22
Hozirgi zamon sitologiya fanining yutuqlari
Yangi usullar, ayniqsa 1940 yillardan keyin rivojlangan elektron mikroskop,
radioaktiv izotoplarning qo'llanilishi, hujayrani o'rganish borasida katta yutuqlarga
erishishga yordam berdi. Sitologiya borgan sari biologiyaning boshqa sohalari bilan
yaqinlashmoqda.
Sitologik usullardan o'simliklar va hayvonlar selektsiyasida ular hujayrasi-
ning xromosoma tarkibini bilish, chatishtirish ishlari samarasini oshirish maqsadida
qo'llaniladi. Odam hujayralari uchun ham bu usullar qo'llaniladi : xromosomalar
shakli va soni o'zgarishi bilan bog’liq bo'lgan irsiy kassaliklarni aniqlashda.
Sitologik usullar qo'llaniladigan eng muhim soha tibbiyotda – saraton (rak)
kasalligini aniqlashdir. Chunki bu kasallik hujayra miqyosida
vujudga kelib yadroda
ro'y beradigan o’zgarishlar bilan bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: