O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Marketingning fan sifatida rivojlanish evolyutsiyasi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə6/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Marketingning fan sifatida rivojlanish evolyutsiyasi





Yillar

Nazariy asoslari

Usullar

Qo‘llash sohalari

1900-
1950-


yillar

Tovar haqida ta’limotning paydo bo‘lishi, tovar tarqatishga xos yon- dashuv, eksport va sotuv nazariya- larining yaratilishi

kuzatuv, xarid va sotuv jarayonining tahlili, iste’molchilarni sotib olish qobiliyati tahlili

ommaviy tovarlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jalik
tarmoqlari

1960
yillar



Sotuv haqida ta’limot, sotuv hajmiga yo‘naltirilganlik tovar va uning funksiyalariga urg‘u berish, distribyuterlik nazariyasining
shakllanishi

rag‘batlar tahlili, operatsiyalar tahlili, modellashtirish

iste’mol tovarlari iste’molchilari

1970
yillar



Qaror qabul qilishning ilmiy asoslari. Marketing tavsiya qiladi, sotuvga yo‘naltirilganlik, iste’mol- chiga qisman e’tibor

Faktoring, diskrimenant tahlil, matematik usullar, marketing modellari

Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol vositalari
iste’molchilari

1980-
1990


yillar

Vaziyatli tahlil. Marketing menej- ment funksiyasisifatida, raqobat tahlili nazariyasi, ekologiya asoslarining shakllanishi, strategik marketing

pozitsiyalash, klaster tahlili, iste’molchilar tipologiyasi, ekspertiza, sabab va oqibat tahlili

Ishlab chiqarish vositalari, iste’mol vositalari, xizmat sohasi
iste’molchilari

1991
yildan hozirga qadar

Marketing haqidagi ta’limot tadbirkorlikning funksiyasi va instrumentariysi sifatida.
Bozor tarmoqlari nazariyasi, kommunikatsiyalar nazariyasi va o‘zaro ta’sir. Ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilganlik

pozitsiyalash, klaster tahlili, iste’molchilar tipo- logiyasi, ekspertiza, iste’molchilar xulq-atvori modeli, benchmarking, o‘yinlar nazariyasi

Ishlab chiqarish vositalari, iste’mol vositalari, xizmat sohasi iste’molchilari, foydasiz korxonalar, tadbirkorlik
subyektlari

Shuni ta’kidlash lozimki, 90 - yillar o‘rtalarida bozor tarmoqlarida marketing kommunikatsiyalari to‘g‘risida nazariya va uslubiyotlar yara- tildi.
Rossiya Fanlar Akademiyasi, Sankt Peterburg moliya-iqtisod universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalari olim va tadqiqotchilari bozorni o‘rganish iste’molchilarni taqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot- larni kengaytirdilar. Marketing rivojlanishi evolyutsiyasi uning iqtiso- diyotning barcha sohalariga joriy etilishi bilan xarakterlanadi.

    1. bosqichda Marketing amaliy iqtisodiyot sohasi sifatida ko‘rilib, sotuvni samarali tashkil qilish, sotuv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarni tahlil qilish, firma faoliyati rentabelligini oshirishga qara- tilgan.

    2. bosqichda Marketingning turli konsepsiyalari shakllandi. Bu davrda marketingning asosiy funksiyalari bozorni o‘rganish, reklama, sotuvni rag‘batlantirish, sotuvni rejalashtirish kabilarga katta e’tibor qaratiladi.

    3. bosqichda Marketing bozor konsepsiyasini boshqarish sifatida ko‘rilib, marketingning nazariy va uslubiy asoslarini rivojlantirishga zarurat tug‘ildi.

    4. bosqichda Marketing rivojining evolyutsiyasi marketingni boshqarish nazariyasini ishlab chiqish, bozorni o‘rganish usullarini mukammallashtirsh, narx, kommunikatsiya, sotuv siyosatini amalga oshirish orqali qarorlar qabul qilishni to‘g‘ri amalga oshirish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.

    5. bosqichda Marketing – menejment nazariyasi rivojlana boshladi. Bu nazariya zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan holda bozor tarmoqlarining xususiyatlari, o‘zaro bir biriga ta’siri kabi masalalarga katta e’tibor berildi. Raqobatli bozor sharoitida tovar sifati uning xarakteristikasi, xizmat sifatiga asosiy e’tibor qaratildi. Ekologik marketing konsepsiyasi shakllandi.

O‘zbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot o‘quv yurtlarida marketing kurslari o‘qitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S. Salimov, S. G‘ulomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov,
M. Qosimova, D.Muhitdinov, X.Raimov, A. Soliyev kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. 1986-yilda «Sovplastital» qo‘shma korxonasida birinchi bo‘lib marketing bo‘limi tuzildi. Shuningdek,
«Toshkent to‘qimachilik mashinasozlik zavodi» aksiyadorlik jamiyati,
«V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlash- masi» davlat-aksiyadorlik birlashmasi, «Toshkent qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi» aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing bo‘limlari ochildi.4
Mamlakatimizda hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklari, yirik ishlab chiqarish korxonalarining aksariyatida marketing bo‘limlari ish olib boradi.
Yillar davomida marketingning roli juda o‘zgaradi. Marketingning- rivojlanishini tushunish zamonaviy marketingni tushunishga yordam beradi. Bozordagi holat, raqobat darajasi, atrof-muhitga qarab firmalar o‘zlari uchun turli marketing dasturlarini ishlab chiqishlari mumkin.
Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi:

  1. oddiy savdo –sotiq davri;

  2. ishlab chiqarish davri. Sanoat revolyutsiyasidan keyin to 1920- yillargacha ko‘p kompaniyalar ishlab chiqarish davrida edilar («Ishlab chiqarish davri» da kompaniyalar ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan);

  3. realizatsiya davri.

1930-yillarga kelib G‘arb kompaniyalari ishlab chiqarish quvvatini keskin pasaytirdi, endi ishlab chiqarish muammo emas, balki raqobatda yengib chiqib o‘z mahsulotini sotish muhim edi, («Realizatsiya davrida» kompaniya raqobat kuchayganligi uchun sotuvga e’tibor qaratishi tushuniladi);

  1. marketing bo‘limi davri;

  2. marketing kompaniyasi davri;







1.2-rasm. Marketing rivojlanishining 5 ta bosqichi




4“O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent 2003-y. 479- bet
Rivojlangan mamlakatlarda «Realizatsiya davri» 1950-yillargacha davom etdi. Sotish hajmi yetarli darajada edi. Lekin muammo kom- paniya nimaga ko‘proq ahamiyat berish kerakligini aniqlash edi. Kom- paniyalar uchun ilmiy izlanish olib borish, sotib olish, ishlab chiqarish, jo‘natish va sotishni bog‘lab turadigan odam kerak edi. Shunday qilib,
«Realizatsiya davri»ni «marketing bo‘limi davri» egalladi. «Marketing bo‘limi davri» - kompaniyaning barcha marketing ishlari faqat bir bo‘lim tomonidan olib boriladi va qisqa muddatli rejalari tuziladi.

Marketing kompaniyasi

Kompaniya say- harakatlari
1960-yillarga kelib esa ba’zi bir kompaniyalar faqat marketo- loglardan iborat holda ishni boshladi. Hatto, marketing kompaniyalari ishchilarining ba’zilari «Marketing bo‘limi davridan» chiqishgan edi.



Mijozni qanoatlantirish




Foyda olish (yoki muvaffaqqiyatga erishish) maqsadi



1.3-rasm. Marketing kompaniyasi

«Marketing kompaniyasi davri» - qisqa muddatli marketing reja- lashtirishga qo‘shimcha uzoq muddatli marketing rejalarini ishlab chiqadi va butun korxona marketing kompanyasi asosida ish olib boradi. Marketing kompaniyasi juda oddiy, lekin juda muhim. Marketing kompaniyasi yangilik emas. Lekin ko‘pchilik boshqaruvchilar bu so‘zni eshitib vahimaga tushadi. Shuning uchun ular o‘zlari uchun oson bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish, uni sotishga harakat qiladi. «Ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir», ya’ni aqlli boshqaruvchi esa ishlab chiqarishdan ko‘ra ko‘proq marketingga e’tibor qaratadi. Marketingga moyil korxona o‘zi ishlab ishlab chiqargan mahsulotni sotishdan ko‘ra mijozlarga kerakli narsani ishlab chiqarishni ma’qul ko‘radi. Masalan, Ford Motors «Mijozlar tajribasi» dasturiga muvofiq Ford kompaniya- sining turli bo‘limlaridagi ishchilari Fordning minglab mijozlari bilan


uchrashib, ularning xohish va istaklarini o‘rganishdi va ishlab chiqarish- ga tatbiq qilishdi.



    1. Yüklə 0,7 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə