|
 O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.ek-
toplazma
(granulalar va organoidlardan holis bo'lgan qism, plazmatik membrana
ostida joylashib tutam mikrofilamentlarga ega) va ichki —
endoplazma
( turli or-
ganoidlarga va granulalarga ega bo'lgan qism). O'simlik hujayrasi sitoplazmasida
maxsus organoidlar – plastidalar bo'lib, Golji apparati esa yoyilib ketgan alohida
diktiosomalardan tashkil topgan. Sitoplazmaning hajmi hamma hujayralarda tur-
licha: limfositlarda yadro hajmiga teng, jigar hujayralarida hujayra hajmining
~94% ni tashkil etadi.
Sitozol-sitoplazmaning bir qismi bo'lib, membranali organoidlar orasidagi
bo’shliqda joylashadi. Uning hajmi hujayra umumiy hajmining 50%ni tashkil etadi.
Sitozol tarkibida oraliq almashinuv fermentlari va ribosomalar uchraydi. Ribosoma-
larda sintezlangan oqsillarning deyarli yarmisi sitozolda uning doimiy komponenti
sifatida qoladi. Sitozol biomolekulalar to'planadigan joy bo'lib, shuningdek bu yerda
turli metabolik jarayonlar, jumladan glikoliz, yog’ kislotalari, aminokislotalar,
nukleotidlar sintezi sodir bo'ladi.
Sitoplazmaning va aynan gialoplazmaning asosiy vazifasi: hujayra ichidagi
tuzilmalarni o'zaro birlashtirib, ular orasidagi kimyoviy munosabatlarni belgilab
berishdir. Gialoplazma orqali ko'pgina hujayra ichi transport jarayonlari amalga
oshadi: aminokislotalar, nukleotidlar, yog’ kislotalari tashiladi. Gialoplazmada
doimiy ravishda plazmatik membrana va undan hujayra organoidlariga yo'nalgan
ionlar oqimi amalga oshadi. Gialoplazma ATF molekulalari to'planadigan va hara-
kat qiladigan joy. Gialoplazmada turli mahsulotlarning, masalan glikogen, yog’
tomchilarining to'planishi kuzatiladi. Gialoplazma turli fermentlarga ega bo'lib ular
glikoliz, aminokislotalarning oqsili sintezidagi faollashishi, reaksiyalarini
katalizlashda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|