O`zbekiston Respublikasi Oliy va O´rta maxsus ta´lim vazirligi



Yüklə 38,62 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2024
ölçüsü38,62 Kb.
#180686
1   2   3   4
mustaqil ish von M.Zulunova

Metod tushunchasi haqida
«Metod» — yunoncha «metodos» - «yo´l» degan so´zdan paydo bo´lib, u tadqiq qilish ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim metodi ta‘lim jarayonida o´qituvchi va o´quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir. Ta‘lim metodlari – o´qitishning o´z oldiga qo´ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o´quv materialini nazariy va amaliy yo´naltirish yo´llarini bildiradi.
O´qitish metodlari ta‘lim jarayonida ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyatining qanday bo´lishi, o´qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda ta‘lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta‘lim metodi o´qituvchi va ta‘lim oluvchilarning o´qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo´lidir. Ta‘lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga bog´liqdir, ya‘ni ular falsafiy metodologik asosga ega va ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta‘lim jarayonining mohiyatini va tamoyillarini to´g´ri anglash natijasidir. Ta‘lim materiali ta‘lim mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig´iga bog´liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam ifodalangan bo´lsa, ta‘lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog´liq bo´ladi.
Pedagogika fani maktablar va ta‘lim beruvchilarning ilg´or ish tajribalarini umumlashtiradi, an‘anaviy ta‘limning ilmiy asoslarini ko´rsatib beradi, o´qitishning zamonaviy hamda samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi.
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo´lib, ularning har biri o´z navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo´linadi. O'quv biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, birinchi guruh metodlariga so'z orqali axborotni uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari og'zaki metodlar; hikoya, ma'ruza, suhbat va boshqalar; ikkinchi guruh metodlariga o'quv axborotlarini ko'rgazmali uzatish va ko'rish orqali qabul qilish metodlari — ko'rgazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; uchunchi guruh metodlariga o'quv axborotini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya tajribalari, mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi.

Yüklə 38,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə