O`zbekiston Respublikasi Oliy va O´rta maxsus ta´lim vazirligi



Yüklə 38,62 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü38,62 Kb.
#180686
  1   2   3   4
mustaqil ish von M.Zulunova


O`zbekiston Respublikasi
Oliy va O´rta maxsus ta´lim vazirligi

Namangan Davlat Universiteti


Nemis va fransuz tillari kafedrasi
“Maxsus fanlarni o´qitish metodikasi”
fanidan
Pedagogik faoliyatda innovatsiyalar
mavzusida yozilgan

Mustaqil ishi


Bajardi: 70230101 – Lingvistika (nemis tili)
1- bosqich magistranti Mohidil Zulunova

Qabul qildi: pedagogika fanlari nomzodi, professor Saidumar Saidaliyev



NamDu
2023


PEDAGOGIK FAOLIYATDA TA`LIM METODLARI VA INNOVATSION
METODLARNING O`RNI VA AFZALLIK TOMONLARI
ANNOTATSIYA
Mazkur mustaqil ish pedagogik faoliyatda ta`lim metodlaridan va innovatsion
metodlardan foydalanishning samarali jihatlari, bu jarayonda, fanlar o´rtasidagi
integratsiya holati, innovatsion metodlarni yaratishda, axborot kommunikatsiya
tehnologiyalarining imkoniyatlari keltirilgan. Shuningdek, mazkur ishda, “Kamalak jilosi”, “Krassword” va “Evrika” metodlari tavsiya etilgan.
Kalit so‘zlar: Metod, innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion muhit,
texnologiya, pedagogik yangilik, integratsiya, sifat, samara.
DIE ROLLE UND VORTEILE VON LEHRMETHODEN UND
INNOVATIVE METHODEN IN DER PÄDAGOGISCHEN AKTIVITÄT
Annotation
Diese Arbeit zeigt die wirksamen Aspekte des Einsatzes innovativer Methoden in auf pädagogische Tätigkeit, der Prozess der Integration zwischen Disziplinen, die Möglichkeiten der Informations- und Kommunikationstechnologien bei der Schaffung innovativer Methoden. Die Arbeit empfiehlt außerdem die Methoden „Regenbogenglanz“, „Kreuzworträtsel“, „Evrika“.
Schlüsselwörter: Methode, Innovation, innovative Aktivität, innovatives Umfeld, pädagogische Innovation, Integration, Qualität, Ergebnis.
KIRISH
Pedagog innovatsion faoliyatining eng muhum va markaziy masalasi o`quv jarayonini samarali va sifatli tashkil etishdan iborat. Ta‘lim berishda turfa xil usullar ya‘ni metodlar mavjud. O´qituvchi qay uslubda dars bermasin maqsadiga yetish imkonini izlaydi, bu borada, ta‘lim metodlari va innovatsion metodlardan foydalanadi. Ta‘lim metodlari shu vaqtga qadar o´zining samarasini ko´rsatib kelmoqda va zamon muallimlari yangicha uslubda dars o´tib yanada yaxshi natijalar olishga intilmoqdalar. Shuningdek innovatsion metodlardan foydalanib kelishmoqdalar. Innovatsion faoliyatda pedagogik yangiliklar: o´qitishning yangi usul va metodlarining yaratilishi va qo´llanishi o´quv jarayonining samarali va sifatli tashkil etilishini yaratib beradi. Pedagogik yangilik-pedagogik faoliyatda ilgari ta‘lim jarayonida noma‘lum bo´lgan o´zgarishlarni kiritish orqali ta‘lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi omilidir. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta‘lim jarayonining samarasini oshiradi, o´quvchilarning erkin fikrlash jarayonini shakllantiradi, o´quvchilarda bilim olishga ishtiyoqi va zavqini oshiradi, bilimlarini mustahkam o´zlashtirish, ulardan amaliyotda mustaqil foydalanish ko‗nikma va malakalarini shakllantiradi.

Yüklə 38,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə