiziqlar o’tkazish, muntazam ko’pburchaklar yasash, tutashmalarni AutoCAD dasturi asosida misollarda mustaqil bajaradi.

O’qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, bilish- so’rov, bayon qilish

O’qitish shakli

Jamoa, guruh

O’qitish shart sharoiti

Plakatlar, slaydlar, vidioproektor va kompyuter
bilan jixozlangan auditoriya, o’quv kinofilmlari



Ma‘ruzaning texnologik xaritasi



Bosqichlar
vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

O’qituvchi

1- bosqich Kirish
( 10- min)

1.1Mavzu mazmuni, uning maqsadi, o’quv
mashg’ulotidan kutilayotgan natijalarni ma’lum qiladi.

1.1 Eshitadi, yozib oladi.

2- bosqich Asosiy
( 60- min)

2.1Talabalarni darsga tayyorgarligini darajasini aniqlash uchun tezkor savol – javob o’tkazadi.

  1. Chizma buyumlari,asboblari moslamalari haqida nimani bilasiz?

  2. Standartlar haqida nimani bilasiz?

  3. Chizma formatlari haqida nimani bilasiz?

2.2. O’qituvchi vizual materialdan,kompyutordan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishga davom etadi. O’qituvchi parallel to’g’ri chiziqlar o’tkazish ni, perpendikulyar chiziqlar o’tkazishni, muntazam ko’pburchaklar yasashni, tutashmalarni chizishni AutoCAD-2004 dasturi asosida amalga oshirishni tushuntiradi va kompyuterda ko’rsatadi.


2.3 Talabalarga mavzuni asosiy tushunca va ta’riflariga,chizish algoritmlariga e’tibor qaratishini va yozib olishlarini ta’kidlaydi.

  1. Savolga birin ketin javob beradi.




  1. Talaba tinglaydi,chizish algoritmlarini yozib oladi.

Savollar berib asosiy joylarni yozib oladi.



3-bosqich Yakuniy
( 10- min)

Mavzu bo’yicha yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
Uyga vazifa:

Eshitadi, Uyga vazifa oladi.

AutoCAD-2004 dasturida bajariladigan topshiriqlar to’plami.

      1. topshiriq


Dekart sistemasida absolyut koordinatalarda tomonlari 100X70 ga teng bo‘lgan va boshlanish nuqta koordinatalari 25,70 bo‘lgan to‘rtburchak chizilsin.


      1. topshiriq


Dekart sistemasida nisbiy koordinatalarda tomonlari 80X120 bo‘lgan to‘rtburchak chizish. Birinchi koordinata sichqon bilan ko‘rsatiladi.







      1. topshiriq


Tomonlari 100X100 bo‘lgan kvadratni uzunligini tez kiritish usuli bilan chizish. Birinchi nuqta sichqon bilan ko‘rsatiladi.

      1. topshiriq.


1000000 uzunlikka ega bo‘lgan kesma chizilsin. Ko‘rinish Avtomatik sozlansin.
      1. topshiriq


0,000001 uzunlikka ega bo‘lgan kesma chizilsin. Ko‘rinish avtomatik sozlansin.


      1. topshiriq


Tomonlari 80X120 bo‘lgan to‘rtburchak polyar sistemasida chizilsin.
Birinchi koordinata sichqon bilan ko‘rsatiladi.
      1. topshiriq


Tomonlari 100X70 bo‘lgan to‘rtburchakni kesimlar holida shtrix punktir chiziqlar yordamida chizilsin. Tomonlariga har xil rang va chiziq qalinligiga 0,3 tanlansin. Koordinata kiritish usulini tanlash ixtiyoriy.





      1. Yüklə 0,61 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə