О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə38/158
tarix31.12.2021
ölçüsü2,81 Mb.
#81761
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   158
ДАРСЛИК

Mavzu bо‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar

1.M.Mahkamova., S.Yо‘ldosheva., SH.Xolmatova., O.Shmigun. Menejment: Sharq, 2007.

2.A.Haydarov.Harakatlar strategiyasi va ma’naviy yuksalish, Toshkent,G‘.G‘ulom,2018.

3.G.Tulchinskiy., YE.Shekova.,Menedjment v sfere kulturi.Spb, 2007.



II BOB. MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA MENEJMENT TIZIMI
2.1.MENEJER TUSHUNCHASI, SHAXSIY VA ISHGA DOIR SIFATLARI VA VAZIFALARI
REJA

  1. Menejerning uslubi va imiji.

  2. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish.

  3. Rahbar shaxsi.


Darsning maqsadi: talabalarga madaniyat va san’at sohalarida menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlar, menejer faoliyati,rahbar shaxsi xususida mufassal ma’lumotlar berish.

Boshqaruvda о‘ziga xos yо‘l bilan ishlash degani uslubdir.

Uslubning boshqaruv uslubi, ish uslubi, rahbarning ish uslubi nomi bilan yuritilayotgan qismlari mavjud.Madaniyat va san’at muassasalarining menejeri о‘z uslubi haqida xorijiy va mahalliy olimlar kо‘p marta о‘z fikrlarini ilgari surganlar.

Boshqaruvchining boshqaruv jarayonida qо‘llagan о‘ziga xos va о‘zgarmas usullari ,harakatlari majmuasi boshqaruv uslubini bildiradi.

Har bir rahbarning о‘z ish uslubini mavjudligi amaldagi faoliyatida yaqqol kо‘rinadi.Boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish maqsadida boshqaruvchining xodimlariga aniq, barqaror ta’sir kо‘rsatish usuli va yо‘llaridir uning ish uslubini kо‘rsatadi.Boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda о‘ziga xos yondashuv rahbarning о‘ziga xos ish uslubi kо‘rinishidir. Rahbar faqat о‘ziga xos fazilatlar asosida, faqat о‘ziga mansub uslubda ish yuritishi, xodimlarni boshqarish, jamoaning natijaviy maqsadini oldindan kо‘ra bilish, ishning mohiyatini chuqur anglagan holda fikr yuritish, madaniyat va san’at sohasi mutaxassislari faoliyatini mohirona birlashtirishi va yо‘naltirishi lozim.Rahbar doimo xotirjam va о‘ziga ishongan, tashabbuskorlik kо‘rsatishi, tavakkalchi bо‘lishi kerak. Javobgarlik oldida qо‘rqish- kuchsizlik belgisi. Javobgarlikdan qо‘rqqan kishi haqiqiy rahbar bо‘la olmaydi. Rahbar о‘z xodimlarini yaxshi bilishi, ularning qobiliyati, bilimi, malakasi, egallagan lavozimiga mosligini va aksincha ularning bilim, qobiliyat va axloqiy sifatlaridan foydalanish yetarli ekanligini aniqlashi lozim. Boshqaruv san’atiga ega bо‘lmagan rahbar samarali va о‘z vaqtida qaror qabul qila olmaydi. Inson rahbar bо‘lib tug‘ilmaydi, ish jarayonida shakllanadi.

Shuningdek:





Avtokratik uslubida ishlovchi madaniyat va san’at muassasalari menejeri tashkilot yoki muassasani rivojlanishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin. Bunda birinchi navbatda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bu muassasalar xodimlarida ijodiy erkinlikni bо‘g‘ib qо‘yishi mumkin.

Shuningdek,



Shuningdek,



Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning kishi tanasida qon asosiy о‘rinni ishg‘ol etsa, bunday odam harakatchan, yengil bо‘ladi, taassurotlarning almashinishiga tez kо‘nikib keta oladi, о‘z atrofida sodir bо‘layotgan voqealarga darhol munosabat bildiradi degan mulohazasi bekorga aytilmagan.

Ushbu toifa kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb ataydi. “Sangvinis”, ya’ni “qon” sо‘zini anglatadi. Sangviniklar yuqori lavozimlarga intiladigan, о‘z qobiliyatlariga haddan ziyod ishongan, har kungi ish va yumushlarda uchraydigan noxushliklarga beparvo kishilar hisoblanishadi.

Ular:


Gippokratning fikricha inson tanasida shilliq hukmron bо‘lsa, unday kishilar bosiq, kayfiyatlari va intilishlari loqayd, uncha-muncha narsaga hayratlanmaydigan bо‘ladilar, bu toifa kishilar flegmatiklar(qadimgi yunonlar shilliqlarni “flegma” deyishgan) deb ataladi. Bu toifa kishilar chidamliligi, matonati, о‘zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.

Ular:


Gippokrat yana bir toifa kishilari – tanasida za’faron safro ustun turadigan, tezkor, qat’iy, harakatchan kishilarni xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb nom bergan. Qadimgi yunonlar safroni “xoley” deb ataganlar.

U lar:

Buyuk tabib yana bir tur kishilarni ajratadiki, ularning nomi melanxoliklar nomi bilan yuritiladi. Qadimgi yunonlarda “melanxolik” sо‘zi “qora safro” ma’nosini anglatadi. Melanxoliklar tushkun kayfiyatli, sal narsaga qattiq kuyunuvchi odamlar toifasidandirlar.

U lar:




Xarizmatik yoki namunali rahbarlar xodimlarning rahbaridan zavqlanishi bilan diqqatni tortadi,bu holatda xodim bilan kо‘p umumiy tomonlari borligini tasavvur qilishi, xodim va rahbar munosabati tenglikda quriladi (bu kо‘pincha san’atkorlarda uchraydi).

Xarizmatik (hayoti va faoliyati bilan hammaga namuna bо‘ladigan va boshqalarga о‘xshamaydigan alohida fazilatli, yuqori hurmatga ega) insonlarning xususiyatlari haqida:

-energiya bilan ayirboshlash;

Xarizmatik shaxslar atrofga energiya nurlarini taratadi va u bilan kishilar kо‘nglini yoritadilar;

-ta’sirchan qiyofa;

Xarizmatik rahbar chiroyli bо‘lishi shart emas, biroq u jozibali, yaxshi qomatga ega bо‘ladi va о‘zini yaxshi tutadi;

-mustaqil xarakter;

О‘z muvaffaqiyati va hurmatiga intilishda bu toifa kishilar boshqalarga suyanmaydi;

-yaxshi notiqlik qobiliyati;

Bu toifa vakillarining sо‘zlash va munozaraga kirishish qobiliyati kuchli, о‘z shaxsidan zavqlanish qobiliyati.

Ular о‘zlarini qulay his qiladilar,boshqalar ulardan zavqlanganda ular mag‘rurlik yoki xudbinlik qilmaydilar,о‘zlarini munosib va dadil tuta oladilar.

Ular о‘zini yig‘ib olgan va vaziyatni egallagandek kо‘rinadilar.


Art menejer kim?




Art -menejerning quyidagi tо‘rtta vazifasi bor:

-Badiiy aspektlari (rejissyorlik va aktyorlik qobiliyati bor tarjimon, rassomlik, teatr studiyalari texnikasini bilishi, premyeralarni sahnaga olib chiqishi, zamonaviy modani tushunishi);

-Tashkiliy aspektlari (ijara tizimi, repititsiya jadvalini bilishi, biletlarni chop etishni tashkil qilish);

-Marketing (reklama ishi va biletlar oldi-sotdisini tashkil qilish va nazorat qilish);

-Moliyaviy muammolar.(homiylar qidirish, daromadlar va xarajatlar smetasini tuza olishi, mablag‘ tо‘plashni bilishi).


Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə