O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə38/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Benchmarking marketing tadqiqoti funksiyasi sifatida. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pgina firmalarning raqobat afzalligi ko‘plab tashqi va ichki omillarga bog‘liq bo‘lib, tadbirkorlikning turli subyektlari bilan samarali hamkorlik va muloqot o‘rnatish juda muhim hisoblanadi. Raqobat kurashida kutilmagan holatlarga duch kelish, marketing tashqi muhiti, ya’ni makro muhiti omillari ta’siriga duch kelish hollarida yengilmaslik uchun marketing tizimining subyektlari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.
Benchmarking – ingliztilida standart, mo‘ljal ma’nosini anglatadi. Firma o‘z faoliyatida qaysi mo‘ljalga, raqobatchining qaysi kuchli tomoniga asoslanib o‘zini rivojlantirishi, kuchli tomonlarini ko‘paytirishi, qanday yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali o‘z afzalligini kuchaytirishi mumkin, degan savollarga amaliy javob topib, keyingi xatti-harakatini rejalashtirishi kerak.
Amaliyotda marketing tadqiqotlari, deganda iste’molchilar, raqobatchilar, xaridorlar haqida axborot to‘plash, saqlash, qayd qilish va ularni tahlil qilish tushuniladi. Ular asosida mahsulot assortimentini o‘zgartirish, narx — navo siyosatini qayta ko‘rib chiqish, sotishni tashkil qilishni takomillashtirish kabi vazifalar hal qilinadi. Lekin bu ma’lumotlar firmaning ichki ko‘rsatkichlarini tahlil qilishga hech qanday aloqasi yo‘q. Masalan, nima uchun mahsulot tannarxi oshib ketib, firma mahsulotining narxi raqobatchi firmanikiga qaraganda yuqori narx bo‘ldi, nima uchun tovar aylanmasi dinamikasi tushib ketdi, nima uchun korxona foydasi kichik va hokazo savollarga javob topish uchun ichki moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish kerak. Iste’molchilarni so‘rovnomadan o‘tkazishda tovar, uning xususiyatlari, narxi, foydaliligi kabi savollarga javob olib, undagi fikrlarga qarab ma’lum tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Benchmarking hozirgi sharoitda firmaning raqobat afzalliklari, raqobatdoshligi o‘sishini va samarali tadbirkorlik strategiyasini shakllantirishda marketing tadqiqotlarining falsafasi va vositasi bo‘lib hisoblanadi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə