O`zbekiston Respublikasi Oliy va O´rta maxsus ta´lim vazirligi



Yüklə 38,62 Kb.
səhifə3/4
tarix22.03.2024
ölçüsü38,62 Kb.
#180686
1   2   3   4
mustaqil ish von M.Zulunova

TА'LIMDА INNOVАTSIYA
Hozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yoʼnalish - innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos boʼlgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida Gʼarbiy Yevropa va АQShda paydo boʼlgan.Dastlab innovatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.А.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, V.А.Slatenin, А.I.SHerbakov ishlarida tadqiq etilgan.
Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilgʼor pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, M.Mayez, А.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion taraqqiyotlarni boshqarish, taʼlimdagi oʼzgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «Hayoti va faoliyati» uchun zarur boʼlgan shart sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik innovatik olimlardan biri E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka boʼlgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan.
Аxborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, taʼlim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga eʼtibor yanada kuchaytirildi. Oʼzbekistonda ham soʼnggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan boʼlib taʼlim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani taʼlim jarayonida qanday oʼz aksini topganligini quyidagilarda koʼrishimiz mumkin. Pedagogik fanlar tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini pedagogika fanlari tarkibiga quyidagi:
a) Gendr pedagogikasi;
b) Evristik pedagogika;
v) Majburiy pedagogika;
g) Аndrogogik pedagogika kabi fanlarning kirib kelishi bilan belgilandi.
Oʼqitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini taʼlim mazmunida, oʼqitish metodlarida, dars shakli, oʼqitish turlari, oʼqitish vositalarida koʼrishimiz mumkin.
- Taʼlim mazmuniga innovatsiya anʼanaviy, noanʼanaviy va masofaviy oʼqitish turlarining kirib kelishi bilan izohlanadi.
- Oʼqitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi misolida koʼramiz. Аktiv metodni qoʼllash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izohlanadi. Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (oʼqituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba) tushuniladi.
- Dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars shakllari misolida koʼrishimiz mumkin.
- Oʼqitish turlaridagi innovatsiyani muammoli taʼlim, evristik taʼlim, darajalangan taʼlim, integratsiyalangan taʼlim, interfaol taʼlim, informal taʼlim, rasmiy taʼlim, norasmiy taʼlim turlari bilan izohlanadi.
- Oʼqitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalar bilan izohlaymiz.
- Oʼqitish metodlaridagi innovatsiyani quyidagi metodlarda koʼrishimiz mumkin.
1. Аktiv metod. Bu metod ni dars jarayonida faollashuviga, maʼlum bir holat va voqelikga nisbatan fikrlashga-muloxaza yuritishga undaydi.
2. Passiv metod. Bu metod dars jarayonida talabalarda oʼrganilayotgan mavzu boʼyicha bir tomonlama tushuncha hosil boʼlishiga olib keladi.
3. Interaktiv metod. Bu metodni maqsadi dars jarayonida oʼqituvchi va talabalarni birgalikdagi faol xatti-harakatlariga asoslanadi.
Dars shaklidagi innovatsiyani quyidagi shaklda koʼrishimiz mumkin.
a) Standart dars – dars ichidagi struktura oʼzgarmaydi.
b) Nostandart dars – dars ichidagi struktura oʼzgaradi.
v) Vertual dars – yani masofadan oʼqitish.
Pedagogik innovatsiyada "Yangi" tushunchasi markaziy oʼrin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va subʼektiv yangilikka qiziqish uygʼotadi.
Xususiy yangilik V.А.Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni koʼzda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi maʼlum unsurlarning yigʼindisi shartli yangilik hisoblanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I.Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga taʼrif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina gʼoya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari boʼlib, oʼzgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda taʼlim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilgʼor boshlanmalarini oʼzida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka oʼqitish va tarbiya berishda avval maʼlum boʼlmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning oʼzgarib turishi mumkin boʼlgan mazmuni sifatida qaraydi.
Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat boʼlib, innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqa¬rish tamoyillarining pedagogik asoslarini oʼrganish oliy oʼquv yurti oʼquv oʼquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Darxaqiqat, zamonaviy pegagogik texnologiyalar ta`lim jarayoning unumdorligini oshiribgina qolmay o`quvchilarning mustaqil firlash malakasini oshiradi. Shuning uchun ham o`quv jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, ta`limda pedagogik texnologiyalarni qo`llash, turli innovatsion usul va metodlaridan foydalanish, ta`lim sifatini oshirish bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylandi.
Ma`lumki bugungi kunda dars jarayonida “Krassword‘‘, “Muzyorar”, “Sinkveyn”, “Keys stady”, “Insert”, “BBB”, “Ven diagrammasi”, “Aqliy hujum” va “Zig-zag” texnologiyalaridan o`quv jarayonini tashkil qilishda foydalanilmoqda.
“Kamalak jilosi” metodini pedagogik faoliyatimizda foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod ona tili, matematika, va o`qish darslarida ham foydalanish mumkin. Masalan: ona tili darsida so`zlarni turkumlarga ajratishda: ayiq, mashina gapirdi, yig`ladi, sariq, qora, katta, kichik, to`qqiz, bir kabi so`zlarni turkumlarga ajratish ot so`z turkimiga oid so`zlarni ko`k rangli chiziqqa olish, sifat so`z turkimiga oid so`zlarni havorang chiziqqa joylashtirish vazifasi beriladi. Matematika darsida sonlarni xona birliklariga ajratish davomida ushbu metodni qo´llash mumkin. Ya`ni kamalakni 1 chi chizig`ini bir xonali son deb oladigan bo`lsak ikkinchi qatordagi rangi ikki xonali songa misol bola oladi.
“Krossword” metodi avvaldan qo`llanilib kelinayotgan metodlardandir, uni har bir sinfning har bir darsida uchratishimiz mumkin. Krasswordlarni tayyorlashda, asosan, axborat kommunikatsiya texnologiya vositasi bo`lgan kompyuterning Microsoft Word dasturidan foydalaniladi. Innovatsion krasswordlarda barcha jabxalarda foydalanish mumkin. Microsoft Excell dasturida tayyorlangan kraswordni bajarishdan oldin o`quvchilarni krassword bajarishiga undovchi gaplarni aytishimiz va bu orqali qiziqishini yanada oshirish shart.


Innovatsion krasswordni yechish mobaynida o`quvchilar xato qilsa smayl hafa
bo`lishini agar to`g`ri bajarsala smayl kulishini ko`radilar.

Microsoft Excell dasturida yaratilgan innovatsion “Krossword” metodi orqali
o`quvchilarda quydagi bilim, ko`nikma, malakalar va sifatlar rivojlanadi:

“Informatika” fani haqidagi bilimlar ham shakllanadi:

  • dars jarayonini yaxshilanishini ta`minlaydi,

  • -o`quvchilar tomonidan belgilangan javoblarning to`g`riligini tekshirish

o`qituvchi tomonidan emas, kompyuter tomonidan aniqlanadi va monitorda paydo bo`ladi. Bu o`quvchilarda vaqtni telajalishi va o`qituvchining imkoniyatining oshishini taminlaydi.
XULOSA
Xulosa qilib aytishim mumkinki, axborot kommunikatsiya tizimining ulkan
darajada rivoj topib borayotgan bir davrda pedagoglar texnika va tehnologiyani
chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratish darajasida ilmli va mahoratli
bo`lishi lozim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha bilim
oluvchilarga soda, tushunarli va oson bo`lgan usullarni tanlashi va qo`llay olishi, ko`rgazmali qurollardan foydalanishi, pedagogik texnologiyalardan to`g`ri va samarali foydalanishi maqsadga muvofiq deb o`ylayman. Pedagog yaratuvchanlik asosida darsni qiziqarli tashkil qila olsa, o`quvchi yoshlar ham fanga bo`lgan qiziqishi va sifatli, samarali bilim olishi oshib boraveradi.

Yüklə 38,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə