|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.SAT xromosomalar
deyiladi. Sine Acido Thymonucleico- ya'ni
nuklein kislotasiz degani, lekin tadqiqotlar natijasida ma'lum bo'lganki, bu haqiqat-
dan yiroq chunki yo'ldoshni xromosoma tanasiga biriktirib turuvchi ip tarkibida
DNK topilgan. Buni 1912 yilda Rossiyalik olim S.G.Navashin aniqlagan. Lekin
shunga qaramay SAT xromosoma degan nomi haligacha ishlatiladi.
Telomera - xromosomaning oxirgi qismi bo'lib, xromosomalarning mus-
taqilligini va butunligini ta'minlaydi.
Xromosomaning uzilgan qismlari bir-biri bilan osonlikcha birlashishi mum-
kin. Lekin telomera qismlari bir-biri bilan hech qachon birlashmaydi. Telomera
DNKning kichik takrorlanib keluvchi ketma-ketliklari bo'lib, taxmin qilinishicha
o'zida gen saqlamaydi. Telomerlar “o'lim markerlari”-ular xromosomaning uchida
bo'lganligi uchun asta-sekin emirilib xromosomani mutasiyalardan saqlaydi. Har bir
bo'linishdan keyin telomer uzunligi qisqarib boradi, himoyasiz qolgan xromosoma-
lar o'zaro yopishib, genetik informatsiya aralashib ketadi va hujayra nobud bo'ladi.
Rak hujayralari o'zlarini o'limdan himoya qilishni o'rganganlar. Ularda maxsus
mexanizm mavjud bo'lib, telomeralari yemirilmaydi.
|
|
|