O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/147
tarix21.04.2022
ölçüsü3,08 Mb.
#85782
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147
3 Sitologiya. Abdulov I.A., Qodirova N.Z. 2012.

Endoplazmatik  to’r.
  Bu  organoidni  kashf  etilishi  elektron  mikroskopiya 
davrining  rivojlanishiga  to'g’ri  keldi.  1945  yilda  K.Porter  (AQSh)  o'z  shogirdlari 


 
35 
bilan fibroblast hujayralarini maxsus bo'yoqlar bilan bo'yab elektron mikroskop os-
tida  qaraganda  sitoplazmaning  ektoplazma  qismi  och  bo'yalib  endoplazma  qismi 
to'q  bo'yalganligiga  e'tibor  beradi.  To'q  bo'yalgan  qismida  mikroskop  ostida  ko'p 
sonli mayda vakuolalar, kanalchalar yig’indisi to'rga o'xshash (retikulum) tuzilmani 
hosil qilganligini ko'rinadi. Bu vakuola va kanallarning devori yupqa membranadan 
iboratligi  ko'rinadi.  Shu  tarzda  endoplazmatik  retikulum  yoki  to'r  kashf  qilinadi. 
Uning bunday nomlanishiga   birinchi marta endoplazmada topilganligi sabab bo'l-
gan. Keyinchalik sitoplazmaning turli uchastkalarida topishgan, lekin nomi qolgan. 
Uning topilishigacha sitoplazmaga tirik dinamik tuzilmasiz tizim sifatida qaralgan.  
Elektron  mikroskopiya  usuli  bilan  edoplazmatik  to'rning  2turi  aniqlandi: 
donador (granulyar), va silliq ( agranulyar). 
Donador  endoplazmatik  to’r  ingichka  kanallar,  sisternalar,  xaltachalardan 
iborat  bo'lib  uzulmas  (yopiq)  membrana  bilan  chegaralangan.  Sisternalar  kengligi 
20nmni tashkil etadi. Membranalar yuzasi mayda 20nm tuzilmalar bilan qoplangan 
bo'lib,  bu  tuzilmalarni  birinchi  marta  J.  Palade  (Palade  granulalari)  ta'riflagan  va 
ular ribonukleoproteidlardan tuzilganligini aytadi. Endoplazmatik to’rning tuzilmasi 
va  vazifalarini  o'rgangani  uchun  u  1974  yilda  Nobel  mukofotiga  sazovor  bo'ladi. 
Hozirda bu tuzilmalar endoplazmatik to’r membranalari bilan bog’langan ribosoma-
lar  ekanligi  ma'lum.  Bu  yerda  ribosomalar  polisomalar  ko'rinishida  joylashadi(8 
rasm).  
Hujayralarda  endoplazmatik  to’rning  ikki  xil  ko'rinishi  -  siyrak  joylashgan 
membranalar yoki bir tutam membranalar yig’indisi – 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə