O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə61/201
tarix23.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#87752
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   201
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t925

Marketing rejasi. Muvaffaqiyatga erishish uchun firma o‘z tovari uchun samarali bozor yaratishi kerak. Bunday bozorlarni yaratishdagi asosiy qadamlarni biznes-rejaning marketing bo‘limi tariflaydi.
Marketing rejasi – mo‘ljallangan savdo hajmiga erishish va xaridorlarni zabt etish yo‘li bilan maksimal foyda olish. Odamlarni tovarga jalb etish ularga ehtiyojlariga mos va narxni ham to‘g‘ri keladigan mahsulot (xizmat)larni taklif etish bilan bajariladi. Shu bois
bu bo‘limda iste’molchi uchun aniq marketing yo‘nalishiga amal qilinishi zarur. Korxonaning marketing rejasi albatta mahsulotga tegishli barcha ma’lumotlar, raqobatchilarning afzallik tomonlari, firmaning marketing borasidagi maqsadlariga qarab tuziladi. Marketing rejasi muhim hujjat hisoblanib, firma maqsadlaridagi vazifalarni kim, nimani, qachon, va qanday qilib bajarishi kerak, degan savolga javob beradi. Marketing rejasi quyidagi bo‘limlardan iborat.

    • Korxona rejasi.

    • Mahsulot hajmi va ishlab chiqarish muddatlari.

    • Moliyaviy reja.

    • Sotuv va logistika rejasi.

    • Kommunikatsiya va sotuvni rag‘batlantirish rejasi.

    • Istiqboldagi hamkorlar bilan ishlash rejasi.

Marketing rejasining bajarilganligi nazorati va auditi butun marketing faoliyatini baholab firmaning kelgusida nima qilishligi haqida asos yaratib, uning strategik rivojlanish rejasini belgilaydi.
Sotuv tarqatish jarayoni juda murakkab bo‘lib, bu davrda bozordagi joriy konyunktura, bozordagi vaziyat, uning sig‘imi, amaldagi mahsulot sotilish hajmi kabi ko‘rsatkichlar tahlili olib borilishi zarur. Savdo — sanoat yarmakalari, yangi tovarlarning xususiyatini namoyish etish, imtiyozli sotuvlar, rag‘batlantirish kabi tadbirlar sotuv jarayonini jadallashtiradi.
Marketing jarayonining sotuvdan keyingi bosqichi ikki fazani o‘z ichiga oladi:

  1. xaridor bilan ishlashni.

  2. iste’molchi bilan ishlashni.

Talabni o‘rganish, xaridorning xulq-atvorini o‘rganish, uning tovarni sotib olish haqida qaror qabul qilishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash xaridor bilan ishlash funksiyalariga kiradi.
Iste’molchini o‘rganish fazasi uning bozordagi xulq-atvorini o‘r- ganish, firma mahsulotlariga bo‘lgan munosabatini o‘rganish, raqobatchi tovarining afzallik (ustun) tomonlarini aniqlash bilan bog‘liq. Axborotlar tahlili asosida marketing rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Umumlashtirib aytilganda, marketing jarayoni marketing qo- nuniyatlariga va prinsiplari (tamoyillari)ga asoslanadi.
Marketing rejasi tadbirkor o‘z maqsadli bozori uchun foyda- lanmoqchi bo‘lgan marketing kompleksining hamma elementlari yig‘indisi: tovar, narxlar, tarqatish (sotish) metodlari, tovarni ilgari
surish kabi choralarni qamrab olishi kerak. Bu yerda quyidagi savollarga javob beriladi.

  • Daromadi darajasi, jinsi, yoshi, mashg‘uloti, hayot tarzi, oilaviy ahvoli va boshqalar bo‘yicha korxonaning maqsadli bozorini (segmentini) shakllantiruvchi xaridorlarning asosiy tavsiflari qanday?

  • Bozorda o‘z pozitsiyasini belgilay borib, firma o‘xshash tovarlar taklif qilib raqobatchilarni surib chiqarishi mumkinmi yoki o‘z o‘rnini topishga urinadimi?

Tovar siyosati firma tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishi bo‘yicha birinchi navbatda, sifat tavsifini yakuniy iste’molchilar talablariga mos keladigan darajada yaxshilash, narx siyosati firma tovariga narx hisoblash metodikasini, narx va sifatning o‘zaro aloqasini, xaridorlar uchun chegirmalar va imtiyozlar tizimini tariflashni ko‘zda tutadi. Bu yerda narxning tanlangan darajasi firmani ta’minlaydigan sof daromad ko‘rsatiladi.
Savdo siyosati ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni samarali sotilishi uchun optimal savdo tarmog‘i qanday tashkil etilishi – to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’molchigami yoki vositachilar orqali tarmoqlar yaratishni ham qo‘shib, ulgurji va chakana savdo do‘konlari oralig‘ida saqlash uchun omborxonalar, servis markazlar, tovarning harakatlanish yo‘nalishlarini belgilash, ta’minot, transportga yuklash-tushirish, yukka ishlov berish ishlari va tashkil qilish kabilarni ko‘rsatadi.
Yangi tovarlar yaratish (innovatsiya siyosati), ularning assortimenti- ni optimallashtirish (assortiment siyosati), tovarning hayot siklini uzaytirish bo‘yicha choralarni ko‘zda tutadi.
Siljitish siyosati (kommunikatsiya siyosati) talabni shakllantirish va tovar savdosini rag‘batlantirish (FOSSTIS) bo‘yicha faol masala qanday hal qilinishi; firma reklamaning qanday turlarini qo‘llashni mo‘ljal- layapti, jamoatchilik bilan aloqalar (Public Relationss), savdoni, xususiy savdoni rag‘batlantirish vositalari, u ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etadimi, kabilarni tushuntiradi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə