O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Geodeziya fanini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/310
tarix01.04.2022
ölçüsü6,42 Mb.
#84942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310
fayl 1622 20210825 (1)

 
Geodeziya fanini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1) yer yuzasini gorizontal,vertikal harakati, okean, dengiz suvi sathining bir-biridan 
farqini va  “Yer qutbining”  o`zgarishini aniqlash 
2) quyosh sistemasidagi planetalarning xarita va planlarini tuzish 
3) quyosh sistemasidagi palnetalarning shakli va kattaligini aniqlash 
4)  yer  va  Quyosh  sistemasining  boshqa  sistemalardagi  nuqtalarini  yagona 
koordinatalarini aniqlash 
5) tabiiy resurslarni o`zlashtirishda geodezik ishlarni bajarish 
6) mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishda geodezik ishlarni bajarish. 
Geodezik ishlarda-asosan geodezik o`lchashlar amalga oshiradi.Bunda xilma-
xil 
geodezik 
asboblar 
ishlatiladi.Umuman, 
o`lchash 
ishlarini 
tashkil 
qilish,o`lchashlarda  ishlatiladigan  asboblarni  o`rganish  va  ular  bilan  ishlash 
geodeziyaning vazifasiga kiradi. 
Yerning  sun’iy  yo’ldoshlarini  geodezik  maqsadlarda  kuzatishda,  geodezik 
tayanch  shoxobchalarini  barpo  etishda,  yer  yuzidagi  nuqtalarning  geografik 
koordinatalarini  aniqlashda  geodeziya  astronomiya  faniga  tayanadi.  Yerning 



shaklini  o’rganishda  va  kattaligini  aniqlashda  geodeziya  gravimetriya,  geologiya, 
geofizika  va  boshqa  fanlarga  oid  ma’lumotlardan  foydalanadi.  Biror  hududni 
topografik kartada geografik jihatdan to’g’ri tasvirlash uchun hududning geografik 
landshaftini  o’rganishi,  buning  uchun  esa  geografiya,  geomorfologiya  va  boshqa 
fanlarning asoslarini bilishi zarur. Ma’lumki geodezik o’lchash natijalari matematik 
jihatdan  analiz  qilinadi  va  qayta  ishlab  chiqiladi.  Bunda  geodeziya  matematika 
faniga  tayanadi.  Geodezik  asboblarni  yaratishda  fizika,  mexanika,  elektronika  va 
boshqa  fanlar  sohasida  erishilgan  yutuqlardan  foydalaniladi  va  hokazo.  Shu 
aytilganlardan  ma’lum  bo’lishicha,  geodeziya  juda  ko’p  fanlar,  jumladan, 
astronomiya,  matematika,  fizika,  elektronika,  geografiya,  geologiya  va  boshqa 
fanlar  bilan  uzviy  bog’liq  bo’lib,  o’z  faoliyatida  bu  fanlar  taraqqiyotidan  keng 
foydalanadi. O’z navbatida boshqa fanlar geodeziya fani yutuqlaridan foydalanadi. 
Masalan,  Yerning  shakli  va  kattaligi  to’g’risidagi  ma’lumotlar  astronomiya, 
geografiya, geologiya va boshqa fanlar uchun juda ham kerakdir. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə